I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog` kislotalarining sirt tarangligi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog` kislotalarining qovushqoqligi.
- 2.4.4. Yog’ kislotalari va ular birikmalarining polimorfizmi .
Yog` kislotalarining sirt tarangligi.
Yog` kislotalarining sirt tarangligi haroratning ko`tarilishi bilan kamayib boradi va kritik haroratda nol’ga teng bo`ladi. Sirt tarangligini aniqlashda shuni nazarda tutish kerakki, hatto ozgina sirt faol moddalari qo`shilishi ham natijalarga katta ta`sir ko`rsatadi. Sirt tarangligini paraxorga (R) asosan (paraxor sirt tarangligi 1 ga teng bo`lgan suyuqlikning molekulyar hajmi) quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 2 5 . 0 1 M P Bunda: M – kislotaning molekulyar massasi; – kislotaning qattiq holatdagi zichligi; 1 - bug`ning shu haroratdagi zichligi; - sirt tarangligi; R – paraxor. 125 Yog` kislotalarining qovushqoqligi. Yog` kislotalari, ularning metil va etil efirlari uchun ma`lum bir qovushqoqlik xosdir. To`yingan yog` kislotalarining qovushqoqligi ularning molekulyar massasi o`sishi bilan oshadi. Harorat ko`tarilishi bilan qovushqoqlik kamayadi. Qovushqoqlikning logarifmi bilan harorat orasida ma`lum chiziqli bog`liqlik mavjud. Yog` kislotalariga nisbatan ularning efirlari anchagina kamroq qovushqoqlikka ega. 2.4.4. Yog’ kislotalari va ular birikmalarining polimorfizmi . Ko'pgina ma'lum moddalar, shu jumladan, individual yog 'kislotalari ham, kristallik tuzilishining parametrlari va shunga mos ravishda ularning fizik xususiyatlari bilan, masalan erish nuqtasi va zichligi bilan farq qiluvchi bir necha kristallik modifikatsiyalarni hosil qilishi mumkin. Ushbu hodisa polimorfizm deb va individual kristallik shakllar - polimorf modifikatsiyalar deb nomlanadi. Kristallanish jarayonida polimorf modifikatsiyaning shakllanishi yog' kislotasining tarkibi va tuzilishiga hamda tashqi omillarga bog'liq (kristallanish paytidagi bosim, isitish yoki qizdirish harorati, erituvchining mavjudligi yoki yo'qligi, uning tarkibi, aralashmalar mavjudligi va h.k.). Polimorf moddalarning kristallanishi paytida, termodinamikaning umumiy qoidalariga ko'ra, kristall tizimi erkin energiyasining minimal miqdorini ta'minlaydigan kristall hosil bo’lishi kerak. Ammo, shu bilan birga, Ostval’dning jarayonlar bosqichma-bosqich amalga oshishi haqidagi qoidasiga ko'ra, birinchisi bo’lib eng barqaror emas, balki tizim erkin energiyasining minimal o'zgarishiga olib keladigan polimor modifikatsiya hosil bo’lishi mumkin. Olingan barqaror tashqi kristalli struktura doimiy tashqi bosim sharoitida ma'lum harorat oralig'ida barqaror bo'ladi. Haroratning o'zgarishi bilan polimorf modifikatsiyada o'zgarishlar yuz berishi mumkin, buning natijasida ularning kristall strukturasi berilgan yangi sharoitlardagi polimorf moddaning barqaror holatiga to'g'ri keladi. Shu sababli, kristallanadigan moddalarning polimorf 126 o'zgarishi ko'pincha bir necha modifikatsiyaning ular erkin energiyasi asta-sekin kamayayishi bilan boradigan ketma-ketlikda shakllanishi bilan sodir bo'ladi. Turli xil polimorf moddalar kristall tuzilishining o’zgarish tezligi har xil, ba’zan juda kichik bo'lishi mumkin. Bunday holda, polimorf transformatsiyaning to'liq bo'lmaganligi sababli, birmuncha vaqt davomida ikkita polimorf modifikatsiya mavjud bo'lishi mumkin, ulardan biri bu sharoitlarda barqaror, ikkinchisi esa ortiqcha erkin energiyaga ega bo'lgan holda beqaror holatda bo'ladi. Agar harorat sharoitlari uzoq vaqt saqlanib qolsa, u holda boshlangan polimorf transformatsiya tugashi mumkin. Ammo ko'pincha polimorf modifikatsiyalardan biri to'liq barqarorlik uchun zarur bo'lgan minimal erkin energiyaga ega bo'lmasligiga qaramay, u sekinlashadi yoki umuman sodir bo'lmaydi. Bunday hollarda, muvozanatlanmagan, ammo nisbatan barqaror bo'lgan tizim hosil bo'lishi mumkin, bu tizim boshqa qulayroq sharoitlarda yanada barqarorroq bo'ladi. Polimorf moddalarning beqaror modifikatsiyalari suyuqlanish haroratlari ularning turg'un modifikatsiyalari suyuqlanish haroratlariga qaraganda past bo’ladi. Beqaror modifikatsiya ustidagi bug'ning solishtirma bosimi turg'un modifikatsiya ustidagi bug'ning solishtirma bosimidan kattaroqdir. Ushbu ko’rsatkichlarning miqdoriy farqi asosan polimorf modda molekulalarining tarkibi va tuzilishiga bog'liq. Polimorf transformatsiya (o’zgarish) uchun shu xarakterliki, u qattiq fazada, suyuqlanish harorati transformatsion modifikatsiyaning suyuqlanish haroratidan past haroratda sodir bo'ladi, ya'ni u suyuqlanmay sodir bo'ladi. Ushbu transformatsiya ko'pincha issiqlikning yutilishi yoki ajralishi bilan birga amalga oshadi. Polimorf moddaning birlik massasi o’zgarishi jarayonida hosil bo'lgan issiqlik miqdoriga o’zgarish (konversiya) issiqligi deyiladi. Issiqlikning yutilishi bilan boradigan polimorf o'zgarishlar, odatda, polimorf modifikatsiya qizdirilganda, issiqlikning ajralib chiqishi bilan boradigan polimorf o'zgarishlar esa uni sovitilganda sodir bo'ladi. 127 Ikki turdagi polimorf moddalar (enantiotrop va monotrop) ga mos keladigan ikki xil polimorf o'zgarishlar mavjud (21- va 22- rasmlar). Enantiotrop polimorf moddalar uchun ularning turg'un va o'zgaruvchan modifikatsiyalari mavjud bo'lgan ikki holati mavjud. Grafikda ushbu joylar Т 0 п o'zgarish nuqtasining harorati bilan ajratilgan (21- rasm). Т 0 п dan past haroratda ushbu modifikatsiyalardan biri barqaror, aksincha Т 0 п dan yuqori haroratda esa ularning boshqasi barqarordir. Modifikatsiyalarning nisbiy barqarorligi o'zgarishlari chegarasida, ya’ni Т 0 п o'zgarish nuqtasi haroratida har ikkala modifikatsiyalar ham muvozanatda bo'ladi va ularning miqdori bu haroratda o'zgarmaydi. Yuqoridagilardan ko'rinib turganiday, noturg'un polimorf modifikatsiyasining enantiotrop moddasi holatining o’ziga xos tomoni shundaki, uni transformatsiya nuqtasi haroratidan yuqori haroratlarda suyuqlantirmasdan isitish (qizdirish) mumkin. Monotrop polimorf moddalar uchun har ikkala noturg'un va turg'un modifikatsiyalarning suyuqlanish harorati gipotetik o’zgarish (konversiya) nuqtasi haroratidan past bo'ladi (22-rasm). Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling