Diagnostik belgilari. Bornit rangiga, ola-bula zangor bo‘lib tovlanishiga va kichik qattiqligiga qarab oson aniqlanadi. Ochiq zangor tovlanishiga qarab uni kovellin deb o‘ylash mumkin.
Bornit dahandam alangasida erib, magnit tortadigan sharcha hosil qiladi; ko‘mir ustida soda bilan qo‘shib qizdirilganda undan sof mis sharchasi ajraladi. U HNO3 da parchalanadi va olningugurt ajralib kislota yuziga chiqadi.
Kubanit – CuFe2S3. Rombiksingoniyada kristallanadi. Kimyoviy tarkibi: Cu 22-24%, Fe 40-42 %, S -34-35%. Uning rangi bronza sariq bo‘lib, pirotenning rangiga juda ham o‘xshab ketadi. U metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi 3,5. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 4,03-4,18. Kuchli magnit tortishish xususiyatiga ega.
Kubanit xalkopirit bilan paragenetik mahkam bog‘langan. Ko‘pincha bornit qattiq eritmalarning parchalanish mahsuloti bo‘lib, xalkopirit orasida mikroskopda ko‘rish mumkin bo‘lgan mayda plastinkachalar holida uchraydi. Birinchi marta kubanit Minas-Jereyjda (Braziliya) Morro-Velo oltin rudali kvars tomirlarida topilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |