1.4 Dori preparatlaring IQ-spektrlarini o’rganish
Kalibrlangan to'lqin uzunligi shkalasi va uskunadagi yutilish yo'llari holatining aniqlik darajasi polistirol IQ-spektridagi (uskunada olingan) yutilish yo'llarini ularning nazariy qiymati bilan solishtirib aniqlanadi.
2870 sm 'dagi minimum va 2851 sm '1 dagi maksimum orasidagi nurning o'tish farqi foizlarda 18 dan, 1589 s n r 1 dagi minimum va 1583 sm-1 dagi maksimum orasidagi farq esa 12 dan katta bo'lishi kerak.Polistirolning m a’lum to'lqin uzunligidagi yutilish yo'li uning nazariy qiymati holatidan siljigan bo'lsa, bu tekshiriluvchi modda IQ-spektrini o'rganishda e’tiborga olinadi.Dori vosita namunasining pastasini tayyorlashda qo'llaniladigan vazelin moyining IQ-spektrini baholash uchun toza vazelin moyi spektri olinadi va yutilish yo'llarining holati ko'rib chiqiladi. Vazelin moyi to'yingan uglevodorodlardan tarkib topgan. Spektrda C-H valent tebranishining: 2950, 2920 va 2850 sm-1, hamda C-H deformatsion tebranishining: 1460, 1375 sm-1, 722 sm-1 da kuchsiz yutilish yo'li qayd etiladi.
Dezoksikortikosteron atsetat (DOKSA) IQ-spektrini o‘rganish
Dezoksikortikosteronning vazelin moyi bilan pasta holidagi IQ- spektri olinib, DOKSAni rasmda berilgan spektri bilan solishtiri
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |