I – bob. Texnik termodinamika asoslari 1-§. Fanning maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalar termodinamika


Download 1.29 Mb.
bet3/30
Sana07.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1173283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1-m (копия)

Termodinamik sistemaning quyidagi turlari mavjud:
a) sistemaning holat parametrlari vaqt davomida o‘zgarmasa, bunday sistema muvozanatli sistema deyiladi;
b) atrof – muhit bilan ham modda, ham energiya almasha olishi mumkin bo‘lgan sistema ochiq termodinamik sistema deyiladi;
v) atrof - muhit bilan faqat energiya almashadigan sistemaga yopiq termodinamik sistema deyiladi;
g) atrof - muhit bilan issiqlik almashmaydigan sistema adiabatik termodinamik sistema deyiladi;
d) atrof - muhit bilan na issiqlik, na modda almashmaydigan sistema izolyasiyalangan termodinamik sistema deyiladi.
Texnikaviy termodinamika issiqlik dvigatellarida (bug‘ mashinalari, turbinalari, ichki yonuv dvigatellari, …) ish bilan issiqlikning bir-biriga aylanishini o‘rganish asosida fan sifatida tarkib topgan. Istalgan turdagi issiqlik dvigatelining ish jarayoni isitgich deyiladigan harorati T1 bo‘lgan issiqlik manbai va sovitgich deyiladigan harorati T21, sovituvchi muhit bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, isitgich sovutgichga bevosita tegib turganida issiqlik sovutgichga o‘tadi. Lekin bunda hech qanday ish bajarilmaydi. Mexanikaviy ish olish uchun, ya’ni issiqlikni ishga aylantirish uchun ishchi jism deb ataladigan yana bir qo‘shimcha jism zarur bo‘ladi. Demak, – ishchi jism deb issiqlikni ishga yoki ishni issiklikga aylanishida xizmat qiladigan moddalarga aytiladi (3 – rasm). Ishchi jism bo’lishi mumkin: ichki yonuv dvigatelida (IYoD), gaz turbinalarida- yoqilg’ning yonish maxsulotlari- gazlar(tutun gazlar); bug‘ turbinasida - suv bug‘I, sovitish mashinalarida ammiak yoki freon ishchi jism hisoblanadi. Isitgich vazifasini yonish maxsulotlari, sovitgich vazifasini- atmosfera yoki ishlatilgan suv bug‘ini qabul qilib oladigan kondensator o‘taydi.
T1 isitgich

q1


l (ish)
ishchi jism
q2


T2 sovitgich

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling