I. Adabiyotlar taxlili I jahon neft zaxiralari va ularning manbalari
Asosiy qism I. Adabiyotlar taxlili
Download 355.71 Kb.
|
mirzaxon
Asosiy qism
I. Adabiyotlar taxlili I.1. Jahon neft zaxiralari va ularning manbalari Hozirgi kunda dunyodagi neft zahiralari 139,5 mlrd tonna (208,5 mlrd tonna shartli yonilg‘i) deb baholanmoqda. Bu zahira hozirgi kunda qazib olinayotgan hajmda qazib olinsa 40,1 yilga etishi mumkin. Ushbu zahiraning 66,4 %i YAqin va O‘rta SHarqda joylashgan. Bu hududlarda joylashgan neft konlari nafaqat yirik zahiralari bilan balki noyob tarkibi yuqoriligi (1 mlrd tonnadan ko‘p) va mahsulotlar turi yuqoriligi bilan (300 mln tonnadan 1 mlrd tonnagacha) ahamiyatga ega. Ushbu mamlakatlar orasida dunyodagi barcha neft zahirlarining chorak qismi mujassamlashgan Saudiya Arabistoni birinchi o‘rinni egallaydi. Yirik neft zahirasiga ega davlatlardan Iroq, Eron, Quvayt va BAA bo‘lib, ularning har birida dunyoning o‘ndan bir qism neft zahirasi mavjud. Neft zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Amerika qit’asi egallaydi – 15,3 % . Venesuela, Meksika, AQSH, Argentina va Braziliya shular jumlasiga kiradi. Afrikadagi neft zahirasi 6,3%ni tashkil qiladi. SHundan Liviya – 2,9, Nigeriya – 1,5 va Jazoir – 0,9% ga tegishli. G‘arbiy Evropa hududida shu paytgacha neft va gaz zahiralariga boy emas. Lekin oxirgi o‘ttiz yil ichida SHimoliy dengizning Britaniya hududida (0,5 mlrd tonna) va Norvegiya hududida (1,5 mlrd tonna) neft zahiralari borligi aniqlangan. Osiyo va Tinch okeani hududida Xitoy (2,35 %), Indoneziya (0,5 %), Malayziya va Astraliya (dunyodagi zahiraning 1% miqdorida) o‘z zahiralariga ega. SHarqiy Evropa mamlakatlari va MDH hududi 5,8% zahirasiga (dunyo zahirasiga nisbatan) ega. Hozirgi kunda jahonda 25 mingdan ortiq sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan neft konlari topilgan bo‘lib, shundan 29 tasi eng katta zahiraga ega hisoblanadi (yirik konlarning ichida to‘rttasi deyarli 30 mlrd tonna zahiraga ega bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha 22 % ni tashkil etadi) (jadval 1). Noyob tarkibli va yirik neft konlarning (ular dunyoda 45 ta) katta qismi O‘rta SHarq va Lotin Amerikasi mamlakatlarida joylashgan. Tarkibi kerakli neft mahsulotlariga boy bo‘lgan eng katta konlar Havar va Katta Burgon konlari hisoblanadi. Saudiya Arabistonida joylashgan Havar koni 10,2 mlrd tonna (bu MDH davlatlarining umumiy neft zahirasidan ham ko‘proq) neft zahirasiga ega bo‘lib, 1948 yilda ochilgan. Uning uzunligi 225 km, eni 16 dan 25 kmgacha, chuqurligi 1550-1750 m. Bir sutkada 1500 tonna neft qazib olinadi. Katta Burgon koni (Quvayt) 9,9 mlrd tonna zahirasiga ega bo‘lib, 1938 yilda ochilgan. CHuqurligi 1700-2300 m. Sutkasiga 1500 - 2000 tonna neft qazib olinadi Agar neft va gaz konlarining geografiyasiga qaraydigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligi dengizlar yoki uning atrofida joylashgan. Bugungi kunda neft va tabiiy gaz barcha 5 ta okeanning tubida, jumladan Antarktidada ham mavjud. Hozirgi vaqtda umumiy qazib olinayotgan neftlarning uchdan bir qismi dengiz neftlariga to‘g‘ri kelmoqda. Kelajakda bu ko‘rsatkich, ya’ni dengiz va okeanlar qa’ridan qazib olinadigan neft va tabiiy gaz miqdori jami qazib olinishi kerak bo‘lgan neft va gazlarning yarimiga teng bo‘ladi. Dunyoda qidirib topilgan va hozirgi kundagi qazib olinayotgan uglevodorod xom ashyosi zahiralarining asosiy qismi beshta hududda: Fors ko‘rfazida, Marakaibo ko‘lida (Venesuela va Kolumbiyaga qaraydi), Meksika ko‘rfazi, Kaspiy va SHimoliy dengizda joylashgan. Download 355.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling