I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Galogenangidridlar va yog’ kislotalarining
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2.5.2.4. Galogenangidridlar va yog’ kislotalarining
angidridlarini olish Yog’ kislotalarining angidridlari va galogenangidridlarini yog’ kislotasiga fosforning trixloridi yoki pentaxloridini ta’sir ettirib olish mumkin: Yog’ kislotalariga tionil xlorid ta'sir ettirib yog 'kislotasi xlorangidridlarini olish juda qulay: R — COOH + SOCl 2 → RCOCI + SO 2 + НС1 Yog 'kislotasi galogenangidridlaridagi galogen mobil bo’lib, osonlikcha 141 boshqa atomlar yoki ularning guruhlari bilan almashinadi. Yog' kislotalari galogenangidridlarining yuqori reaktivligi shu bilan belgilanadi. Ular osongina suvda, hatto havo namligida gidrolizlanadi: RCOCI + Н 2 O → RCOOH + HCI Spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorangidridlar efirlarni hosil qiladi: RCOCI + R 1 CH 2 OH → RCO-OCH 2 R 1 + HCI. Ushbu reaktsiyani ajralib chiqayotgan galogenvodorodni bog’lovchi va uning salbiy ta’sirini yo’q qiladigan piridin ishtirokida olib boorish tavsiya etiladi. Ammiak bilan ta’sirlashganda amidlar hosil bo’ladi: RCOCI + 2NH 3 → RCONH 2 + NH 4 Ushbu reaktsiyalarning barchasi nukleofil almashinuv mexanizmiga muvofiq sodir bo'ladi. Yog' kislotalari angidridlarini turli yo'llar bilan olish mumkin. Yuqori yog' kislotalarining angidridlari A. A. Albitskiy usuli bo’yicha osonlikcha kislotalarni sirka angidridi bilan qaynatib olinadi: 2С 17 Н 35 СООН + (СН 3 СО) 2 О → (С 17 Н 35 СО) 2 О + 2СН 3 СООН. Shuningdek, angidridlar yog' kislotalarining natriyli tuzlarini kislotalarning galogenangidridlari bilan qizdirish natijasida ham olinadi: 2C 17 H 35 COONa + С 17 Н 35 СОВг → (С 17 Н 35 СO) 2 O + NaBr. Yuqori molekulyar to'yingan yog 'kislotalari angidridlarining suyuqlanish haroratlari ushbu kislotalarning o'zlarining suyuqlanish haroratlariga nisbatan taxminan 1 0 ga yuqoridir. Yuqori molekulyar to'yinmagan yog' kislotalari angidridlarining fizik xususiyatlarini tavsiflovchi ma'lumotlar 24 -jadvalda keltirilgan. Yuqori molekulyar yog' kislotalarining angidridlari hatto chuqur vakuum sharoitida ham faqatgina parchalanib haydaladi. To’yunmagan, va umuman, suyuq yog' kislotalarining angidridlari havodagi namni singdirib olib kislotalarga aylanadi. To'yingan yog' kislotalarining angidridlari esa aksincha, havo ta’siriga chidamlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling