Diagnostik belgilari. Xarakterli xususiyatlari quyidagilardir: olmosdek yaltiraydi. Qizil chiziq beradi, ayniqsa, sof tug‘ma mis, ba’zan misning ikkilamchi minerallari – malaxit, azurit va boshqalar bilan bir paragenezisda topiladi. Kuprit deyarli faqat mis konlariningikkilamchi sulfidli boyish zonasida (grunt suvlari sathidan pastda) keng tarqalgan xalkozin, goho bornit rudalarining oksidlanishi natijasida ekzogen jarayonlarda paydo bo‘ladi. U, asosan, ma’lum sabablarga ko‘ra (jumladan, eroziya bazisining pasayishi natijasida) grunt suvlari sathi pasayib, avval paydo bo‘lgan xalkozinga boy zona oksidlanish doirasiga tushib qolganpaytlardagina kuprit ko‘p tarqaladi. Xalkozinning oksidlanish jarayoniajralib chiqqan sulfat kislotaning suvda erishi natijasida quyidagi reaksiya bo‘yicha ro‘y beradi:
Cu2S+2O2+H2O →Cu2O+H2SO4
Bu reaksiya uchunkislorod yetishmagan holda Cu2O o‘rnida yoki u bilan birga sof tug‘ma mis yuzaga kelishi mumkin.
Tenorit – CuO. Cu 79,9%, C 20,1%. Sinonimi: melakonit (massiv-yaxlit xili). Singoniyasi monoklin. Juda kam uchraydi. Odatda, mayda tangachasimon agregatlar holida uchraydi. Rangi qora yoki kulrang-qora. Chizig‘i kulrang - qora. Yaltirashi yarim metallga o‘xshaydi. Jilolangan shliflarda kuchli anizotrop tusda ko‘rinadi. Qattiqligi 3,5 ga teng. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 5,8-6,4.
Do'stlaringiz bilan baham: |