I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Yog` kislotalarining zichligi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Yog` kislotalarining zichligi 
Chumoli va sirka kislotalaridan tashhari boshqa barcha yog` kislotalarining 
zichligi 1000 kg/m
3
dan kichikdir. To`yingan yog` kislotalarining molekulyar 
massasi oshishi tartibida zichligi pasaya boradi. To`yingan kislotalarning metilli 
efirlari zichligi odatda bu kislotalar zichligidan kamdir. 
Prof.A.E.Lutskiyning ta`kidlashicha molekulasida n atom uglerodi bo`lgan 
moddaning zichligi quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: 
л им
n
n
b
n
b







1
Bunda: 
лим

- ushbu gomologik qator uchun chegaralovchi zichlik; yog` kislotalari uchun 
0,877; b-const; yog` kislotalari uchun b= -4486. 
Bu formulaga asoslanib hisoblangan zichlik ko`pchilik hollarda haqiqiysiga 
nisbatan 0,25% gacha farq qiladigan natijalardir. 
Yog` kislotalarining to`yinmaganligi darajasi oshib borishi bilan (uglerod 
atomlari bir xil miqdorda) ularning zichligi ham oshib boradi. Uglerod atomlari soni 
bir miqdorda bo`lgan holda qo`shbog`lari joyi ajralib turadigan yog` kislotalari 
qo`shbog`lari bir-biri bilan juda yaqin bo`lgan (konyugatsiyalangan) pozitsion 


122 
izomerlarga nisbatan kichikroq zichlikka ega bo`ladi. Masalan eleostearin 
kislotasining zichligi linolein kislotasinikiga nisbatan anchagina katta. 
To`yingan yoki to`yinmagan gidroksikislotalar zichligi odatda normal 
tuzilishdagi to`yingan yoki to`yinmagan yog` kislotasinikidan (uglerod atomi bir 
xil miqdorda bo’lgan holda) katta bo`ladi. 
Yog` kislotalari hajmi qizdirilganda oshib, sovutilganda kamayadi. Ammo 
haroratning o`zgarishi bilan ularning hajmi bir maromda o`zgarmaydi. Xuddi 
shunday, zichlikning o`zgarishi ham bir maromda bo`lmaydi. Bunday 
o`zgarishlarni harorat 1
0
ga o`zgarganida zichlik o`zgarishini ko`rsatadigan 
«termik kengayish koeffitsenti» orqali kuzatish mumkin. Unchalik yuqori 
bo`lmagan haroratlarda qattiq holdagi yog` kislotalari uchun texnologik 
hisoblashlarda bu koeffitsentni 

0,77 kg/m
3
ga teng deb, suyuq (suyultirilgan) 
holdagi kislotalar uchun esa 

1,03 kg/m
3
deb hisoblash mumkin. 
Yog` kislotalari hajmining keskin oshishi va zichligining keskin kamayishi 
xususan ularning suyuqlanishida (termik suyuqlanish, erish) kuzatiladi. 
Suyultirilayotganda hajm oshishini maxsus moslama yordamida aniqlashga 
dilatatsiya deb aytiladi (dilatometriya). Dilatatsiya yordamida yog`lar, kislota va 
ularning efirlari suyuqlanish haroratini aniqlash mumkin. 
Yuqori haroratlarda yog` kislotalari zichligi o`zgarishini quyidagi formula 
asosida hisoblash mumkin: 
Qaynash haroratidagi zichlik 
хажм
молекуляр
масса
мoлекуляр

Qaynash haroratidagi molekulyar hajm V

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling