Kovellin-CuS yoki Cu·2S·Cu··S2. Mineral italyan mineralshunosi Kovelli nomi bilan atalgan. Sinonimi: mis zangorisi. Kimyoviy tarkibi Cu 66,5%, S 33,5%. Kimyoviy tekshirishlar Fe, kamroq Se, Ag va Pb aralashmasi borligini ko‘rsatadi.
Agregatlari. Kovellin ko‘pincha och zangor rangli yupqa po‘st yoki ko‘kimtir-qora ragnli kukun va qurum kabi massalar bo‘lib topiladi. Kovellin rangi zangor. Uning chizig‘i kulrang ham qoradir. U shaffof emas. Kovellinning juda yupqa varaqchalari yashil bo‘lib, nur o‘tkazadi. U metaldek yaltiraydi. Qattiqligi 1,5-2. Kovellin mo‘rtdir. Uning yupqa plastinkachalari qisman egiluvchan. Ulanish tekisligi {0001} bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘rligi 4,59-4,67.
Do'stlaringiz bilan baham: |