I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donlar Moy miqdori,% urug’ida murtagida
Urug`lar
Tarkibidagi yog` miqdori % paxta chigiti 17-29 zig`ir 58-70 (meva po`stlog`isiz) indov (raps) 36-40 kunjut 35-58 Mevalar pal’ma kokosi: koprasi 65-72 yong`og`ining mag`zi 51-67 17 zaytun mevasi mag`zi 23-49 kungaboqar (urug`i mag`zi) 29-65 o`rmon yong`og`i 58-60 kanop 30-38 O`simlik xom ashyosidan olinadigan yog`larga o`simlik moylari (ba`zi hollarda o`simlik yog`lari) deb ataladi. Ular asosan yuqori molekulyar yog` kislotalarining glitseridlaridan iborat bo`lib, neftni haydash natijasida olinadigan va uglevodorodlardan tashkil topgan mineral moylardan aynan shu bilan farq qiladi. Efir moylari tarkibida ham yog` kislotalarining glitseridlari bo`lmaydi. Ular asosan al’degidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar va past molekulyar yog` kislotalarining efirlaridan tashkil topgan bo`ladi. O`simlik urug`larining ko`pchiliklarida yog`lar odatda bir me`yorda taqsimlanadi. Ammo donlarning asosan murtagida yog`lar to’plangan bo`ladi (2-jadval). 2-jadval Donlar Moy miqdori,% urug’ida murtagida Bug’doy 1,0...1,8 10,0...17,5 Javdar 0,9...3,0 8,0...11 Arpa 0,26...3,20 - Makkajo’xori - 15,0...40 Hayvon va baliqlarda yog`lar asosan ularning teri osti yog` to`qimalarida yoki bo`lmasa organizm faoliyatida juda faol ishtirok etuvchi organlarni o`rab oladigan yog` to`qimalarida to`planadi. Ba`zi bir dengiz hayvonlari va baliqlarning jigari ham yog`larga juda boydir. Miya va nerv to`qimalarida ko`pgina glitseridlar, fosfolipidlar va boshqa lipidlar to`planadi. Qoramol, qo`y, echki kabi uy hayvonlari yog` to`qimalarining 87-90% ni, kit teri osti yog` to`qimalarining 92-94% ni yog`lar tashkil etadi. Yaxshi boqilmagan yoki kasal hayvonlar yog` to`qimalarida yog` miqdori kamayadi. Hayvon organizmi suyuqliklarida yog` odatda kam bo`ladi. Hayvon suti tarkibida yog` miqdori quyidagicha, (% hisobida): sigir sutida 3,7 ga yaqin; echki sutida 4,8; bug`u sutida 17, fil sutida 20, kit sutida 46 ga yaqin bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling