I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’ kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2.5.2.3. Yog’ kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi 
Yuqori yog' kislotalarini vakuum hosil qilmasdan haydab termik parchalash 
jarayonida hosil bo'ladigan uglevodorodlarning tarkibi murakkab va juda kam 
o'rganilgan. 
Yog' kislotalarini uglevodorodlarga aylantirishning ularga yoki ularning 
tuzlariga kuchli agentlar ta'sir ettirib amalga oshirish usuli ko’proq ma’lum. Yog’ 
kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi quyidagi uch sxema asosida amalga 
oshishi mumkin: 
R — СООН → R — CH
3
; 
R — СООН → RH + CO
2
; 
2R — СООН → R — R + 2CO
2
+ H
2
. 


139 
Birinchi 
turdagi 
reaktsiyaga 
misol 
qilib 
qizil 
fosfor 
ishtirokida
konsentrlangan iodovodorod kislotasi bilan qizdirilganda yog' kislotalarini 
uglevodorodlarga aylanishini ko’rsatish mumkin: 
R

СООН
+
6НI

R

СН
З 
+

2
O
+
3I
2
. 
Ushbu reaktsiya ichida yuqori bosim hosil bo'ladigan kavsharlab yopilgan 
shisha naychalarda reaksiya aralashmasini 250-270
0
C haroratda ko'p soat 
davomida qizdirish natijasida sodir bo'ladi.
Ushbu reaktsiya natijasida uglevodorodlarning chiqishi unchalik katta emas. 
Yog' kislotalaridan yaxshi chiqishdagi 
uglevodorodlar olish biroz 
murakkabroq usulda amalga oshirilishi mumkin. 
Buning uchun, tegishli yog' kislotalarining efirlariga, masalan, butil efiriga
dastavval metall natriy bilan ishlov beriladi. Bunda ikki xil spirt hosil bo’ladi, 
ulardan biri uglerod atomlari soniga ko’ra efirning yog' kislotasinikiga, ikkinchisi 
esa efir tarkibiga kirgan spirtga mos keladi. 
Shu tarzda olingan spirt, xususan yuqori molekulyar spirt, fosfor 
pentabromidi yoki uning oksibromidi ta'sirida bromoalkanga aylanadi: 
R — СН
2
ОН + PBr → RCH
2
Br + РОВг
3
+ НВг 
Nihoyat, hosil bo'lgan bromoalkan, masalan, vodorod xlorid kislotasining 
ruxga ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilingan faol vodorod yordamida qaytariladi. 
Bunda dastlabki yog' kislotasiga mos keladigan uglerod atomlari soniga ega 
bo’lgan alkan olinadi: 
R — СН
2
Вг + Н
2
→ R — СНз + НВг. 
Ikkinchi turdagi yog' kislotalarining o’zgarishi quyi yog' kislotalarining 
tuzlarini ishqorli metall gidroksidlari bilan birga eritishda (suyultirishda) 
kuzatiladi: 
CH
3
COONa + NaOH → СН
4
+ Na
2
CO
3

Pal’mitin yoki stearin kislotasi kabi yuqori to'yingan yog 'kislotalarining 
tuzlari, hatto 300-330
0
C haroratda ham deyarli parchalanmaydi. 


140 
Uchinchi turdagi reaktsiya asosan kichik molekulyar og'irlikdagi yog' 
kislotalarining suvli yoki suv-spirtli eritmalarini elektroliz qilish paytida kuzatiladi. 
Olingan RCOO 

anionlar anodda elektronni yo'qotib, dastlab kislota peroksidini 
hosil qiladi: 
 
Bunday atsil peroksidlari juda beqaror va erkin radikallar hosil bo'lishi bilan 
parchalanadi:
Bu radikallar parchalanishi natijasida erkin alkan radikallari va karbonat 
angidridni hosil qiladi. Erkin alkan radikallarining rekombinatsiyasi dastlabki yog' 
kislotasi bilan solishtirganda, unga nisbatan uglerod atomlarining soni ikki baravar 
ko'paygan alkan hosil bo'lishiga olib keladi: 
Odatda, bu reaktsiyaga yon jarayonlar ham hamroh bo’ladi, buning natijasida 
alkenlar, spirtlar va murakkab efirlar hosil bo'ladi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling