Izotermik jarayon (T= const)
O‘zgarmas temperaturada sodir bo‘ladigan jarayon izotermik jarayon deb ataladi. Izotermik jarayonning tenglamasini holat tenglamasidan keltirib chiqara- miz. Gazning izotermik kengayishida gazning ikkita holati uchun quyidagilar o‘rinli bo‘ladi:
p1v1 = RT va p2v2 = RT,
bundan:
p1v1 = p2v2 (64)
kelib chiqadi.
yoki
pv = const (65)
q U = 0
p l T
p1 1 q T1 = T2 1 2
p2 2 qT
lT
v1 v2 v S1 S2 S
7 – rasm. Izotermik jarayonning P-V, T-S diagrammalarda tasvirlanishi.
(65) tenglama izotermik jarayonning tenglamasi deyiladi. p – v diagrammada izotermik jarayon teng yonli giperbola bilan tasvirlanadi (7 – rasm).
Izotermik jarayonda ichki energiya va entalpiyaning o‘zgarishi nolga teng. chunki T = const, dT = 0.
du = cvdT = 0
Demak, bu jarayonda keltirilgan issiqlik faqat ish bajarishga sarf bo‘ladi, ya’ni
dq = du + dl = 0 + dl = dl
yoki
dqT = pdv
Issiqlikni quyidagicha aniqlaymiz:
demak,
(66)
Bunda pv = p1v1 = p2v2 dan ni e’tiborga oldik. Jarayonning issiqligini entropiya o‘zgarishi orqali ham ifodalash mumkin:
dq = TdS, T = const
Bu tenglamani integrallaymiz:
(67)
Izotermik jarayonda entropiyaning o‘zgarishini (67) formuladan topamiz:
(68)
Jarayonga berilgan issiqlikning ichki energiyaga sarflanish ulushi nolga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |