I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’ kislotalari fizik xossalarining ular molekulasi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2.4.3. Yog’ kislotalari fizik xossalarining ular molekulasi 
 tarkibi va xossalariga bog’liqligi. 
Yog` kislotalarining fizik xossalari ular molekulasining tarkibi va xossalariga 
bog`liqdir. Bu bog’liqlik yog’ kislotalarining quyida tavsiflanadigan fizik 
xossalarida yaqqol namoyon bo’ladi. 
Yog` kislotalarining termik xossalari 
Har bir individual yog` kislotasining suyuqlanish harorati bu shunday 
haroratki, 
bunda 
suyuqlantirilayotgan 
(eritilayotgan) 
yoki 
qotirilayotgan 
kislotaning suyuq va qattiq fazalari o`rtasida ma`lum muvozanat yuzaga keladi. 
Bunda qizdirilayotganda toki qattiq fazaning butunlay suyuqlangunicha
sovutilayotganda esa suyuqlikning to`la qotgunicha tizimning harorati o’zgarmay 
qoladi. Har bir individual yog` kislotasi uchun o`z suyuqlanish (qotish) harorati 
mavjud bo`lib, uning o`lchami kislota molekulasining tarkibi va xossalariga 
bog`liqdir. Yog` kislotasi tarkibida aralashmalar uchrab qolsa, bu uning 
suyuqlanish harorati o`zgarishiga (pasayishiga) sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. 
Odatda amalda yog` kislotalarining qotish harorati suyuqlanish haroratiga nisbatan 
1-2
0
past bo`ladi. 


118 
To`yingan yog` kislotalarining molekulyar massasi oshishi bilan birga 
ularning suyuqlanish va qotish haroratlari ham ma`lum darajagacha oshadi.
Ammo juft sonli uglerod atomi bo`lgan har bir to`yingan yog` kislotasining 
suyuqlanish va qotish harorati uglerod atomlari soni undan birtaga ko`p yoki 
birtaga kam bo`lgan toq sonli uglerod atomlilariga nisbatan yuqori bo`ladi. Buni 
20-rasmda keltirilgan grafik misolida tushuntirish mumkin
To`yingan yog` kislotalarining kristallizatsiyalanish issiqligi (issiqlik 
miqdori) ularning molekulyar massasi oshishi bilan birga oshadi. Ammo, toq va 
juft uglerodli kislotalarda kristallizatsiyalanish issiqligi o`zgarishi ham xuddi 
suyuqlanish va qotish haroratlari o`zgarishi kabi ekanligi kuzatilgan. 
Kristallizatsiyalanish issiqligini juft uglerod atomli to`yingan yog` kislotalari 
uchun (uglerod atomlari soni 10 dan yuqori) quyidagi formulaga asosan hisoblash 
mumkin:

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling