I adabiyotlar sharhi 1 iq-spektroskopiyasi asoslar


Download 0.89 Mb.
bet2/8
Sana31.10.2020
Hajmi0.89 Mb.
#139446
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dori preparatlari tahlilida IK(1)



yo'li, uning molekuladagi holatiga qarab, spektming ma’lum sohasida, turli intensivlikda kuzatilganligi sababli bu usuldan modda molekulasining 193 tuzilishini tadqiq qilishda farmatsevtik tahlilda esa dori moddaning chinligini, tozaligini va miqdorini aniqlash maqsadlarida foydalanish mumkin. Dori moddasi tarkibidagi yot aralashmalar juda oz bo'lganligi va IQ- spektr 5—15 mg miqdoridagi tekshiriluvchi moddada olinganligi sababli qo'shimcha moddalarga xos yutilish yo'llari moddaning yutilish yo’llari orasida qoladi yoki intensivligi juda past bo'lgan yo'llar hosil qiladi. Bu omil usulning dori moddalar tozaligini aniqlashdagi imkoniyatlarini bir qancha kamaytiradi. Moddaning lQ-spektrdagi tavsifiy yutilish yo'li yuzasini solishtiriluvchi namuna spektrdagi tavsifiy yutilish yo'lining yuzasi bilan solishtirish orqali bu usulni miqdoriy tahlilda ham qo'llash mumkin. Lekin turli sabablarga ko'ra dori vositalarining miqdoriy tahlilida bu usul hozircha keng o'rin egallagani yo'q. Moddaning IQ-spektrida hosil qilgan yutilish yo'llari uning chinligi haqida yetarli ma’lumot bera olganligi sababli, IQ-spektrometrik usul dori vositalarning chinligini aniqlash maqsadida qo'llanilmoqda.Elektromagnit nurlanishning yutilishi moddadan nur o'tishining teskari qiymati logarifmiga teng:



A—nurning yutilishi;

T— numing o'tishi (propuskayemost).

Infraqizil spektr moddadan o'tgan numing o'tish foizi bilan te­

branish chastotasi (soni) orasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Tebranish



chastotasi teskari santimetr sm 1 larda belgilanib, undan osonlik bilan sm yoki nm larga o'tish mumkin:

IQ-spektrometrik usulda ishlatiladigan spektrofotometrlar nurning



ko'zga ko'rinadigan va ultrabinafsha sohalardagi yutilishni qayd etadigan spektrofotometrlardan nur manbai, qo'llanilgan optik jihozlar va detektor turi bilangina farqlanib, ular 4000 '-678 'sm tebranish chastotasidagi spektrni bera oladi (19-rasm).

To'lqin uzunligi shkalasini kalibrlash polistirol plenkasi spektrini


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling