I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
-rasm. Monotrop polimorf moddalarning harorat o`zgarishi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
22-rasm. Monotrop polimorf moddalarning harorat o`zgarishi
bilan bog`liq modifikatsion o`zgarishlari. B u g` n in g soli sh tirm a b os im i H a r o r a t 129 modifikatsiya haroratning yanada ko’tarilishi bilan Б modifikatsiyaning suyuqlanish haroratida eriydi (suyuq holatga o’tadi). Shunday qilib, tez qizdirish davomida xuddi enantiotrop polimorfizmdagiday polimorf moddalarning ikkita erish (ya’ni suyuqlanish) nuqtalari kuzatiladi. Monotrop polimorf moddalarning qattiq holatini belgilovchi sohada (grafikka qarang) bitta modifikatsiya har doim barqaror, boshqasi esa har doim beqaror bo’ladi. Beqaror modifikatsiyani faqat uni eritish (suyuqlantirish) va ma'lum sharoitlarda kristallashtirish orqali olish mumkin. Yog` kislotalarining strukturasi ular molekulasining uzun uglevodorod zanjiri va polyar karboksil guruhidan tashkil topganligi bilan belgilanadi. Yog` kislotalari va ularning aralashmasi qattiq holatda asosan kristallik strukturaga ega. Yog` kislotalari bir necha xil (stabil, ya’ni barqaror va nostabil, ya’ni beqaror) polimorf kristallik struktura hosil qila oladi. Lekin yog` kislotalarining polimorfizmi yetarlicha o`rganilgani yo`q. Toq va juft uglerod atomli to`yingan yog` kislotalari polimorfizmi birmuncha farq qiladi. Juft uglerod atomli normal tuzilishdagi to`yingan yog` kislotalari monotrop polimorfizmni namoyon etadi. Ular uch turdagi polimorf modifikatsiyalar hosil qilishi mumkin. Bundan ikkitasi nostabil va bittasi stabil. ( va -nostabil, - stabil) va modifikatsiyalarni sekin qizdirganda ular suyuqlanish haroratidan 10-15 0 C past haroratda stabil - modifikatsiyaga aylana boshlaydi. Tez qizdirilganda esa ikki xil suyuqlanish harorati kuzatiladi. Toq uglerod atomli to`yingan yog` kislotalarining polimorfizmi birmuncha murakkabroqdir. Molekulasida 11 tagacha toq uglerod atomlari bo`lgan kislotalar enantiotrop polimorfizmni namoyon etadi (ya`ni nostabil formadan stabil formaga o`tishi va aksincha qaytar jarayon kuzatilishi mumkin). Molekulasida 13 va undan ko`p toq uglerod atomlari bo`lgan kislotalar esa monotrop polimorfizmni nomoyon etadi (ya`ni nostabil formadan stabil formaga o`tish qaytmas jarayondir). Bundan 130 tashhari toq uglerodli to`yingan yog` kislotalari to`rt turdagi polimorf modifikatsiyalar hosil qiladi. To`yinmagan yog` kislotalarining polimorfizmi esa umuman o`rganilmagan desa ham bo`ladi. Adabiyotlarda faqat olein kislotasining monotrop ekanligi qayd etilgan. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling