I ahmad yassaviy shaxsi haqida tushunchalar
Ahmad Yassaviy shaxsi haqida tushunchalar
Download 165,5 Kb.
|
Ahmad Yassaviy Kurs ishi
Ahmad Yassaviy shaxsi haqida tushunchalar.
Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida ma’lumotlar juda kam, borlari ham afsonalardan iborat. Ixtiyorimizda mavjud bo’lgan ilmiy manbalarda uning vafoti yili 1166 yil deb ko’rsatiladi va u 63 yil yoki 130 yil umr ko’rganligi aytiladi. Basharti 130 yil yashagani hisobga olinsa, shoir XI asr boshlari va XII asrning 1-yarmida yashab o’tgan bo’lib chiqadi. Agar 63 yoshga kirib vafot etgani inobatga olinsa, u holda adibning yashab ijod etgan zamoni XII asrning 1-yarmiga to’g’ri keladi. Har holda Ahmad Yassaviy yashagan davr XI asr oxirlari XII asrning 1-yarmi, yoki 60-yillari bilan bog’liqlik kasb etadi. XI-XII asrlar Qoraxoniylar davlatiga kirgan Markaziy Osiyo sarhadining ko’plab viloyatlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi yashar edi. Bu asrlar turkiy adabiy tillarning, jumladan eski o’zbek va uyg’ur adabiy tilining vujudga kelishida katta bir bosqich bo’ldi. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyoga turkiy qabila va elatlarning ko’chib kelishi yanada kuchayib, turkiy tillar guruhidagi tillarda so’zlovchi aholining nufuzini oshiradi. Natijada XII asrga kelib Ettisuv, Farg’ona, Xorazm, Toshkent va boshqa tumanlarda aholining asosiy ko’pchiligi turkiy xalqlar bo’lib qoladi. Turkiy tillarida so’zlovchi aholining nufuzi cho’l tumanlarida va qishloqlaridagina emas balki, Toshkent, O’zgand, Qashqar, Sayram, Balasog’un hamda Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda ham oshib bordi. Bu davrga kelib turkiy tillarda ilmiy va adabiy asarlar yaratish harakatlari, an’analari boshlangan edi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qtadg’u bilik», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», «Mnojotnoma», «Hikoyat me’roj» «Faqrnoma», Sulaymon Boqirgoniy (vafoti 1186 y)ning she’rlari, hikmatlari, «Me’rojnoma», «Oxir zamon muxammasi», «Bibi maryam», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari shu davrning samarasi sifatida maydonga keldi. XII asrda etishib chiqqan Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, Yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Ahmad Yassaviyning hayoti afsona va rivoyatlarga qarishib ketgan. Uning to’g’risida shu qadar ko’p va qisman bir-biriga zid afsona va rivoyatlar yaratilganki, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Tatariston, Turkiya va boshqa o’lkalarda o’tmishda keng shuhrat topgan bu shayxning shaxsiga doir tarixiy haqiqatni aniqlab olish nihoyatda mushkuldir. Ahmad ssaviy Yassi hozirgi (Turkiston)da ruhoniy shayx oilasida dunyoga keldi, uning otasi Ibrohim ismli kishi bo’lib, Yassi va Sayrem shaharlarida uzoq yillar shayxlik qiladi va ko’p muridlari bo’lgan. Rivoyatlar shayx Ibrohimni va uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad payg’ambarning qizi-Fotima bog’laydi. Ahmad Yassaviyning onalarini Qorasoch momo deganlar, uning aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarining hamda qizlari Jamolxonim va Gavxar Xushtariylarining ismi bizga ma’lum. Yosh Ahmadning bolalik yillari sayramda o’tadi, go’daklik chog’ida otasi o’lib, Arslonbobo degan eshonning qo’lida qoladi. Bu haqda Yassaviy o’z hikmatlarida ishoralar ham qiladi: Etti yoshda Arslon bobom berdim salom, Haq Mustafo omonatin qildi in’om Etti yoshda Arslon bobom izlab topdi, Har sir kutib parda birla bukib yopdi. Yassaviy hikmatlari orasida: Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk,-naqoratli o’ttiz bandli (har bandi to’rt misrali) she’r mavjud. Arslon bobo vafotidan so’ng Yassaviy Buxorogo borib, mashhur mutasavvir Yusuf Xamadoniy (vaf. 1148)dan tasavvuf bo’yicha ta’lim oladi. Yusuf Xamadoniy qazo qilgach, Yassaviy uning o’rnida xalifa (o’rinbosar)lik qiladi, nihoyat yirik mutasavvir sifatida Turkiston muzofotiga qaytib keladi. Bu erda Yassaviyning shayxlik faoliyati avj oladi va katta obro’-e’tibor qozonadi. Ahmad Yassaviydan ulkan adabiy meros etib kelgan, ushbu badiiy obida rang-barang, diniy-falsafiy mazmunga boy, uning diniy falsafasi sirli, sehrli qirralarga ega, uning insonlarga ta’sir kuchi behad. Yassaviy dunyoqarashi bilan hozirgi kishisi dunyoqarashi, o’rtasida keskin tafovut mavjud, zero shoir yashagan davr bilan hozirgi davr ijtimoiy hayot tarzi bir-biridan mutlaq farq qiladi. Lekin Yassaviy she’riyatining hozirgi zamon kishisiga ta’siri beqiyos, sababi, u kishilarning dilidagini topib yozgan, bu jihatlar biz bilan Yassaviyni ancha yaqinlashtiradi. Yassaviy she’rlarining tili sodda, samimiy, o’qilishi ravon, tushunilishi oson, chunki har bir so’z, ibora, misra, bayt chuqur hikmatona g’oyalar yo’g’rilgan. Yassaviy she’riyatida ziddiyatli tomonlar ham sezilarli, darajada bu hodisalar zamon va zamin murakkabliklari bilan bog’liqliklar kasb etadi. Shoir yashagan hayot muammolari hayot va muhit murakkabliklari, turmush injiqliklari, diniy va dunyoviy falsafaga doir munozaralar ilohiy ishq va dunyoviy ishq bahslari hamda boshqa masalalar uning ijodida to’kis in’ikos topadi. Har bir xalqning o’z tarixi, o’z madaniyati, o’z an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlari bor, badiiy adabiyot shu zaminda, ana shu zamonda vujudga kelib, uni o’zida aks ettiradi. Shunga ko’ra Yassaviy hikmatlari o’z xalqi, o’z davri va o’z muhitining adabiy hujjati hamdir. Tasavvuf ahli e’tiqodicha, olamni xudo yaratgan, undan murod insondir, zero inson xudo sevgisiga sazovor. Butun olam: odamlar, yulduzlar, quyosh, oy, qushlar, hayvonlar, kapalaklar, jami xudoning zuhurotidan iborat. Olloh qudratini namoyish etish uchun husnini olamdagi mavjudotlarda ifodalagan. Tangri mislsiz aqlini mutafakkirlarda betaqqos husnini go’zal qiz va yigitlarda, umuman, insonlarda, inchunin, tabiatda namoyon etgan ekan. Xudoning ishqi-may va qadah ular o’z navbatida inson qalbi mayning ramziy ma’nosi-muhabbat. Qadahga-qalbga ishq mayi-muhabbat qancha ko’p qo’yilsa, odamdagi ma’naviy-ruhiy intilishlar o’shancha ko’payadi. Xudo vasliga musharraf bo’lmoq uchun, islom ta’limotiga ko’ra shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat kabi bosqichlarni o’tash joiz. Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat talablari, qonun-qoidalari A. Yassaviyning «Farqnoma» asarida to’liq sharhlanadi. «Fakrnoma»-nasriy asar, u Yassaviy va, Yassaviy tariqatining suluki-yo’lini bayon qiladi. Yassaviy asarni payg’ambar alayhissalomnnig «Al-Faqru faxri» («faq elik faxrimdir») degan hadisiga so’ziga asoslanib bitgan bo’lib, tarbiyaviy ahamiyati ancha katta. «Faqrnoma»da Muhammad s.a.v. tilidan hadislar keltiriladi, bu hol esa asarni hadislarga yaqinlashtiradi. Bu jihatdan «Munojotnoma», aynan «Faqrnoma»ni to’ldiradi, chunki «munajotnoma» ham Ahmad Yassaviy qalamiga mansub, unda Muhammad payg’ambarning hayot yo’li kishilarga namuna sifatida talqin va targ’ib etiladi. Yassaviy qalamiga taalluqli «Hikoyati me’roj» ham oldingi asarlar bilan g’oyaviy jihitdan hamohanglik kasb etadi. «Fakrnoma», «Munojotnoma» va Hikoyati me’roj»lar hadis ilmi hamda ilmi ilohiyot, sohasiga qo’shilgan ulkan ulush sifatida ardoqlidir. Qizig’i nomlari zikr etilgan asarlar turkiy-o’zbek tilida yozilib, o’zbek tilidagi hadis ilmining ibtidosini qo’yganligi bilan alohida qimmatga ega. «Faqrnoma» muhammad tilidan naql qilingan: «Kimki boylarni dunyosi uchun hurmat qilsa abadul abad la’natga giriftor bo’lur, agar faqirga past nazar bilan qarasa oxiratda azobga chalinadi». Ahmad Yassaviy shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat bosqichlarining xususiyatlaridan kelib chiqib o’z hikmatlarida takabburlikka qarshi «xoksorlik» falsafasini ilgari suradi, mutafakkir nazdida takabburlik adolatning dushmani. Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo’q, Podshohlarda, vazirlarda adolat yo’q. Darveshlarning duosida ijobat yo’q, Turluk balo xalq ustiga yog’di, do’stlar. Ahmad Yassaviyning falsafiy talqinicha podsho va amaldorlarning adolatsizliklari hayotga qattiq ziyon-zahmat etkazadi. Bu odamlar o’rtasida hurmatsizlik, oqibatsizlik, shafqatsizlik hissiyotlarini kuchaytiradi. Bu xil ijtimoiy muhitda riyo va makkorliklar qariyb qonuniyatga aylanadi. Vaholanki, Yassaviy boy-badavlat kimsalarga, mansabdorlarga, umuman, ahli mo’minga qarata: G’arib, faqir etimlarni qilg’il shodmon, Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon, Taom topsang, joning bila qilg’il ehson, Haqdin eshit bu so’zlarni aydim mano. Bular bejiz aytilmagan, Yassaviy ijtimoiy nohaqlikni chuqur anglaydi, uning mohiyatini teran fahmlaydi. Zotan tasavvufning o’zi bir paytlar mavjud, tuzum adolatsizliklariga norozilik kayfiyatlari ifodasi sifatida maydonga kelgan edi. Ahmad Yassaviy dunyoparast, molparast, xasis, ochko’z kimsalarni qattiq tanqid tig’i ostig’a oladi: Dunyoparast nojinslardan buyun tovla, Buyun tovlab daryo bo’lib toshdim mano. Umuman, dunyodorlik, ahli havo, manmanlik, takabburlik, nafs balosiga bandalik, mansabparastlik, kibr, xudbinlik, fuqaroga napisand qarash, zulm-zo’rlik, behuda xusumat, adovat, g’iybat, kishilar moliga ko’z tikish, ko’rolmaslik, fisqu fujur, amal otiga minib olib o’zgalarni nazarga ilmaslik kabi illatlar takror-takror eslatilib Yassaviy hikmatlarining asl g’oyasi belgilaydi: Munofiqlar yururlar fisqu fujur qilurlar, Harom, shubha eyurlar, qo’rqub yig’lar Xoja Ahmad. Yassaviy hikmatlarida «Qukr’oni karim» oyatlari, rivoyatlari, suralari tajassum topgan, hadis bitiklarining mazmuniy mohiyati she’rga singdirilib ularda Odam ato, Momo havo, Yusuf, Yunus, Ya’qub va boshqa talab rivoyatlarga ishoralar bor: Yunusdek daryo ichra baliq bo’lsam, Yusufdek quduq ichra vatan qilsam Yoqubdek Yusuf uchun ko’p yig’lasam. Bu ish birla yorab, seni topgaymumen? «Qur’on» hikoyatlaridan foydalanib she’rga solinib donishmandona jilo berilgan va hikmatlarda singdirilgan iboratomuz o’gitlar mu’jaz talqinda kishilarni yaxshilikka, ezgulikka yo’naltiradi. Yassaviy tasavvuf yo’lini tutgan barcha so’fiylar bir xil emasligini, ularning yaxshilari va yomonlari mavjudligini yaxshi anglab etadi va yomonlarini ochiq-oydin yomonlaydi, tanqid qiladi: Darveshman deb toat qilur xalq ichinda, Riyo qilib yugurib yurar anda-munda Olloh uchun toat qilg’on darvesh qanda. Chin darveshlar tog’u cho’lni makon qilur. Yassaviy devonidagi hikmatlar xalq og’zaki ijodi yo’lida yozilib, goho ertaklarga xos va mos saj’-ichki qofiya usuli qo’llanadi va u she’rning ta’sir kuchini ta’minlashga qo’l keladi: Turlik ayshim, turlik ishim, munglig’ boshim, Irdi jonim, ketdi hushim, oqdi yoshim. Ko’zim tushdi, ko’nglim uchdi, arqsha oshdi, Umrim kechdi, nafsim qochdi, bahrim toshdi. Karvon ko’chdi, manzil oshdi, horib tushdi... Suvrat munda, siyrat onda, qudratingda, Uzu tunda, yorug’ kunda ko’nglim onda... Yassaviy hikmatlari asosan to’rtlik yo’lida bitilib, ular xalq qo’shiqlariga hamohang, tili sodda, uslubi ravon, esda saqlash, yodlash oson. Darhaqiqat to’rtliklar xalq tiliga xos, uning diliga mos va ma’lum bir kuyga muvofiq yaratilgan. Hikmatlar asosan shayxlar va muridlar hamda sayoq kalanzarlar tarafidan kuylangan, xalq ularni sevib tinglagan. Ular ko’pincha ta’kidni ta’kidlash bilan ta’sirning ta’sirini oshirishda, jahr (ovozni chiqarib zikr qilish)dan foydalanganlar. Ahmad Yassaviy hikmatlarida «tuproq» so’zi tez-tez uchraydi, bu so’z aslida badiiy obraz sifatida qo’llanadi va chuqur g’oyaviy mazmun, mohiyat kasb etadi: Tufroq bo’lg’il, olam sani bosib o’tsin... Bu xildagi misralar «Devoni hikmat»da istagancha topiladi: Ishq bobini Mavlon ochgach, manga tegdi. Tufroq qilib, hozir bo’l deb bo’ynim egdi. *** Takabburni erga urib bosib oldim, O’n to’rtimda tufroqsifat bo’ldim mano. *** Boshim tufroq, o’zim tufroq, jismim tufroq, Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq. *** Qizil yuzing qaro erda so’lgan yaxshi, Tufroqsifat er ostida bo’lgan yaxshi. *** Odam uldur faqir bo’lur yo’lda yotsa, Tufroq sifat olam ani bosib o’tsa. Tasavvufda, tuproq, Ollohning munavvar nuri suv uning yorug’ hayoti, havo buyukligi, olov uning g’azabi timsoli. Tuproq va suv-jannat mulki, shamol va olov-do’zax ichidagi narsalar. Demak, tuproq Yassaviy talqinida inson, u shu tuproqda, erda, zaminda yashaydi, undan o’z rizqini undiradi, tuproq-maskan, tuproq-vatan, odam tuproqdan bino bo’lgan va u yana tuproqqa aylanadi, unga qaytadi, o’zligini topadi. Tuproq-ko’p ma’nolarga ega, u badiiy obraz shaklida Yassaviy hikmatlarining g’oyaviy mazmunini belgilaydi. Ahmad Yassaviy she’rlarida insoniy g’oyalar, axloq, odob, poklik, to’g’rilik, islom dini aqoidlari va hadislarda ilgari surilgan ma’rifiy fikrlar, sodda, ravon tilda bayon qilib beriladi. Hikmatlarda axloqiy-ta’limiy qarashlar, ilm-ma’rifat targ’iboti, axloq-odob tashviqoti, yaxshilik oqibati, yomonlik qabohati. Nafs illati, nodonlik kasofati, ishq xosiyati, ilm fazilati, insoniylik ziynati, er saxovati, zamin muruvvati, xudo ne’mati, dinsizlik qismati, xudojo’ylik diyonati, loqaydlik zahmati kabi tushunchalar limmo-lim. Ma`lum bir ijtimoiy tuzum davrida barch diniy-tasavvufiy adabiyot vakillari singari Ahmad Yassaviy ijodiga munosabat ham haqiqatdan chekingan holda yondoshilib kelindi. Chunki biz istaymizmi, istamaymizmi Yassaviy hayoti va ijodini tahlil qilishda shoir yashagan davr bilan hisoblashishimiz zarur bo‘ladi. Ahmad Yassaviy Xudoga sig`ingan, islom diniga sodiq bo‘lgan. Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim mavqeyga ega bo‘lgan. Mustaqillik yillarida ko‘pgina mutafakkirlar qatori Yassaviy shaxsiyati va ijodiyotiga qiziqish ham kuchaydi. Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z nutqlaridan birida Yassaviy haqida shunday degan edilar: “Ulug‘ bobomiz Xoja Ahmad Yassaviy ruhi poklariga ehtiromimiz benihoya. Bugun ularning insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay boshladi”1. Haqiqatda ham, istiqlol davriga kelib insonni ma`naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy hikmatlarga ehtiyoj sezilmoqda.Turkiy til go‘zal, qudratli, ta’sirchan va bag‘ri keng tildir. Qadim zamonlarda bu tilda buddaviylik, moniy diniga doir matnlar sharhlangan. Bu tilda boshqa dinlarning haqiqatlarini ifodalovchi she’rlar yozilgan. Ammo Ahmad Yassaviy o‘z ona tilini ilk bor tariqat til maqomiga ko‘tardi. Uni arab va fors tasavvuf tili davrasiga qo‘shdi. Shuning uchun Piri Turksitoniyning she’rlaridagi har bir so‘z, har bir ibora islom haqiqatlari qadar muqaddas, nurli va ilohiydir. Buni Alisher Navoiyning mana bu fikrlaridan ham bilish qiyin emas: “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayxul mashoyixidur. Maqomati (darajasi) oliy va mashhur, karomati matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish... Turksiton ahlining qiblai duosidir”2. Xullas, Yassaviy XI asrning ikkinchi yarmida Sayramdagi eng nufuzli oilalardan birida, ma’rifatli va javonmardlikka ixlos-e’tiqodi bilan shuhrat taratgan Shayx Ibrohim oilasida tug‘ilgan. Onasi Shayx Ibrohimning xalifasi Muso Shayxning qizi Oysha xotun edi. Bu oilada avval bir qiz tug‘iladi. Unga Gavhar Shahnoz deb nom qo‘yishadi, Ahmad tavallud topgach, ko‘p o‘tmay onasi vafot etadi. Yetti yoshida esa otasidan ajraladi va uning tarbiyasi opasi Gavhar Shahnoz zimmasiga tushadi. Keyin ular Yassiga ko‘chib borishadi. Yassida yashagani uchun “Yassaviy” taxallusi bilan tilga olinadi. Yosh Ahmad birinchi ustozi Arslonbob bilan uchrashadi, undan tahsil oladi.“Bob” arabchada “eshik” ma’nosini ifodalaydigan so‘z bo‘lib, turkchada bu kalima islom dini targ‘ibi uchun fidoiylik ko‘rsatganlarga beriladigan bir laqab bo‘lgan. Alisher Navoiy Farg‘onada “ulug‘ mashoyixni Bob derlar”, - deydi. Shuningdek, “bob” va “bobo” so‘zlari shayx, pir, valiylarga nisbatan ham qo‘llanilgan. Ahmad Yassaviy Turkistondagi boblarning eng buyugi, deb e’tirof etilgan Arslonbobdan tahsil olgan. Arslonbob tirikligidayoq Ahmad Yassaviyni Buxoroga borib, tahsilni davom ettirishga da’vat etgan edi. Ustozining vafotidan so‘ng Yassaviy bilimini oshirish uchun Buxoroyi sharif tomon yo‘l oladi. U Buxoroda, eng avvalo, diniy va tasavvufiy ilm sirlarini chuqur egallashga kirishadi. Arab tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham puxta o‘zlashtiradi. Zamonasining peshqadam olimi va so‘fiysi Shayx Yusuf Hamdoniyga murid bo‘ladi. Hamadoniy mutasavvif bo‘lish bilan birga hadis olimi ham edi. Shu bois aytish mumkinki, Yassaviyning hikmatlari va ta’limotidagi oyat va hadis ta’sirlarining manbalaridan biri muqaddas ustozidan olgan darslaridir. Hamadoniyning ta’lim-tarbiyasi bilan qisqa vaqtda yuksak saviyalarga erishib, uning uchinchi xalifaligiga yetishadi.Hamadoniy vafotidan so‘ng bir muddat uning ishini davom ettiradi, “irshod va da’vat maqomi” qo‘lga kiritilgach, Yassiga qaytib, yangi bir tariqatga asos soladi. Yassaviylik nomi bilan dong taratgan bu tariqat bir turk mashoyixi tomonidan turkiy xalqlar orasida bunyod etilgan ilk tasavvuf tariqati edi. Ustozi forsiyda so‘zlab, forsiyda yozganiga qaramay, Yassaviy o‘zi mansub bo‘lgan turkiy tilda ijod qiladi. Bilim va ma’rifatini shu til bilan ommaga yetkazadi. U hikmatlarida badiiyatga ortiq darajada e’tibor qilmaydi, chunki uning g‘oyasi to‘rtliklar orqali ommaga islom arkonlarini tushuntirish edi. So‘zlari va she’rlari bilan ko‘chmanchi turkiy qavmlarga islomiy asos-qoidalarni o‘rgatar ekan, avvalombor bu qoidalarga o‘zi amal qildi. Imom Muhammad Hanafiy ibn Ali avlodidan bo‘lganligi uchun ham “Xoja” laqabi berilgan Yassaviy hazratlari “Ahmad Yassaviy”, “Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Qul Xoja Ahmad” singari ismlar bilan tilga olingan. Yassaviyning Ibrohim ismli o‘g‘li, Javhar Xushnoz, Javhar Shahnoz ismli qizlari bo‘lgan. Naslu nasabi Javhar Shahnoz orqali davom etgan. Yassaviy tirikchiligini qoshiqtaroshlik qilib o‘tkazgan va boshqalarga ham halol mehnat qilib kun kechirishni targ‘ib qilgan. Yassaviy 63 yoshga kirganda, Muhammad (s.a.v) dan ortiq umr ko‘rishni xohlamay, yer ostiga chillaxona qazdirib, umrining oxirigacha o‘sha yerda hayot kechirgan. 1166-yilda vafot etgan Yassaviy qabri ustiga oradan ikki asr o‘tgandan keyin Amir Temur katta maqbara qurdiradi. Bu maqbara musulmon xalqlarining muqqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylangan. Ahmad Yassaviyning buyukligi, avvalombor, uning tasavvufiy tushunchalarini nihoyatda teran anglaganligi, bularni o‘zida mujassam etgan buyuk mutasavvif va komil bir xurshid bo‘lganligi bilan belgilanadi. U tasavvufiy bir maslak bilan Haqqa qullik qilgan, ixlos va taqvoning cho‘qqisiga ko‘tarilgan, shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlariga yetishgan, zohiriy va botiniy ilmlaridan voqif bir Haq oshig‘i, ko‘ngillarni fath etgan zabardast siymodir. Uni ulug‘lik maqomiga ko‘targan xislatlar ana shulardir. Islomni qabul qilgan turkiy xalqlar olamidagi to‘qson to‘qqiz ulug‘ mutasavvif donishmandlar shayxi, Xuroson va Movarounnahrning valisi deb atalgan Xoja Ahmad Yassaviyning eng mashhur shogirdlari quyidagilardir: Hakim oto, Mansur oto, Zangi oto, Shayx Luqmoni Parranda Bahouddin Naqshband Hakim ota silsilasi orqali, Qosim Shayx Karmanagiy esa Zangi oto silsilasi orqali Ahmad Yassaviy tariqatiga bog‘lanadilar. Ahmad Yassaviy turkiy adabiyotda hikmatnavislik an`anasini boshlab berdi.Yassaviy asos solgan Yassaviylik tariqati tasavvufdagi boshqa tariqatlardan deyarli farq qilmaydi. Uning asosiy farqlanuvchi jihati tilidadir. Unda islomiy tasavvuf g‘oyalari ilk marta turkiycha talqin etilgan edi. Yassaviyning ikkinchi bir o‘ziga xos va muhim tomoni, uning Qur’oni Karimni tayanch manba bilib, forsiy tildagi tasavvuf tajribalaridan ijodiy foydalanish bilan bir qatorda turkiy axloq, qadimiy turkiy dunyoqarash va ishonchlardan yiroqlashmaganligidir. Yassaviy tariqati shoir hayotlogidayoq turli o‘lkalarga tarqala boshladi, uzoq o‘lkalarga muridlarini jo‘natib, o‘z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. U riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksar qismini chillaxonalarda o‘tkazdi. Yassaviya tariqatiga xojagon tariqati deb nom berilgan edi. Uavval Sayxun va Toshkent hududida, keyinroq Xorazm, Movarounnahr, Xuroson, Ozarbayjon va Onado‘li diyorlarida keng tarqaldi. Bu tariqat keyinchalik naqshbandiya tariqati doirasida davom etdi. Turkiy qavmlarning islom diniga kirishida Yassaviya tariqatining buyuk hissasi bor. Yassaviy o‘z fikr-qarashlarini xalq ommasiga asosan she’riy shaklda yetkazdi. She’rlar asosan to‘rt misradan iborat bo‘lib, oxirgi misralar qofiyalangan. Bu og‘zaki she’rlarni o‘zidan keyin muridlari nasldan naslga yetkazib keldilar. Uning “Devoni hikmat” majmuasining qadimiy nusxasi topilmagan. Mavjud nusxalarning qadimiysi XVII asrga oiddir. “Devoni hikmat” dagi she’rlar to‘liq Yassaviyga mansubligi ehtimol bo‘lsa ham, she’rlarning mazmun mohiyati to‘la ma’noda unga tegishlidir. Muridlari hurmatli ustozlarining nasihatlarini nasldan naslga yetkazib, hikmatlardagi shakl va ma’noni saqlab qolishga uringanlar. Ahmad Yassaviy birinchi bo‘lib hikmatnavislik an’anasini boshlab bergan ijodkor. Yassaviy hikmatlarining bosh fazilati va xosiyati shundaki, ular, eng avvalo, she’rxonni birlik kuchiga ishontiradi, ilohiy birlik shavqi bilan ko‘ngilni poklaydi. Yassaviy hikmatlarini o‘qigan kishi go‘zal axloq va yaxshi amal, yuksak orzu mahbubiga aylanadi, asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, o‘tkinchi dunyo da’volaridan yiroqlashib, ma’no va mohiyatga yuz buradi. Chunki Ahmad Yassaviy ko‘zlagan bosh maqsad orifona maqsad bo‘lgan. Shuning uchun u o‘z ijod namunalariga hikmat nomini bergan. Mutasavvif shoirlar, jumladan, Ahmad Yassaviy uchun ham hikmat laduniy mohiyatga egadir. Forobiyning ta’kidlashicha, hikmat beshigi faylasuflarning ongi emas, payg‘ambarlarning ko‘nglidadir. Qur’onning “Baqara” surasida bunday deyilgan: “U, ya’ni fazli karami keng Olloh o‘zi istagan kishilarga hikmat beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, muhaqqahki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi”1. Luqmon surasining 12-oyatida, “Aniqki, biz Luqmonga hikmat ato etdik”2 deyilgan. Shu ma’noda ko‘p mutasavviflarga Luqmoni hakim o‘rnak bo‘lgandir. Yunus Emroning: “O‘qib hikmat ilmini Luqmon o‘layin bir zamon”, deyishi shunchaki orzu bo‘lmagan, albatta. Ahmad Yassaviyda ham hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybi haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf etmoq va ifodalamoq mazmuniga teng. Ahmad Yassaviyda hikmat aytish istagi ilohiy-ruhiy ehtiyoj sifatida juda yoshligidan paydo bo‘lgan deyish mumkin. Lekin boshqa bir o‘rinda: O‘ttiz to‘rtda olim bo‘lib, dono bo‘ldim, Hikmat ayt deb subhon aydi, go‘yo bo‘ldim, deydiki, uning “ichi-toshi haq nuriga” to‘lgan ayni o‘sha vaqtlarda ilohiy ma’no va tuyg‘ular hikmatga aylanganligi ehtimoldan xoli emas. Turkiy adabiyot asavvuf yo‘nalishida komillik yo‘lida boshidan kechirgan ruhiy-ma’naviy hodisalarni tarjimayi hol tarzida ifoda etish holatlarini ham uchratish mumkin. Masalan, Imom G‘azzoliy “Al-Munqiz” asarida xuddi ana shunday ruhiy o‘zgarishlarni go‘zal bir yo‘sinda bayon etgan. Uning yaqin maqomiga ko‘tarilishdagi izlanishlari, taqlid noqisligidan qutulish uchun intilishlari ulug‘ bir insoniy zafardir1. Ahmad Yassaviy ham “Devoni hikmat”ida o‘z ruhiy-tarixini tarjimayi hol tarzida bayon etgan va yilma-yil yuzaga kelgan ruhiy tajribalarni juz’iy unsurlarigacha ko‘z o‘ngimizda namoyon etgan. Download 165,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling