Izoh: Agar L to‘g‘ri chiziq OX yoki OY o‘qiga perpendikular, ya’ni to‘g‘ri chiziq i yoki j vеktorga perpendikular bo‘lsa, unda n=0 yoki m=0 bo‘ladi. Bu holda (7) tenglamadagi tegishli kasrning surati nolga teng deb olinadi va L to‘g‘ri chiziqning kanonik tenglamasi mos ravishda x=x0 yoki y=y0 ko‘rinishda bo‘ladi.
Tekislikdagi to‘g‘ri chiziqning parametrik tenglamasi. To‘g‘ri chiziqning (7) kanonik tenglamasidagi kasrlarning qiymatlari M(x,y) nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat etganda o‘zgarib boradi va ixtiyoriy haqiqiy t soniga teng bo‘la oladi. Shu sababli bu tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
(8)
8-ta’rif. (8) sistemada t – parametr, sistemaning o‘zi esa tekislikdagi to‘g‘ri chiziqning parametrik tenglamasi deyiladi.
Agar to‘g‘ri chiziq umumiy Ax+By+C=0 (A≠0, B≠0) tenglamasi bilan berilgan bo‘lsa, uning parametrik tenglamasiga o‘tish uchun x=t deb olamiz. Bundan to‘g‘ri chiziqning quyidagi parametrik tenglamasiga kelamiz:
.
Izoh: Agar umumiy tenglamada A=0 yoki B=0 bo‘lsa, (8) parametrik tenglama
ko‘rinishda yoziladi.
To‘g‘ri chiziqqa doir har xil masalalarni yechishda uning u yoki bu ko‘rinishdagi tenglamasi qulay bo‘lishi mumkin va bunga biz kelgusida ishonch hosil etamiz.
To‘g‘ri chiziqlarga doir masalalar. Bu yerda biz to‘g‘ri chiziqlarga doir tez-tez uchrab turadigan ayrim masalalar va ularning yechimlari bilan tanishib chiqamiz.
1-masala: Berilgan M0(x0,y0) nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar tenglamasini toping.
Yechish: Izlangan L to‘g‘ri chiziqlarning burchak koeffitsiyentli y=kx+b tenglamasidan foydalanamiz. Berilgan M0(x0,y0) nuqta L to‘g‘ri chiziqda yotgani uchun uning koordinatalari bu tenglamani qanoatlantiradi, ya’ni y0=kx0+b tenglik o‘rinli bo‘ladi. Bu tenglikni oldingi tenglamadan hadma-had ayirib, masala javobini quyidagi ko‘rinishda topamiz:
y–y0=k(x–x0). (1)
Bunda burchak koeffitsiyenti k bir qiymatli aniqlanmaydi va uning qiymatini ixtiyoriy ravishda tanlash mumkin. Buning sababi shundan iboratki, berilgan M0(x0,y0) nuqta orqali cheksiz ko‘p to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. (1) berilgan nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar dastasi tenglamasi deyiladi. Masalan, M0(5,–3) nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar dastasi tenglamasi
y+3=k(x–5) y=kx–(5k+3)
ko‘rinishda bo‘ladi. Agar k=2 desak, M0(5,–3) nuqtadan o‘tuvchi aniq bir to‘g‘ri chiziq tenglamasi y=2x–13 hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |