I. 1 Mediamatnlarining an’anaviy matnlardan farqi
Download 25.83 Kb.
|
дилфуза димлом иши
I.1 Mediamatnlarining an’anaviy matnlardan farqi. Ommaviy muloqotning yorqin namunasi bo’lgan mediamatnlari, kishilik jamiyati uchun misli ko’rilmagan ommaviy kommunikatsiyaning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ldi. Oddiy matn anglatgan ma’nodan ko’proq tushunchalarni qamrab olish xususiyati bilan, an’anaviy matndan farqlanishi haqidagi qarashlar mavjud bo’lib, matn va mediamatnning o’rtasidagi bog’liq va farqli xususiyatlari tadqiqidan oldin, “matn” atamasini izohlash, u anglatgan ma’nolarni ko’rib o’tish lozim. Tilning bir necha birliklari mavjud bo’lib, matn gapdan yirik bo’lgan tilning eng katta birligi hisoblanadi. O’zbek tilining izohli lug’atida “matn” atamasiga quyidagicha ta’rif keltirilgan. “Matn” – arabcha so’z bo’lib, “yelka” degan ma’noni anglatadi. Matn 1. Yozuvda yoki bosma holda shaklantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Lingvistik nuqtai nazaridan qarasak bu ta’rif matn atamasini to’laqonli izohlay olmagan. Shu sababdan, ko’plab tilshunos olimlar matn atamasiga turlicha ta’rif berganlar. Rus tilshunos olimi I.R. Galperin matn bu tugal fikrga ega bo’lgan, ma’lumot berish va har tomonlama mukammal holatga keltirilgan yozma nutq mahsulidir deb atagan. Chex olimi K.Gauzenblas matnni og’zaki va yozma nutq mahsuli deb ta’riflaydi. Matn mustaqil birlik sifatida o’tgan asrning 80- yillaridan boshlab o’rganilib kelinmoqda. O’zbek tilshunos olimlari ham matnni tadqiqiga bag’ishlan bir necha tadqiqotlar olib borganlar. Tilshunos olim M. Hakimov matn tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishida bu haqida shunday yozadi “ Matn nutq va kontekstdan farqli bo’lib, o’z izohiga ko’ra birikmadan iborat bo’lgan bog’lanishli tushunchadir”. Matn tilshunosligi sohasi ham matn tushunchasini har tomonlama o’rganish, tadqiq etish va tahliliga bag’ishlangan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida “Matn tilshunosligiga” fan sifatida o’quv rejasiga kiritilgan. S.Muhammedova, M.Saparniyozovaning “Matn lingvistikasi” o’quv qo’llanmasida “Matn” atamasiga quyidagicha yondashadilar. “Matn deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo’lgan, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo’lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog’langan, aniq maqsadli va pragmatk qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak”. Matn atamasiga ta’riflar juda ko’plab ucharaydi. Ular bir-birini inkor etmaydi va aksincha bir-birini to’ldirib keladi. Matn xususiyatlarini o’rganish, matn tushunchasiga mukammal ta’rif bera olish uchun yetarli asosdir. Matn bir necha gaplardan tashkil topadi. To’liq yoritib berilgan, keng hajmga ega bo’lgan bitta gapdan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki, matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi, bunda gap bo’laklari matnga emas, balki gapning sintaksis qonunlariga bo’ysunishi lozim. Asosiy qoidasi esa, matn ikki yoki undan ortiq mustaqil, sodda yoki qo’shma gapdan iborat bo’ladigan mustaqil birlikdir. Matn tushunchasiga to’laqonli ta’rif keltirish uchun uning xususiyatlarini ko’rib o’tish zarur. Filologiya fanlari nomzodi, tilshunos olim M.Hakimov “Matn tilshunosligi” fanidan o’quv uslubiy qo’llanmasida matn quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan nutqiy parcha deb keltirib o’tadilar: Matn – bu eng avvalo nutq shakli, u og’zaki va yozma holda ifoda etilishi mumkin. Matn – narsa, voqea, hodisalar haqidagi ma’lumot,xabarlar yig’indisi. Matn - mazmuniy, struktural tugallikka ega bo’lgan yirik sintaktik struktura. Matn – biror muallifning nutqi. Matn – nutq muallifining voqellikka bo’lgan munosabati. Matn – tahlil qilish uchun tavsiya etilgan qo’lyozma. Matn mazmunan ketma-ketlikka xarakteriga ega bo’lgan bir necha nisbiy, mustaqil, sodda yoki qo’shma gaplar yig’indisi. Misol tariqasida matematikaga taaluqli matn: “Matematikaning yutuqlarini muhokama qilish tarixiy haqiqatdirva keyinchalikkoinot haqidagi bir nechta kashfiyotlarning asosi bo’ldi. Matematikaning dolzarbligini hisobga olgan holda, bugungi kunda uning qanday qo’llanishini chuqur ochib berish, ushbu fanning vaqt sayoxatini yaratish juda muhimdir”. Bu misolda matn tarkibi ikkta qo’shma gapdan iborat bo’lib, ular sintaktik birliklar bilan birikib matn hosil qilgan. Tugal mazmun kashf etish uchun muallif, ushbu qo’shma gaplardan foydalangan. Ushbu matnni o’qigan o’quvchi matematika fani haqida so’z borayotganini, uning dolzarbligi muallif tomonidan aytib o’tilishi orqali tushunib oladi. Matn turlari va namunlarini ko’rib o’tish, mediamatn tushunchasi bilan matnning boshqa turlari o’rtasidagi farqni va o’xshash jihatlarini farqlay olishga yordam beradi. Tilshunos olim R.Flizok “Metn tiplari” maqolasida, matnlar o’z ifoda maqsadiga ko’ra bir necha turlarga bo’linishi haqida yozadi ya’ni: 1. Hikoya mazmunli matnlar .2. Tasviriy matnlar 3. Izoh mazmunli matnlar. 4. Didaktik matnlar. 5. Xabar mazmunli matnlar. 6. Buyruq mazmunli matnlar. 7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar deb keltirib o’tgan. Bugungi kunga kelib, nutqdan foydalanishning asosiy hajmi ommaviy kommunikatsiya sohasiga to’g’ri kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari matnlari yoki mediamatnlari zamonaviy tildan foydalanishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri bo’lib, ularning umumiy hajmi, inson hayotining boshqa sohalaridagi og’zaki va yozma nutqning umumiy hajmidan ancha yuqori bo’lmoqda. An’anaviy ommaviy axborot vositalari, radio, televideniyaning jadal rivojlanishi, butunjahon internet tarmog’ining paydo bo’lishi va keng tarqalishi yagona axborot makoni, ko’plab media oqimlari majmuidan shakllangan maxsus virtual muhitni yaratilishiga olib keldi. Bularning barchasi so’z yasash va tarqalish jarayonlariga ,nutqning qo’llanishining o’ziga xos xususiyatlariga , til o’zgarish tabiatiga ta’sir qilmay qolmadi. “Mediamatn” tushunchasining paydo bo’lishi, raqamli texnologiyaning hayotimizga kirib kelishi va media sanoatining keng rivoj topishi bilan chambarchas bog’liqdir. Media bu- ommaviy muloqotning asosiy vositalari bo’lib, o’z ichiga bosma, internet va teleradiyo kompaniyalarini oladi. Ommaviy axborot vositalarining turlari hozirgi kunga kelib sezilarli darajada o’zgardi. Tarixan ommaviy axborot vositalari omma oldida nutq so’zlash edi. Kishilar baham ko’radigan fikr va g’oyalarni ularni eshitadigan va qiziqadagan barchaga omma ko’p to’planadigan joylarda nutq irod etish orqali yetkazishar edilar. Qadimgi Rim davrlarida, ommaviy axborot vositalari, ommaviy shaklda bo’lgan jamoat joylarida o’qiladigan e’lonlar hisoblanar edi. XXasr boshlarida ham shunday bo’lib qoldi. XXIasr esa texnolgiya asri bo’ldi va medianing bir necha turlari paydo bo’lishiga xizmat qildi. Mediamatnlar televideniya va radio orqali uzatiladigan, bosma nashr qilinadigan hamda internat matnlaridir. Mediamatnlari auditoriyaga ma’no yetkazadigan har qanday ma’lumot, asar, obyekt yoki hodisani o’z ichiga olishi mumkin. Aksariyat mediamatnlari axborot va g’oyalarni o’z auditoriyasiga yetkazish uchun so’zlar, grafikalar, tovushlar yoki tasvirlardan bosma, og’zaki, vizual yoki elektron shaklda foydalanadi. Aynan shu hislati mediamatnlarini tahlil qilish uchun qiyinchilik tug’diradi. Yana shuningdek, mediamatnlari - ommaviy jamoa bilan og’zaki, yozma, bosma, grafik yoki elektron muloqot bo’lib, ular ko’pincha ko’plab odamlarni jalb qiladi va odatda ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologiya asosida shakllanadi. Matnli media – bu bosma yoki raqamli matn materiallari bo’lib, ular ma’lumotni auditoriyaga yetkazish uchun xizmat qiladi. Yana shuningdek, media matni biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan har qanday media mahsulotidir. Dunyoning har qanday tasviri, xayoliy yoki boshqa yo’l bilan belgilashga urinish bo’lib, qaysidir ma’noda voqelikning konstruktsiyasi, matnidir. Jonatan Gray “Media tadqiqotlari uchun kalit so’zlar” (Keywords for Media Studies) kitobida matn, mediamatn va uning turlari haqida quyidagicha keltirib o’tadi: “Matn talqin qilish va tushunish uchun ma’no birligidir. Shunday qilib, ko’p narsalar matndir. Media tadqiqotlari doirasida matn teledastur, film, video o’yin, veb-sayt, kitob, qo’shiq, podcast, gazeta maqolasi, tvit yoki ilova bo’lishi mumkin. Matnlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular aloqa tashuvchisi ma’no harakatlantiruvchisi. Matnlar ilhomlantirishi va zavqlantirishi yoki nafratlantirishi mumkin,lekin eng muhimi ular dunyoga va madaniyatga aralashadi, yangi g’oyalarni kiritadi yoki eskilariga turli xil xujum qiladi”. Matn tahlili uzoq vaqtdan beri ommaviy axborot vositalarini o’rganishning asosiy usuli bo’lib kelgan, chunki olimlar matn nimani anglatishini, uning ma’nosini va uning mavzularini, xabarlarini, aniq va yashirin taxminlarini aniqlashga intilishadi. Yuqoridagi fikrdan ko’rinadiki “matn” atamasining birgina o’zi hali tahlil etilib bo’linmagan tushuncha hisoblanadi. “Mediamatn” esa matnning yangicha ko’rinishi bo’lib, o’rganilishini va tadqiq etilishini, tilshunoslar oldiga muhim va shoshilinch vazifa qilib qo’ymoqda. Medimatnlari juda ham mahsus maqsadlarda ishlab chiqiladi. Masalan, yangiliklar dasturi –axborot berish uchun, teleshoular- zavq ulashish uchun, reklamalar –mahsulotlarni sotish yoki biror narsaga jamoatni ishontirish uchun. Ular, shuningdek, zamonaviy inson dunyoqarashining tuli xil xususiyatlarini aks ettiradi. Shaxsiylantirish, hissiyotlar, o’zaromatn almashinuv, mentalitet, qadriyatlar tizimi va klip o’yi shular jumlasidandir. Shu sabablarga ko’ra an’anaviy lingvistik analiz metodi mediamatnlarini o’rganish uchun yetarlicha emas. Mediamatnlarini qabul qilgan har qaysi inson hoh u o’qilgan onlayn jurnal bo’ladimi , yoki teatrda ko’rilgan spektakl bo’ladimi, auditoriyaning a’zosi hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari matnlaridagi belgilar ko’p ma’nolilik bo’lib, ular turli talqinlarda kelishi mumkin. Mediamatnlarida mumkin bo’lgan turli xil ma’nolar ikki narsaga bog’liq: Birinchisi, matndagi belgi va belgilarning “o’qilish” usuliga, ikkinchisi, turli odamlar bilimlari, ijtimoiy va hayotiy tajribalariga qarab, og’zaki va yozma mediamatnlarini turlicha qabul qilishiga. Masalan, bir kishi ma’lum bir filmni tomosha qilishi davomida uni harakatga to’la sahnalari yoki kurash sahnalari uchun yoqtirishi mumkin, boshqasi esa oila va munosabatlarning mohiyatiga qarab qoyil qolishi mumkin. Global aloqa nazariyasi rivojlanishi ushbu asr uchun xarakterlidir va ommaviy aloqa vositalari rivojlanishining asosiy targ’ibotchisi bo’lgan resurslar va texnologiyalarning global tarmog’i bo’lgan internet multimediya uchun asosiy joydir. Elektron matnning o’ziga xos xususiyatlariga kelsak, olimlar “multimediya”, “interaktivlik” va “konvergentsiya” kabi atamalarni ajratishga moyildirlar. “Multimedia” – bu bir vaqtning o’zida tasvir, yozuv va ovoz bilan ishlashni ta’minlaydigan interfaol tizimdir. Mediamatnlari yaratilishida vositachi hisoblanadi. “Interaktivlik” tushunchasi esa, bu texnik vositalar yordamida muloqot o’rnatish va uning mohiyatini ochib beradigan tizim hisoblanadi. “Konvergentsiya” – bu dastlab, biologiya sohasida paydo bo’lgan tushuncha hisoblanib, o’zaro bir xil davrda rivojlangan o’simliklarga nisbatan qo’llanilgan. Media sohasida konvergentsiya tushunchasi matnlarning bir mavzu doirasida turlicha ishlab chiqilishidir. Lingvistik tadqiqotlarda media tili atamasi uch jihatdan o’rganiladi: 1) ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatiladigan matnlar korpusi sifatida; 2) lingvistik-stilistik xususiyatlarining ma’lum bir to’plamiga eng barqaror tizim sifatida: 3) ommaviy axborot vositalarining har biri uchun og’zaki va audiovisual xos nisbati bilan aralash turdagi maxsus belgilar tizimi sifatida. Shunday qilib, bosma an’naviy axborot vositalari matnlarining o’ziga xosligi, og’zaki va grafik komponentlarning o’zaro ta’siridan, og’zaki va ovozli qator belgilarning kombinatsiyasidan iborat. Televideniya tasvir va ovoz imkoniyatlarini birlashtiradi, bu esa unga ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik onggiga ta’sir qilish uchun samarali uslubdir. Dastlab mediamatnlari paydo bo’lganda, ularni tahlil qilish bir muncha osonroq bo’lib, ommaviy axborot vositalarining faqatgina teledasturlari, filmlar, yangiliklar, hujjatli filmlar, tokshoular, gazetalar va reklamalarni tahlil qilishdan iborat edi. “Efir” tushunchasi “keng” doirada ya’ni keng ommani o’ziga qamrab olgan bo’lsa, endi tahlil qilinayotgan ommaviy axborot vositalari matnlari ko’proq tor doiraga yo’naltirilgan ya’ni aniq yoki o’ziga xos tor doiradagi auditoriyaga qaratilgan matnlarni tahlil qilish masalasi maydonga chiqdi. Zamonaviy axborot makonining asosiy xususiyatlaridan biri ingliz tilining so’zsiz ustunligi bo’lib, u nutq iste’moli sifati, til jarayonlarining tabiati, tillar va tillarning o’zaro ta’sirida namoyon bo’ladi. Bunga sabab, Britaniya televideyasining “BBC news” deb nomlangan teleradiokompaniyasidan olingan tezkor, ishonchli axborotlar tufaylidir. Angliya-Amerika ommaviy axborot vositalarining ta’siri, boshqa mamlakatlardagi ommaviy axborot vositalari matnlarining formati va mazmuni darajasida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu ustunlik boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalarining tilida namoyon bo’lishiga ham sabab bo’lmoqda masalan, “Breaking news” (Eng so’nggi ma’lumotlar va yangiliklar berib boriladigan) deb nomlangan teledastur nomi va mazmuni saqlangan holda, deyarli barcha mamlakatlarning televidenyasida uchratish mumkin. Matn va mediamatnlarning o’zaro farqlari tadqiqi ko’plab tilshunoslar tomonidan o’rganilgan bo’lib, media tilining taniqli tadqiqotchilaridan biri Alan Bell o’zining “ommaviy axborot vositalari nutqiga yondashuvlar” kitobida shunday yozadi: ommaviy axborot matnlarining ta’riflari matnning an’anaviy ko’rinishidan uzoqlashadi, chunki qog’oz parchasiga siyoh bilan yozilgan so’zlar, mediamatnda nutq, musiqa, va ovoz effektlari, tasvir, infografika va hakozolarni o’z ichiga olgan kengroq ta’rifda qo’llaniladi. Mediamatnlari va ularni ishlab chiqarish uchun mavjud texnologiyalarni aks ettiradi. Yana shuningdek, rus tilshunosi Krasnoyarova. O.V “Matn va mediamatn farqlari muammolarini tushunish” maqolasida shunday yozadi: Ommaviy axborot vositalari matni nisbatan yaqinda paydo bo’lgan bo’lib, uning paydo bo’lishi ko’plab sabablarga bog’liq bo’lib, ulardan biri global miqyosdagi ommaviy kommunikatsiyaning yangi internat tarmog’i ko’rinishi, ikkinchisi esa yuqoridagilarning natijasi sifatida imkoniyatlarning kenggayishi va yangi axborot vositalari yordamida matnlarni yaratishni, ko’paytirishdir. Semiotika yoki semiologiyaning asoschilari shvetsariyalik tilshunos Ferdinand de Sosyur va amerikalik faylasuf Charlz Pirs o’z tadqiqotlarida belgi sistemalari va belgilar shakllanishini o’rganishning uch darajasini ya’ni semantika, sintaktik, va pargmatikani aniqladilar. Shunga ko’ra matn uch jihatdan ko’rib chiqiladi. Matnning semantikasi uning voqelik bilan munosabatining o’ziga xos xususiyati, matnda nima ko’rsatilgan, uning ma’nosi) Sintaktik matn ichki tuzilishiga xos xususiyatdir. (Matn qanday tuzilgan, nimalardan tashkil topgan). Matnning pragmatikligi uning o’quvchi tomoshabin, radio tinglovchi bilan munosabatlarining o’ziga xos xususiyati (u qanday o’zlashtirilganligi, matn qanchalik samarali ekanligi). Semiotik ilmiy paradigmada matn tizimli, chegaralangan (boshi va oxiriga ega), belgilarda ifodalangan va har qanday qonun qoidalarga muoviq amalga oshiriladigan yaxlit xabar bo’lgan belgi shakllanishi sifatida tushuniladi. Krasnoyarova shuningdek mediamatn turlarini quyidagicha ajratishni taklif etadi: 1. Ommaviy axborot vositalarining amalga oshirish uslubiga ko’ra boshqacha aytganda ommaviy axborot vositalari turlari bo’yicha: - Geazeta va jurnal bosma matni (an’anaviy jurnalistik janrlarga ko’ra turlari mavjud. Masalan, yangiliklar, reportajlar, maqolalar, sharhlar va boshqalar. - Televizion matn ( janr bo’yicha va ommaviy axborot vositalarininavjud, shuningdek tok shoular - Ekspert matnlar (turlari xilma-xildir) - Radio matni - Kino ishlab chiqarish - Mobil aloqa matni (sms, chat, mms) - Internet matnlari (bloglar, post, sharx) - Media platformalardan tashqarida amalga oshiriladigan muqobil aloqa matnlar. Qozog’istonlik bir qator olimalar K.Yesenova, Z.Baltabayeva, G. Kosimova, Y.Kurmambayeva va Sh.Yerhozhinalar “mediamatn: ommaviy axborot vositalarining qudratli quroli” ( mediatext: the powerful instrument of the mass media) maqolasida matn va mediamatn tushunchalarining o’zaro tafovutiga to’xtalishib o’tganlar. Matndagi structural belgilar ma’noviy jihatdan uyg’unligiga qaramay, uni qabul qilgan auditoriya turlicha qabul qilishi mumkin. Bu o’z navbatida, o’quvchining mavzuga oid avvalgi bilimlari mavjud yoki mavjud emasligiga bog’liq ya’ni matnni to’liq tushunishi yoki umuman hech narsani anglamasligi mumkin. Biroq, mediamatnlari real voqelikni bir parchasini aks ettirishdan boshqa maqsadi mavjud. Muallif matnni jamiyat hayotidan bir lavhani butun ommaga yetkazish maqsadida yaratadi. Yanikim, an’anaviy matnning maqsadi: muallifdan o’quvchi yoki qabul qiluvchiga, yoki aksincha ma’no yetkazish bo’lib, matnlar to’laqonli ommaga ochiqdir, u yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumot turlicha qabul qilinishi mumkin. Lekin mediamatnlarining ma’lumot yetkazish vazifasi bu xususiyatga ega emas ya’ni voqeani qanday maqsadda talqin qilinsa shunday qabul qilish mumkin. Mediamatnlari publisistik uslub qonun qoidalari asosida yaratilishi barchamizga ma’lum. Bu uslubning asosiy xususiyati esa, ta’sirchanlik, oshkoralik, ishonchlilik va ishontira olishlik hisoblanadi. Bu uslubda yaratilgan mediamatnlari oddiy matnlardan farqli o’laroq, stilistik birliklardan: metofora, metonomiya, sinekdoxa, qochirim, kinoya, litota, evfemizlatdan keng qo’llaniladi. Bu matnlar o’z auditoriyasini kenggaytirish uchun o’g’zaki nutqqa xos bo’lgan jargon so’zlardan ham foydalanayotganini ko’rishimiz mumkin, Aslida publisistik uslubda yaratilgan matnlar adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda yaratilishi lozim hisoblanadi. Bunga yorqin misol tariqasida milliy teleseriallarimizda uchraydigan shevaga oid so’zlar , serial qahromonlari tomonidan foydalanilgani keltirishimiz mumkin, Yana shuningdek, xususiy telekanallarining axborot dasturlarida ko’cha tilidan foydalinganlik holatlari ham kuzatiladi.Bundan xulosalasak, mediamatnlari publisistik uslub qoidalaridan chetga chiqqan holda o’zining mana shunday lingvistik xususiyatlari bilan an’anaviy matnlardan farqlay olamiz. Matn atamasi hozirgi kunga qadar semantic, sintaktik, lingvistik tadqiq metodlarining deyarli har birini qo’llagan holda ko’plab tilshunoslar tomonidan o’rganilgan bo’lib, mediamatnlarini matnning qay turiga kiritish mumkinligi haqida farazlar ham mavjud bo’lgan. Mediamatnlarining xususiyatlari o’rganilib, ular an’anaviy matn va matnning boshqa turlaridan lingvistik xususiyatlariga ko’ra farqlanishi aniqlangandan keyin bu atama mutlaqo yangi, o’ziga xos izchil yondashuvlarni talab qiladigan til birligi ekanligi tilshunoslar tomonidan talqin etildi. Mediamatn atamasi hali ko’p o’rganilmagan, tadqiq etilishini kutayotgan tilshunoslikning muhim masalasidir. Download 25.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling