I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Kaliy permanganat va osmiy tetraoksidining ta'siri
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2.5.3.4. Kaliy permanganat va osmiy tetraoksidining ta'siri
Yog' kislotalari tarkibi va tuzilishi o'rganilayotganda, shuningdek ishlab chiqarish amaliyotida ularga turli xil oksidlovchi moddalar bilan ishlov beriladi. Organik erituvchida (bevosita yoki suvli ishqor eritmasida) yog' kislotalariga, ularning sovunlariga kaliy permanganat ta'siri alohida qiziqish uyg'otadi. Sovuq holda, pal’mitin yoki stearin kabi yuqori to'yingan yog' kislotalari va ularning kaliyli, natriyli sovunlari, kaliy permanganati ta’sirida, agar u uzoq vaqt davomida ta’sir ettirilsa va katta miqdorda bo'lsa ham, oksidlanmaydi. Bunday kislotalar qaynoq suv hammomida permanganatning gidroksidi eritmasi bilan qizdirilganda oksidlanadi va bunda quyi molekulyar og'irlikdagi to'yingan mono- va dikarbon yog' kislotalari aralashmasi hosil bo'ladi. To'yinmagan yog' kislotalari kaliy permanganat bilan qizdirilmasdan ham osongina oksidlanadi. Bu reaktsiya juda murakkab, bir necha ketma-ket bosqichlarni o’z ichiga oladi va sharoitga qarab turli yo'nalishlarda davom etishi mumkin. Hosil bo’lgan mahsulotlarning tarkibi va reaktsiya tezligi erituvchining 156 tarkibiga, muhitning pH darajasiga, reaktsiya massasining haroratiga, permanganat eritmasining kontsentratsiyasiga va jarayonning davomiyligiga bog'liq. To'yinmagan yog' kislotalarning kaliy permanganat bilan oksidlanishi ularning molekulalarida qo’shbog’larning joylashishini aniqlash uchun birinchi marta M. M. Zaytsev tomonidan olein va elaidin kislotalarini o'rganishda qo'llanilgan. Shuni yodda tutish kerakki, kaliy permanganatning suyultirilgan suv- ishqorli eritmasidagi olein yoki elaidin kislotalari tuzlariga uzoq muddatli ta'siri ularning molekulalarini qo'shbog’lar joyidan emas, balki birinchi bo'lib Spiridonov tomonidan ko'rsatilgan sxema bo'yicha parchalanishiga olib keladi: СНз—(СН 2 ) 7 —СН=СН—(СН 2 ) 7 —СООН → → СНз—(СН 2 ) 6 —СООН + СООН—СООН + СООН—(СН 2 ) 6 —СООН. Bunda hosil bo'lgan oksalat (shovul) kislotasi qisman oksidlanishi mumkin va hosil bo’ladigan asosiy mahsulotlar oktan va suberin (mantar) kislotalaridir. Shuni hisobga olib, to'yinmagan yog' kislotalarining tarkibi o'rganilayotganda ularning kaliy permanganat bilan oksidlanishi atseton yoki muz sirka kislotasi eritmasida o'tkazilishi kerak. Bunday holda, olein va boshqa shunga o'xshash kislotalar molekulalarining parchalanishi qo'shni metil guruhlarida emas, balki qo'shbog’lanish joyida sodir bo'ladi: СНз—(СН 2 ) 7 —СН=СН—(СН 2 ) 7 —СООН → → СНз—(СН 2 ) 7 —СООН + СООН—(СН 2 ) 7 —СООН. Shunday qilib, ko'rsatilgan sharoitlarda olein kislotasi oksidlanishining asosiy mahsulotlari pelargon va azelain kislotalaridir. Reaksiya mahsulotlarining tarkibiga qarab oksidlanayotgan to'yinmagan kislotalardagi qo’shbog’lar o'rnini oson aniqlash mumkin. A.M. Zaytsev usuli bilan linol, linolein va shunga o'xshash polialken kislotalarning molekulalarida qo’shbog’larning joylashishini aniqlashda ushbu jarayonda hosil bo'lgan malon kislotasi oksidlanib oksalat kislotasini berishini hisobga olish kerak: 157 Kaliy permanganatning to'yinmagan yog' kislotalarga suvli gidroksid eritmasidagi ta'siri murakkab jarayon. Oksidlanish sharoitiga qarab turli xil kompozitsiyalar va turli miqdoriy nisbatlarda oraliq va yakuniy mahsulotlar hosil bo'lishi mumkin. Kaliy permanganatning suv-ishqoriy eritmalarida oksidlanishi jarayonida uning o’zgarishi sxemasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 4KMnO 4 + 2H 2 O = 4MnO 2 +3O 2 + 4KOH Kaliy permanganat bilan suv-ishqorli eritmada olein kislotasini gidroksistearin kislotasigacha oksidlanishi umumiy ma'noda quyidagi reaktsiya sxemasi bilan ifodalanishi mumkin: Osmiy tetraoksidining (OsO 4 ) to'yinmagan moddalarga ta'siri ma'lum darajada kaliy permanganatning ta'siriga o'xshaydi va qo’shbog’ joyida ikkita gidroksil guruhining tsis-holatda birikishiga olib keladi. Os–O bog’lanishi bo’yicha oson gidrolizlanadigan tsiklik osmiy efirlari ajratib olingan. Shu tarzda olein kislotasidan 9- digidroksistearin kislotasi olinadi: Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling