I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI 
BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
 
 
 
 
I.B. Isabayev, F.U. Suvanova, Q.H. Majidov 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yog`lar vа mоyli хоm 
аshyolаr kimyosi
 
Oliy o’quv yurtining 
5321000 «Oziq-ovqat
texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari bo’yicha)»
bakalavriatura yo’nalishi talabalari uchun
DARSLIK 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2020. 



 
 
 
Taqrizchilar: “O’zyog’moysanoat” uyushmasi 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni monitoring
qilish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari
t.f.d., prof. Q.P. Serkayev. 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, “Gazni
kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi
mudiri, t.f.d., prof. S.F. Fozilov. 
 
Yog’lar va moyli xom ashyolar kimyosi. 5321000 «Oziq-ovqat 
texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari bo’yicha)» bakalavriatura yo’nalishi 
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi / I.B. Isabayev, F.U. Suvanova, 
Q.H. Majidov.
Darslikda moyli xom ashyo turlari, moyli urug’lar va mevalarning morfologik va 
anatomik tavsifi, tuzilishi va kimyoviy tarkibi, sifatiga quyiladigan talablar, lipidlar haqida 
asosiy tushunchalar, yog’lar tarkibi bayon etilgan; yog’larni ishlab chiqarish, qayta ishlash va 
saqlash jarayonlarida sodir bo’ladigan kimyoviy o’zgarishlar mohiyatini tushunish hamda 
texnologik jarayonlarning mexanizmini o’rganish va ularni boshqarish uchun yog` 
kislotalarining va glitseridlarning amaliy ahamiyatga ega bo’lgan fizik va kimyoviy xossalari, 
yog’larning buzilishi, termik o’zgrishlari, yog’larning hamroh moddalari, ularning xususiyatlari 
va ahamiyati, yog’larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari izohlangan. 



KIRISH 
Yog’-moy mahsulotlari texnologiyasi bo’yicha ta`lim olayotgan bo’lajak 
bakalavrlar yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish va yog’-moylarni qayta ishlash 
texnologiyalarini yaxshi bilishlari shart. Buning uchun ulardan moyli xom 
ashyolarning tarkibi va xususiyatlarini, ularni saqlash va qayta ishlash 
jarayonlarida ro’y beradigan o’zgarishlar, jumladan, fizik-kimyoviy, kimyoviy va 
biokimyoviy o’zgarishlar mohiyatini yaxshi tushunish talab etiladi. Chunki, 
shubhasiz, shu asosdagina sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqara olish va bu bilan bog’liq texnologik muammolarni hal qilish mumkin. 
Shu maqsadda “Oziq-ovqat texnologiyasi”ning yog’-moy mahsulotlari yo’nalishi 
boyicha bakalavrlar tayyorlash namunaviy o’quv rejasi hamda “Yog‘lar va moyli 
xom ashyolar kimyosi” o’quv dasturiga asoslanib ushbu darslik yaratildi. 
Darslik to’rtta bobdan iborat bo’lib, birinchi bobida moyli urug’lar va 
mevalarning morfologik va anatomik tavsifi, hujayralarning tuzilishi va 
xususiyatlari, moy‘li urug’lar sifatini baholash va urug‘larning texnik-kimyoviy 
tahlili, urug’ va moy hosil bo’lishiga tashqi muhitning ta’siri ta’riflangan.
Ikkinchi bobda lipidlarning tarkibiy tuzilishi, yog’ kislotalarining 
guruhlanishi, molekulyar strukturasi, fizik va kimyoviy xossalari, sintez usullari 
yoritilgan.
Uchinchi bobda glitserin va glitseridlar haqida ma’lumot berilgan - 
glitserinning fizik va kimyoviy xossalari, sintez usullari, glitseridlarning 
sinflanishi, fizik va kimyoviy xossalari izohlangan. 
To'rtinchi bobda lipidlarning fizik- kimyoviy xossalari, yog’larning 
buzilishi, yog’lar tarkibidagi hamroh moddalar, ularning xossalari va ahamiyati 
haqida ma’lumotlar berilgan, yog’larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari 
bayon etilgan. 
Darslikning kirish qismi, II va III boblari Buxoro muhandislik-texnologiya 
instituti “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. I.B. Isabayev, I bobi 
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi 
dotsenti, t.f.n. F.U. Suvanova, IV bobi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 



“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. Q.H. Majidov tomonidan 
tayyorlangan. 
Darslik t.f.d. I.B. Isabayevning umumiy tahriri ostida yozilgan. 
Hurmatli kitobxonlarning ushbu birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan 
darslik boyicha fikr va mulohazalari hurmat va ehtirom bilan qabul qilinadi. 




Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling