99
Bunda
C – C bog`lari uzunligi 0,154 nm.
C – C – C burchagi kattaligi esa
116
0
ni tashkil etadi.
Ushbu struktura sxemasiga qarab, shuni
payqash mumkinki kislota
molekulasidagi uglerod soni birtaga oshganda, molekula 0,13 nm ga uzayadi.
Uglerod atomlari soni odatda juft bo`lgan va gomologik
qatorda bir-biriga yaqin
turadigan to`yingan yog` kislotalari uzunligi esa bir-biridan 0,26 nm ga farq qiladi.
Shunga asosan, to`yingan yog` kislotalarining ikkita assotsiatsiyalangan
(qo`shilgan) molekulasi uzunligi (nm) quyidagi formula
orqali tasvirlanishi
mumkin:
L = [(n-1)
.
0,13+0,1]
.
2+0,27;
Bunda
n – kislota molekulasidagi uglerod atomlari soni;
0,13 nm – uglerod atomi soni birtaga oshganda molekula uzunligining o`zgarishi;
0,1nm – metil guruhlari hisobidan molekula uzunligining o`zgarishi.
0,27nm – molekulalar assotsiatsiyasini hosil qiluvchi
O-H….O guruhlari uzunligi.
Shu formulaga asosan ko`pgina to`yingan yog` kislotalarining uzunligi
hisoblangan, masalan, pal’mitin kislotasi – 2,195 nm, stearin kislotasi – 2,455 nm,
araxin kislotasi – 2,715 nm va h.k.
To`yinmagan yog` kislotalari uglevodorod radikali tuzilishini
o`rganishda uni
xayolan ikki qismga – to`yingan va to`yinmagan qismlarga bo`lib o`rganish oson.
Do'stlaringiz bilan baham: