Malaxit – Cu2[CO3][OH]2 yoki CuCO3·Cu[OH]2. Grekcha “malaxe”- gulxayri demakdir. Shu o‘simlik rangiga o‘xshaganligi uchun shunday nom berilgan. Kimyoviy tarkibi CuO 71,9% (Cu 57,4%), CO2 19,9%, H2O 8,2%. Juda kam miqdorda CaO, Fe2O3,SiO2 va boshqalar borligi ham aniqlanadi. Malaxitning rangi yashil. Chizig‘i och yashil. Yaltirashi shishadek, olmosdek, tolasimon xillarida ipakdek. Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt mineral. Ulanish tekisligi {201} bo‘yicha mukammal, {010} bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘rligi 3,9-4,0.
Diagnostik belgilari. O‘ziga xos yashil rangiga, ko‘pincha, oqiqshaklda bo‘lishiga va tolalarningradiak shu’lakabi tuzilishiga qarab oson bilinadi. O‘ziga birmuncha o‘xshab ketadigan xrizokolla (mis gidrosilikati) dan fosforkalsitdan (mis fosfati) va boshqa misningyashil rangliminerallaridan xlorid kislotada o‘zgarishigaqarab ajratiladi.
Malaxit faqat mis sulfidi konlarining oksidlanish zonasida paydo bo‘ladi; ayniqsa, agar ular ohaktoshlar orasida yotgan bo‘lsa yoki birlamchi rudalar tarkibida karbonatlar ko‘p bo‘lsa, uning paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Oksidlangan mis rudalarida eng ko‘p tarqalgan mineral hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |