I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 2.5.1. Yog’ kislotalarining reaktsiyaga kirishish qobiliyati.
Tayanch iboralar:
Struktura tuzilishi, kristallar, muvozanat strukturasi, modifikatsiya, zichlik, dilatometriya, molekulyar hajm, suyuqlanish harorati, qotish harorati, qaynash harorati, paraxor, diffuziya, eruvchanlik, erituvchi, gidrofil, gidrofob, evtektika, binar aralashma, nur spektrlari, nur spektrlarini yutish qobiliyati, qovushqoqlik, sirt tarangligi, polimorfizm, enantiotrop polimorf modda, monotrop polimorf modda, transformatsiya, qotish harorati, suyuqlanish harorati, kritik harorat. Nazorat savollari: 1. Individual yog` kislotalarining tuzilishini rentgen nurlari orqali qanday tadqiqot etish mumkin? 2. Yog` kislotalarining strukturasini tashkil etishida metil guruhlari va karboksil guruhlarining qo`shqatorlarda o`zaro joylashuvi qanday rol’ o`ynaydi? 3. Yog` kislotalarining zichligi ulardagi uglerod atomlari soni, qo`shbog`lar soni, ularning izomerlanishiga qarab qanday o`zgaradi? 4. Yog` kislotalarining tuzilishi va termik xossalari orasida qanday bog`liqliklar bor? 5. Yog` kislotalari fizik хоssаlаrining uglevodorod zаnjiri uzunligigа vа qo’shbоg’lаrning jоylаshishigа bоg’liqligini tavsiflab bering. 6. Yuqori molekulyar yog` kislotalari gidrofobligini qanday tushuntira olasiz? 7. Yog` kislotalari nur sindirish ko`rsatkichining ahamiyati nimada? 8. Yog` kislotalarining sirt tarangligi bilan molekulyar massasi orasida qanday bog`liqlik bor? 9. Yog` kislotalarining qovushqoqligi bilan harorat orasida qanday bog`liqlik bor? 10. Enantiotrop va monotrop poliformizmlarni tushuntirib bering. 131 2.5. YOG’ KISLOTALARINING KIMYOVIY XOSSALARI. 2.5.1. Yog’ kislotalarining reaktsiyaga kirishish qobiliyati. Yog` kislotalari molekulasi tarkibi va strukturasi bo`yicha farq qiladigan ikki xil qismdan - karboksil guruhi va uglevodorod radikalidan tashkil topganligi sababli ularning reaktsion qobiliyatini aynan shu guruhlar belgilab beradi. Bu guruhlar atomlari orasidagi bog`larning hosil bo`lishi va parchalanishi energiyasi katta ahamiyatga ega. Quyida yog` kislotalaridagi turli atom bog`larining hosil bo`lish va parchalanish energiyalari jadvallari keltirilgan (22- va 23-jadvallar). Uglerod zanjiri uzunligining oshishi bilan C - H bog`lanishning parchalanish energiyasi kamaya boradi. Uchlamchi ugleroddagi C - H bog`lanish eng oson parchalanadi, keyin ikkilamchi uglerodniki, keyin esa birlamchi uglerodniki. Qo`shbog` qo`shni C - C bog`lanishni mustahkamlaydi va aksincha qo`shni metil yoki metilen guruhidagi C - H bog`lanishni susaytiradi. Yog` kislotalaridagi karboksil guruhi haqiqiy kislota formasida bo`lishi tuzlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi: O H Na O O C R OH Na H O O C R 2 \ // \ // Psevdokislota formasidagi karboksil guruhi kislotalarning murakkab efirlar hosil qilishiga sabab bo`ladi: O H R OCH O C R OH CH R OH O C R 2 1 2 2 1 // \ // Yog` kislotalarining uglevodorod radikali ishtirokida metilen guruhlaridagi vodorod o`rnini olish, qo`shbog`li joylarida reagentlarning birikishi, izomerizatsiya va uglerod atomlari bog`lanishlarining parchalanish reaktsiyalari amalga oshishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling