Husnixatga o‘rgatishning grafik asoslari. Husnixatga o‘rgatish tamoyillari. Husnixatga o‘rgatishning metod va usullari


Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili


Download 32.53 Kb.
bet6/8
Sana12.11.2023
Hajmi32.53 Kb.
#1768670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza Husnixat

Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. 0‘quvchining imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Shu sababli ham savod o'rgatish davrida bolalarda grafik malakalami shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Malumki, savod o'rgatish davrida o'quvchi gapni bosh harf bilan yozish, so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga ko'chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadi.
Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon boiishini ta’minlaydi. Buning uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan boglash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘gn- tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Husnixatga o‘rgatish fani ham boshqa fanlar qatori o‘zining tarixiy manbalariga ega bo'lgani holda o‘sib ,rivojlanib bormoqda.Quyida biz boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilishi zarur bo'lgan eng asosiy yozuv usullari haqida fikr yuritamiz. Bu metyod va usullar quyidagilardir:
Chiziqli usul.
Genetik usul
Namunaga qarab yozish usuli.
Namunaga qarab ko'chirish usuli.
Nusxa ko'chirish usuli.
Tasawur orqali yozish usuli.
Ritmik usul(sanoq-ohang)

Download 32.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling