I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Tayanch iboralar: 
Struktura tuzilishi, kristallar, muvozanat strukturasi, modifikatsiya, zichlik, 
dilatometriya, molekulyar hajm, suyuqlanish harorati, qotish harorati, qaynash 
harorati, paraxor, diffuziya, eruvchanlik, erituvchi, gidrofil, gidrofob, evtektika, 
binar aralashma, nur spektrlari, nur spektrlarini yutish qobiliyati, qovushqoqlik, 
sirt tarangligi, polimorfizm, enantiotrop polimorf modda, monotrop polimorf 
modda, transformatsiya, qotish harorati, suyuqlanish harorati, kritik harorat.  
Nazorat savollari: 
1. Individual yog` kislotalarining tuzilishini rentgen nurlari orqali qanday 
tadqiqot etish mumkin? 
2. Yog` kislotalarining strukturasini tashkil etishida metil guruhlari va 
karboksil guruhlarining qo`shqatorlarda o`zaro joylashuvi qanday rol’ 
o`ynaydi? 
3. Yog` kislotalarining zichligi ulardagi uglerod atomlari soni, qo`shbog`lar 
soni, ularning izomerlanishiga qarab qanday o`zgaradi?
4. Yog` kislotalarining tuzilishi va termik xossalari orasida qanday 
bog`liqliklar bor? 
5. Yog` kislotalari fizik хоssаlаrining uglevodorod zаnjiri uzunligigа vа 
qo’shbоg’lаrning jоylаshishigа bоg’liqligini tavsiflab bering. 
6. Yuqori molekulyar yog` kislotalari gidrofobligini qanday tushuntira 
olasiz? 
7. Yog` kislotalari nur sindirish ko`rsatkichining ahamiyati nimada? 
8. Yog` kislotalarining sirt tarangligi bilan molekulyar massasi orasida 
qanday bog`liqlik bor? 
9. Yog` kislotalarining qovushqoqligi bilan harorat orasida qanday bog`liqlik 
bor? 
10. Enantiotrop va monotrop poliformizmlarni tushuntirib bering.


131 
2.5. YOG’ KISLOTALARINING KIMYOVIY XOSSALARI. 
2.5.1. Yog’ kislotalarining reaktsiyaga kirishish qobiliyati. 
Yog` kislotalari molekulasi tarkibi va strukturasi bo`yicha farq qiladigan ikki 
xil qismdan - karboksil guruhi va uglevodorod radikalidan tashkil topganligi 
sababli ularning reaktsion qobiliyatini aynan shu guruhlar belgilab beradi. Bu 
guruhlar atomlari orasidagi bog`larning hosil bo`lishi va parchalanishi energiyasi 
katta ahamiyatga ega. Quyida yog` kislotalaridagi turli atom bog`larining hosil 
bo`lish va parchalanish energiyalari jadvallari keltirilgan (22- va 23-jadvallar). 
Uglerod zanjiri uzunligining oshishi bilan C - H bog`lanishning parchalanish 
energiyasi kamaya boradi. Uchlamchi ugleroddagi C - H bog`lanish eng oson 
parchalanadi, keyin ikkilamchi uglerodniki, keyin esa birlamchi uglerodniki. 
Qo`shbog` qo`shni C - C bog`lanishni mustahkamlaydi va aksincha qo`shni metil 
yoki metilen guruhidagi C - H bog`lanishni susaytiradi. 
Yog` kislotalaridagi karboksil guruhi haqiqiy kislota formasida bo`lishi tuzlar 
hosil bo`lishiga sabab bo`ladi: 
O
H
Na
O
O
C
R
OH
Na
H
O
O
C
R
2
\
//
\
//
































Psevdokislota formasidagi karboksil guruhi kislotalarning murakkab efirlar 
hosil qilishiga sabab bo`ladi:
O
H
R
OCH
O
C
R
OH
CH
R
OH
O
C
R
2
1
2
2
1
//
\
//








Yog` kislotalarining uglevodorod radikali ishtirokida metilen guruhlaridagi 
vodorod o`rnini olish, qo`shbog`li joylarida reagentlarning birikishi, izomerizatsiya 
va uglerod atomlari bog`lanishlarining parchalanish reaktsiyalari amalga oshishi 
mumkin. 


132 
22-jadval 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling