I. Asosiy qism: I. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 310.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana22.12.2022
Hajmi310.57 Kb.
#1042024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizika o`qitishda o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O'quvchilar bilan olib boriladigan 
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni o'quvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu 
ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o'zlarining eng muhim deb bilishlari zarur.
Kurs ishining maqsadi: O'quvchilarni fizika o'qitishda sinfdan va maktabdan 
tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish usullari va mazmuni, shakli 
metodlarni aniqlash.
Kurs ishining obyekti: O'quvchilarni sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga 
rahbarlik qilishni tashkil etish mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish 
jarayoni.
Kurs ishining vazifalari: 
1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish usullari.
2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.



3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlarni turlari.
4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarni 
tashkillashtirish.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro'yxatidan iborat.



 
I. Asosiy qism 
I. 1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish.
Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o'rni uning 
boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko'ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy 
fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar 
tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan, Nyuton mexanikasi, 
relyavistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant 
statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi 
fizika o'rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning 
rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, ximiya, 
elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo'lib 
qoldi. Ularning ko'pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdilar. Fizika ochgan 
qonunlar universal bo'lib, bu uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchilik darajasiga 
ko'ardi.
Yuqorida aytilganlardan ko'ramizki, fizikani bilmasdan to'la qiymatli o'rta 
ma’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi.
Boshqa predmetlar kabi fizikani o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni 
ta’lim, tarbiya va o'quvchilarning rivojlanishini amalga oshiradi. Ko'rinib turibdiki, 
maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga egadir. Fizika o'qitish jarayonida 
o'quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo'aligida, transportda, tibbiyotda va boshqa 
soxalarda qo'llanishlari bilan tanishadilar; o'lchov asboblari bilan ishlash 
malakasiga ega bo'ladilar va foydali mexnatga tayyorlanadilar.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator xodisalar va ularning 
ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqidagi ishonch 
shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biladilar. 
Bular esa o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini to'g'ri shakllantiradi, ularning 
mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan 
va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.



Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, 
fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini to'g'ri shakllantirishi, 
o'quvchilarga politexnik ta’lim berishi, ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini 
to'g'ri shakllantirishi lozim.
Fizika kursining mazmuni va xajmini aniqlab beruvchi asos bu dasturdir. U 
o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur davlat ta’lim 
standarti talablariga asosan tuziladi.
Fizikadan o'quv materiali tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi 
lozim: 
-mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga; 
-fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan 
holdagi o'qitish sistemaliligiga; 
-nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog'lanishiga;
-fizika o'qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta’minlashga.
O'quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo'yicha taqsimlash muammosi 
tug'iladi. Fizika o'qitish tarixida o'quv materialini yillar bo'yicha taqsimlashda 
kursning tuzilishini uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va boqichli 
variantlar.
Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo'limlar 
bir-biridan qat’iy ajratib qo'yildi. O'tilganlarga qaytish bo'lmaydi. Fizika kursining 
radial ko'rilishini kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko'rish 
bilan birga, o'zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to'g'ri keladi. 
Bir bo'limni og'ir masalalaridan ikkinchi bo'limni yengil masalasiga birdaniga 
o'tiladi.
Fizika kursining konssentrik ko'rilishida har bir bo'lim maktabda ikki marta 
ko'rib chiqiladi, ya’ni butun o'quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi. Birinchi 
konsetr fizika kursining deyarli hamma bo'limi bo'yicha boshlangich elementar 
tushunchalarni o'z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo'yicha bilimlar 
sistemasini o'z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o'quv materialini to'la 
yoki qisman o'z ichiga oladi. Kursni konsentrik tuzilishida material o'tishdagi 



qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o'quvchilarning aqliy o'sishiga va 
imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi. Konsentrik ko'rilishning 
kamchiligi shuki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko'p sarf bo'ladi 
va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.
Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular 
birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadilar.
Yuqorida ko'rilgan fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli 
ko'rilishidir. U pedagogika va didaktika talablarga to'la javob beradi. Bunga ko'ra 
maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o'zichiga oladi: 
A. 
Tayyorlov davri 3-5 sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va 
mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
B. 
Kursning birinchi bosqichi 6-9 sinfdarda fizikani o'rganish.
C. 
Kursning ikkinchi bosqichi kasb-hunar kollejlari va Akademik 
litseylarda fizikani o'rganish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari: 
-O'quvchilarni fizik xodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, 
o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar 
bilan tanishtirish; 
-O'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining 
amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish; 
-Koinot tuzilishi va undagi xodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy 
dunyoqarashi rivojlantirish; 
-Buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining 
faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini tevarak atrofdagi maxalliy va 
tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarni miliy va vatanparvarlik ruxida 
tarbiyalash; 
-Ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqiyoti bilan bog'lash orqali 
o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb- hunar 
ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash; 



-fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba 
ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya 
qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni "Umumiy o'rta ta’lim maktablari 
uchun fizikadan davlat ta’lim standarti"ga asoslangan xolda dastur tuzildi. O'rta 
ta’lim maktablarida fizika o'qitish shu dastur asosida olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'riisida"gi qonuni, "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi", vazirlar mahkamasining "O'zbekiston respublikasida 
o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari tog'risida " gi 1998 
yil 13-may 204-son va davlat standarti talablariga asoslangan holda Akademik 
litseylarning fizika-matematika va boshqa bo'limlari uchun, hamda kollejlar uchun 
fizikadan o'quv dasturlari tuzildi. Bu dasturlarda fizika o'qitishning maqsadi va 
vazifalari ko'rsatib o'tildi.
Akademik litseylarda fizika o'qitishning asosiy maqsadi: umumiy o'rta ta’lim 
asosida umumiy fizikadan o'rta ta’lim berishga: fizikaviy nazariya, kuzatishlar va 
hodisalar haqidagi ta’limotlarni umumlashgan shakli ekanligini ko'rsatishga, 
nazariya bilan amaliyotning uzviy bog'likligini ko'rsatishga, fizikaning 
texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, 
fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va uni o'rganishni davom etdirishga zamin 
yaratishdan iboratdir.
-fizika kursining o'qitish izchilligini ta’minlash,
-fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va 
ularning formulalari bilan tanishtirish,
-fizik jarayon, hodisa, tushuncha, hamda qonunlarning o'rganish ketma-ketligi 
mantiqiy to'gri va oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga rioya qilish; 
-fizik xodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish; 
-tajriba o'tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash 
ko'nikmalarni xosil qilish: 
-asosiy fizik qonun va xodisalarni to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga 
tatbiq etish va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini hosil qilish: 


10 
-oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni 
hosil qilish: 
-o'quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini 
oshirish, hamda hayotda bo'layotgan xodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga 
o'rgatish: 
-hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va 
boshqa tarmoqlardagi muammolarni yechish yo'lidagi roli bilan tanishtirish kabi 
mavzu va muammolarni xal kilish kerakligini ko'rsatishdan iboratdir.
Aniq fanlar yo'nalishi bo'limlarida fizikani o'qitish uchun 720 soat, maxsus 
kurslarni o'rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o'rganishga 222 soat vaqt 
ajratilgandir.
Fizikani o'rganish uchun, Kimyo-biologiya yo'nalishdagi bo'limlariga 280 
soat, boshqa yo'nalishdagi bo'limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgandir.
Kasb-hunar kollejlarida fizikani o'ganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo'lib, 
uni o'qitishdan asosiy maqsad bizni o'rab olgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini 
o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni 
o'rganishga nazariy baza yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to'gri 
shakllantirib borishdan iboratdir.
Fizikani kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'naltirishning eng yaxshi vositasidir. 
Uni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin.
A. 
Maxsus predmetlarda fizik tushuncha, xodisa, qonunlarni qo'llash; 
B. 
Kasb mazmuniga ega bo'lgan fizik masalalar yechish; 
C. 
Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asboblar yordamida kompleks 
laborotoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish kilish; 
D. 
Hunar-texnikassiklidagi 
predmetlarda 
fizik 
tushunchalardan 
foydalangan xolda masalalar yechish; 
E. 
Fizika kursi va hunar-texnikassikli predmetlaridan ayrim mavzu va 
bo'limdagi bilimdan foydalanib kompleks topshiriklar bajarish; 
F. 
O'quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab 
qiluvchi masalalar yechish; 


11 
G. 
Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun 
zarur bo'lgan fizik bilimlarni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida 
fizikadan uyga vazifalar berish; 
H. 
Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish 
va ular bo'yicha o'quvchilarga hisobot tuzishni topshirish; 
I. 
Sinfdan tashqari ishlarni bajarish to'garaklar, konferensiyalar, kechalar 
va boshqalar 
J. 
Ma’lum programma asosida fakultativ kurslar o'tish; 
Fizika o'qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilganda o'quvchilarning 
o'zlashtirishi ortadi.
Akademik litseylarning va kasb-xunar kollejlarining va o'rta umumta’lim 
maktablarining fizikadan dasturlarida Nyuton mexanikasidan boshlab elementar 
zarralar fizikasigacha bo'lgan barcha bo'limlari ma’lum darajalarda o'z aksini 
topgandir.


12 

Download 310.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling