Diagnostik belgilari. Rangi va mum kabi yaltirashixarakterlidir. Lekin ko‘p paytlardao‘ziga o‘xshagan xrizokolla bilan misning boshqa minerallaridan ajratish uchun kimyoviy reaksiyalar o‘tkazish lozim. Feruza nurash sharoitlarida yer yuzidagi misli eritmalarning glinozem (dala shpatlarida va boshqalarda) bilan fosforga (apatit va boshqa birikmalardagi) boy bo‘lgan tog‘ jinslariga ta’sir etishidan, ko‘pincha limonit bilan birga hosil bo‘ladi. Feruzaning hayvonlarning qazilma suyagi va tishi hisobiga paydo bo‘lgan hollari ham ma’lum (“suyak feruza” yoki odontolit).
Eng yaxshi feruza bir necha yuz yillar davomida Madan konidan (Erondagi Nishopur shahri yaqinida) chiqarilar edi. Bu yerda u limonit bilan birga nurab ketgan magmatik jinslar – traxitlar orasida noto‘g‘ri shaklli buyumlar va yupqa tomirchalar bo‘lib yuzaga keladi. Feruza qimmatbaho tosh sifatida bu yerdan Turkiya orqali Yevropaga yuborilar edi. Bundan tashqari Vadi-Magara (Sinay yarim orolida) va Qora Tepa (Samarqanddan janubda) kabi konlari bor.
Feruzaning rangi chiroyli (havorang-ko‘k), uning xillaridan bezak buyumlari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |