I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
1.1.3. Moyli o’simliklar urug’i asosiy xom ashyo sifatida O‘simlik moylari o‘simliklarning to‘qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o‘simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo‘lib, ayrimlarida ular juda ko‘p 11 to‘planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o‘simliklar urug‘larida to‘planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo‘lishi mumkin. Yog‘larni juda ko‘p miqdorda to‘playdigan o‘simliklar guruhi moyli o‘simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bu guruh o‘simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o‘simliklar kiradi. Urug‘larning moyi va oqsil moddalari juda katta amaliy ahamiyatga ega. O‘simlik moylari boshqa bir qator komponentlar kabi odam ratsional ozuqasining asosini tashkil qiladi. Ozuqa o‘simlik moylarining kulinariya (oshpazlik), salat va konservalash moylari kabi turlari iste’mol qilinadi. Kulinariyada toza o‘simlik moylari yoki margarin va mahsus kulinar yog‘lar qo‘llaniladi. Salat moylari sifatida esa past haroratda saqlab olinib, suyuq fraktsiyasi ajratib olingan va maxsus qayta ishlangan moylar qo‘llaniladi. Konservalashda esa ko‘proq rafinatsiyalangan, olein kislotasi ko‘p bo‘lgan kungaboqar moyi, paxta moyi, zaytun, yeryong‘oq, kunjut moylari ishlatiladi. Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi sanoatda o‘simlik moyli xom ashyosidan kompleks foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi. Yig‘ishtirib olish, yig‘ishtirishdan keyingi ishlov berish, saqlash va moyli urug‘larni qayta ishlash texnologiyasi o‘simlik moyli xom ashyosini tayyor mahsulot holida maksimal saqlash maqsadida hamma qimmatli komponentlarini nativ holda saqlash va tayyor mahsulotga maksimal tarzda o’tkazishni ta’minlashi zarur. Shu maqsadda chiqitsiz ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan o‘simlik moyini ekologik toza, atrof muhitga zarar yetkazmay, moyli urug‘lar tarkibidagi hamma foydali elementlarni saqlab qolgan holda moyli xom ashyoni qayta ishlash texnologiyalari qo‘llaniladi. O‘zbekistonda asosiy moyli urug‘ sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o‘rnini qoplay oladigan boshqa moyli o‘simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali respublikamiz uchun noan’anaviy moyli o‘simliklardan kungaboqar, maxsar, soya o‘simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari 12 o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, zig’ir, bug’doy murtagi moyi, amarant (gultojixo’roz) moyi kabi tarkibi o’ta to’yinmagan yog’ kislotalariga boy moylarni an’anaviy moylar bilan qo’shib funktsional aralashmalar (kupajlar) yaratish va ularni keng xalq iste’moli uchun ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib borilmoqda. O‘simlik moyi, shuningdek, kungaboqar, zig‘ir, jo‘xori, maxsar, kunjut, xantal, soya, yeryong‘oq, zaytun, o‘rik, bodom danagi, uzum, pomidor urug‘laridan olinadi. Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil botanik oilalarga mansub bo’lib, morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo‘llanishi har xil bo‘ladi. Ushbu ekinlarning urug‘i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo‘lib, oziq- ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, o‘simlik moyi margarin, sovun, lok, bo‘yoq, olif, stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov berishda qo‘llaniladi. Ammo moyli ekinlarning ulushi har xil. Kungaboqar, soya, indov moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga moyli zig‘ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko‘knor, yeryong‘oq, krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Moyli ekinlarning ahamiyati ularning moyidan xalq xo‘jaligida foydalanishga bog‘liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo‘llaniladi. Yer yuzida moyli ekinlar ko‘p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan ortiqdir. Eng ko‘p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln ga) indov (22,25 mln ga), yeryong‘oq (21,78mln ga), moyli zig‘ir (7,5 mln ga), kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan. O‘zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong‘oq, moyli zig‘ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta 13 chigiti, meva danaklaridan o‘simlik moyi olingan. Ayrim o‘simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Moyli urug‘lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining biologik qiymatini oshiruvchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Moyli urug‘lar urug‘ va meva po‘stlari asosan tsellyulozadan tashkil topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Moyli urug‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan tashqari bir qator biologik faol birikmalar bo‘lgan vitaminlar va provitaminlarga ham boydir (tokoferollar, steroidlar, karotinoidlar va boshqalar). Undan tashqari moyli urug‘lar boshqa urug‘lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro- va ultramikroelementlar to’plamining miqdori bilan ajralib turadi. Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Moyli urug‘larni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to‘plamini tayyor mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o‘simlik moyi sifatida 1-o‘rinda soya moyi, 2-o‘rinda kungaboqar moyi, 3-o‘rinda pal’ma moylari, 4-o‘rinda indov moy va keyingi o‘rinlarda chigit, zaytun, kunjut, maxsar va boshqa moylar qo‘llanilmoqda. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling