I – bob. Texnik termodinamika asoslari 1-§. Fanning maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalar termodinamika


– rasm. Issiqlik dvigatelining prinspial sxemasi


Download 1.29 Mb.
bet4/30
Sana07.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1173283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1-m (копия)

3 – rasm. Issiqlik dvigatelining prinspial sxemasi.

Ma’lumki, moddalar uchta holatning (qattiq, suyuqlik va gaz) birortasi ko‘rinishida ishchi jism sifatida ishlatiladi.


Issiqlik- materiya harakatining bir shaklidir. Moddani tashkil etgan zarra- chalar va maydonlar majmuasi materiya deyiladi. Moddaning tarkibiy qismiga kirgan elektron, atom, molekula, zarracha, kristall panjara tugunlarida joylashgan atomlarning murakkab harakati natijasida paydo bo‘ladigan energiya-issiqlikdir.
Molekulyar-kinetik nazariya nuqtai nazaridan tushuntirilgan bu g‘oyani XVIII asrda D.Bernulli va Volter rivojlantirdi. XIX asrga kelib issiqlik haqidagi g‘oyani R.Mayer, J.Joul, R.Klauzius, D.Maksvell yana ham rivojlantirdilar.
Issiqlik energiyasi jismlarning o‘zaro ta’sirlashuvi (kontakti) natijasidir. Konveksiya va radiatsiya (nur) chiqarish usullarida jismlar orasida temperatura farqi mavjud bo‘lgandagina issiqlik o‘tadi. Chunki, issiqlik termodinamik sistemada kechadigan jarayonlarda qatnashadigan zarrachalarning muhit bilan mexanik va issiqlik ta’sirlashuvining energetik tavsifi hisoblanadi. Sistemalararo temperaturalar farqi bo‘lsagina issiqlik energiya sifatida birinchi sistemadan ikkinchisiga o‘tadi.


3-§. ASOSIY TERMODINAMIK HOLAT PARAMETRLARI

Termodinamik sistemaning fizikaviy holatini aniqlab beruvchi fizik kattaliklar holat parametrlari deb ataladi. Termodinamik sistema ishchi jismi va issiqlik manbaidan iborat bo’ladi. Istalgan turdagi issiqlik dvigatelining ish jarayoni isitgich deyiladigan temperaturasi T1 bo’lgan issiqlik manbai va sovitgich deyiladigan T2 temperaturali sovituvchi bo’lgandagina amalga oshirish mumkin. Ish olish uchun issiqlik dvigateliga ish jismi deyiladigan yana bir jismni kiritish zarur. Ichki yonuv dvigatellarida gaz, bug’ turbinalarida esa suv bug’i ish jismi hisoblanadi. Isitgich vazifasini yonilg’ining yonish mahsulotlari, sovitgich vazifasini esa ishlab bo’lgan gaz chiqarib tashlanadigan atmosfera yoki ishlatilgan suv bug’ini qabul qiluvchi kondensator o’taydi. Holat parametrlariga bir qator kattaliklar kiradi: solishtirma hajm, bosim, harorat, ichki energiya, entalpiya, entropiya, kontsentratsiya, zichlik va boshqalar.





Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling