ajratish manbalari mablag’larni talab qiladi, albatta. Shu
boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga
mablag’-sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi.
Ular quyidagilardan iborat:
davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar;
respublika banklaridan olinadigan kreditlar;
korxonalarning o’z sarmoyalari;
aholi sarmoyalari;
qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kredit resurslari;
chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevo-sita investitsiyalari.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va rivoj-lantirish uchun barcha mablag’lar hisobiga sarmoya solish yildan yilga o’sib bordi. Shu maqsadda solingan sarmoyalar hajmi
1995-yilda 88,9 milliard so’mni, 1997-yilda 271,6 milliard so’mni, 1999-yilda 537,4 milliard so’mni, 2000-yilda 693,3 milliard so’mni 2002-yildan 1 trillion 400 milliard so’mni tashkil etdi. Investitsiyalar umumiy hajmida korxonalarning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar ulushi 2001-yilda 27,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2002- yilda bu ko’rsatkich 40,0 foizga ko’tarildi. Bu korxonalarning tobora mustahkamlanib borayot-ganligining yaqqol dalilidir. 2002- yilda respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. 1991—2002- yillarda iqtisodga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu mablag’lar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga, sotsial so-halarni rivojlantirishga sarflandi.
Chet el investitsiyalarining mamlakatga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlar 1998-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining „Chet el investitsiyalari to’g’risida" gi, „Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to’g’risida" gi qonunlari chet ellik in-vestorlarning respublikamizda yaratiladigan mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, ayrim shaxslar investor bo’lishi mumkinligi belgilab qo’yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi O’zbekistonda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Chet ellik tadbirkorlarga O’zbekistonda qo’shma korxonalar barpo etish, o’z kompaniya va firmalarining bo’linmalari, sho’balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to’lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |