I. Asosiy qism: I. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish


  Yorug’likning to’lqin xossalariga doir masalalar  yechish  2  14


Download 310.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana22.12.2022
Hajmi310.57 Kb.
#1042024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizika o`qitishda o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish

13. 
Yorug’likning to’lqin xossalariga doir masalalar 
yechish 

14. 
Yorug’likning kvant tabiatiga doir masalalar yechish 

15. 
Atom va yadro fizikasiga doir masalalar yechish 

16. 
To’garak ishlarini yakunlash 

Fizika kechalari – bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun 
ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir.
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish 
va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab 
qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, 
uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni 
bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar 
bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik 
ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan 
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi.
Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni, 
aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining 
ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion 
tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning 
hammasi aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak. Fizika kechalarining 
mavzulari turlicha bo’ladi.
Kecha fizika kursining qandaydir bo’limiga yoki mavzusiga, fan va 
texnikaning katta yutug’iga, ajoyib sanalarga (radio kuni, kosmanavtika kuni), 
vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga, to’garak 
ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli fizikaga 
bag’ishlangan bo’lishi mumkin.


22 
Fizika 
bo’limlariga 
bag’ishlangan 
kechalar 
o’quvchilar 
bilimini 
chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Quyida 7-sinfdan o’tkazilgan 
“Assalom fizika” kechasining qisqacha mazmuni hamda 9-sinf o’quvchilari bilan 
“Zuxro yulduzi” va “Ona zamin” komandalari o’rtasidagi bellashuvning mazmuni 
beriladi.
Quyida “Assalom fizika” kechasining qisqa matni beriladi.
1-o’quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani to’ing, vazifasini 
tushuntiring.
2-o’quvchi: Menzurkani qo’liga oladi va uning hajmini, o’lchashdagi 
vazifasini tushuntiradi.
1-o’quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o’lchanadi? 
2-o’quvchi: Termometr kashf etilgunga qadar tana harorati qo’l bilan 
aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o’lchanadi deb termometrni 
ko’rsatadi.
1-o’quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi? 
2-o’quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir.
1-o’quvchi: Kuchni qanday asbob bilan o’lchanadi, uni to’ing va qaerlarda 
ishlatilishini tushuntiring? 
2-o’quvchi: Kuch dinamometr bilan o’lchanadi. U muskul kuchlarini 
aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.
SHunga o’xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim 
ko’proq ball yig’sa, shu o’quvchi g’olib hisoblanadi.

Download 310.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling