Hz dan 1012 Hz gacha bo`lgan
Antennaning kirish qarshiligi
Download 0.72 Mb.
|
А ва РЭ фанидан ОН javoblari (2)
Antennaning kirish qarshiligi deb, manba nuqtasidagi kuchlanishning manba nuqtasidagi tokka bo`lgan nisbatiga aytiladi. Umumiy holda bu qarshilik kompleks kattalik hisoblanadi va antennaning nisbiy uzunligi l / λ ga bog`liq.
Z kir =U0/I0 = Rkir+ jXkir, Nolinchi nurlatishdagi YD kengligi deb, maydon kuchlanganligi 0 gacha tushgan oralikdagi burchak 20 aytiladi. Yarim quvvat bo`yicha YD kengligi deb, quvvat zichligi 2marta kamaygan oraliq 20.5 aytiladi.. Simmetrik vibrator deb qanday qurilmaga aytiladi? Eng sodda simmetrik tebratgich (ST) ikkita bir xildagi o`tkazgichdan iborat bo`lib, ularning bir uchi manba orqali energiya bilan ta’minlanadi. Simmetrik tebratgichning injenerlik nazariyasi simmetrik nurlatgich va ikki simli yo`kotishsiz liniya ѐpik uchlarining ichki analogiyasiga asoslanadi. Simmetrik vibrator uchun maydon kuchlanganligi ifodasini keltiring? Natijaviy maydon kuchlanganligi fazodagi faza siljishi va manbadagi faza siljishlarini hisobga olgan holda, antenna yelkasini butun uzunligi bo`yicha integrallash ѐrdamida ifodalanadi. Integrallash natijasida hosil bo`lgan ifoda quydagiga teng: E=j[60 I0/(r0 sin kl)]* cos [(kl cosυ) –coskl)/sinυ]*e jkr0 Bu formuladagi yo`nalish xarakteriga ega bo`lgan ifoda: f (υ) = [cos (kl cosυ) –cos kl ]/ sin υ. Simmetrik vibrator yelkalaridagi tok va amplituda taqsimoti. Ye va N tekisliklardagi YD simmetrik tebratgichni cheksiz ko`p bo`lgan elementlarga dz bo`lamiz. Har bir elementning uzunligi cheksiz kichik bo`lgani uchun bu oralikda tokning fazasi ham, amplitudasi ham o`zgarmasdir. Shunday qilib ST boshdan oxiriga qadar cheksiz elementar elektr tebratgichlarning dz yig`indisi deb qarash mumkin. 2.3-rasmda ST ning maydon taqsimoti keltirilgan bo`lib, bunda: Iz - elementdagi tok amplitudasi bo`lib, tebratgich Z masofada joylashgan; Agar l/λ>0,5 dan oshsa, ѐn bargchalar vujudga keladi (2.4.b-rasm). Ularni qarama-qarshi sohadagi (uchastkadagi) toklar vujudga keltiradi. l/λ = 0,625 bo`lganda simmetrik tebratkich maksimal yo`nalish ta’sir koeffitsiyentiga erishadi, bunda yo`nalganlik diagrammasi tor va ѐn bargchalar sathi juda kichik bo`ladi (2.4.v-rasm). l/λ>0,7 dan boshlab asosiy bargchalar kichrayib, ѐn bargchalar o`sib boradi (2.4.g-rasm). l/λ=1 bo`lganda bosh bargchalar yo`koladi. Bunga sabab, berilgan yo`nalishdagi elementar nurlatgich bilan nurlatiladigan natijaviy maydonning faza siljishi, shu tebratgichlarni qo`zg`atuvchi fazoviy faza siljishi va toklarning faza siljishi bilan ifodalanadi Boglik vibrator va uning xususiyatlari? Bir yo`nalishli nurlatish ѐki tor yo`nalganlik diagrammasini hosil qilish talab etilgan holatlarda ikki ѐki undan ortiq tebratgichlardan tashkil topgan antennalardan foydalaniladi. Bunday tebratgichlar bir - biriga sezilarli ta’sir ko`rsatganligi sababli bog`liq tebratgichlar deb ataladi. Bog`liq tebratgichlar (BT) EYuK kiritish usuli ѐrdamida amalga oshiriladi. Bu g`oya 1922 yilda Rajinskiy va Brillyuen tomonidan bir-biriga bog`liq bo`lmagan holatda targ`ib qilgan. Tebratgichning xususiy qarshiliklari quyidagiga teng ZΣ1=ZΣ11+ZΣ12, ZΣ2=ZΣ22+ZΣ21 bunda, ZΣ11 va ZΣ22 - erkin fazodagi antennaning xususiy nurlatish qarshiligi; ZΣ12 va ZΣ21 - hosil qilingan qarshilik. ZΣ12kir=RΣ12kir+jX12kir Ifodadagi RΣ12kir - ikkinchi tebratgich taьsirida birinchi tebratgichdan sochilgan quvvatni ifodalaydi; XΣ12kirit - ikkinchi tebratgich ta’sirida birinchi tebratgichga bog`liq bo`lgan quvvat Reflektor va direktorlarning bajaradigan vazifalarini tushuntiring. Nurlatishni kuchaytirib, oldingi tebratkichga tomon yo`naltirib beruvchi va qarama-qarshi tomondagi nurlanishni susaytiruvchi tebratkich – reflektor (qaytaruvchi) deb ataladi. Tebratkichning reflektorlovchi harakati to`liq bo`lishi uchun (d=λ/4), har ikkala tebratkichlardagi toklar qiymat jihatidan teng bo`lishi shart (q=1), reflektordagi tok esa ikkinchi bog`liq tebratkichdagi tokdan 900 ilgarilab ketishi kerak. Ikkinchi tebratkich tomon yo`naltirilgan nurlanishni susaytirib, qarama-qarshi tomondagi nurlanishni kuchaytirib beruvchi tebratkich – direktor (yo`naltiruvchi) deb ataladi. Ideal holatda direktor: q=1; φ=-π/2 rejimida ishlashi kerak. Har ikkala holatda ham maydon kuchlanganligi qo`zg`atilgan tok fazasi ortda qolaѐtgan tomonga qarab ortib boradi. Bog`liq vibratorlar hosil qilgan YD taxlil qiling. Yo`nalganlik diagrammasi d/λ, q va φ larning qiymatlariga bog`liq holda turli shakllarni hosil qiladi. Ekvatorial tekislikda (N tekislik) yo`nalganlik diagrammasi ko`rinishlari 3.2-rasmda keltirilgan. Tebratkichlar orasidagi masofa ortib borishi bilan (d/λ = 0,5 dan boshlab) yo`nalganlik diagrammasi ko`pbargchali xarakterga ega bo`ladi; d/λ munosabati qanchalik katta bo`lsa, bargchalar soni shuncha ko`p bo`ladi Aktiv vibrator deb qanday tebratkichga aytiladi? Sinfaz panjara qanday tuzilishga ega? Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling