I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


-rasY` kislotalari molekulalarining joylashuvi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

19-rasY` kislotalari molekulalarining joylashuvi: 
a-shartli; б,в – suv sirtida; г- benzin sirtida 


116 
oddiy uy harorati sharoitida ham uglevodorodlarda bemalol yaxshi eriydi. Yuqori 
molekulyar to`yingan yog` kislotalari esa suyuqlanish harorati yuqori bo`lganligi 
sababli uglevodorodlarda faqat qizdirilganda yaxshi eriydi.
Uglevodorod 
radikalida 
qo`shimcha 
gidrofil 
guruhlar 
(masalan 
gidrooksikislotalardagi gidroksil guruhi) bo`lsa, bu yog` kislotalarining 
uglevodorodlarda eruvchanligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Di- va poli- 
gidroksikislotalar metanli uglevodorodlarda yanada kamroq eriydi. 
Barcha yog` kislotalari benzolda, shuningdek xloroform, uglerod xloridi
dixlor etan kabi xlorlangan uglevodorodlarda, skipidarda juda yaxshi eriydi. 
Yog` kislotalarining spirtlarda erishini kislotalarning karboksil guruhi va 
spirtlarning gidroksil guruhlari orasida vodorod bog`larinng hosil bo`lishi hamda 
kislotalarning uglevodorod radikallari va spirtlar orasidagi molekulalararo 
tortishuv kuchlari belgilaydi (ta`minlaydi).
Har xil to’yingan yog` kislotalarining metanol, etanol va atsetonda har xil 
haroratlarda erishi 20- jadvalda keltirilgan. 
Yog` kislotalarining suyuqlanish harorati qanchalik past bo`lsa, ularning har 
xil organik erituvchilarda eruvchanligi shuncha yuqori bo`ladi. 
Aralashmada har xil yog` kislotalari bir birining eruvchanligiga ta`sir etishadi. 
Suyuq yog` kislotalari aralashmada suyuqlanish harorati yuqori bo`lgan 
kislotalarning eruvchanligini oshiradi. Aniqlanishicha yog` kislotalarining binar 
aralashmalari suyuqlanish haroratining alohida komponentlarga nisbatan pastligi 
ularning yuqori eruvchanligini belgilab beradi. 
20-jadval 
To’yingan yog` kislotalarining har xil erituvchilarda eruvchanligi 
Yog` 
kislo-
talari 
Berilgan haroratlarda (
0
C) har xil erituvchilarda eruvchanligi
(g/100 g)
metanolda 
99,4%-li etanolda 
85%-li etanolda 
atsetonda 
20 
60 
20 
60 
20 
60 
20 
60 
C
10 
510 



440 

407 

C
12
120 

105 

91,2 

60,5 

C
14
17,3 

23,9 

18,9 

15,9 

C
16
3,7 
4650 
7,2 
2600 
4,93 
2280 
5,38 
880 
C
18
0,1 
520 
2,25 
400 
1,13 
365 
1,54 
220 


117 
Odatda kislotalar aralashmasining atsetondagi 10% li eritmasini -20 
0
C gacha 
sovutib (muzlatib) yuqori molekulyar to`yingan yog` kislotalarini to`la ajratib olish 
mumkin. Xuddi shunday eritmadan -40 
0
C da deyarli toza olein kislotasi, -60 
0
C da 
esa linol kislotasini ajratib olish mumkin. Ushbu usulda toza linolein kislotasini 
ajratib olishning iloji bo`lmagan. 
Yog` kislotalarini eritmadan past haroratlarda kristallizatsiyalab olish 
usulining juda katta ilmiy-amaliy ahamiyati bor. Bunda kislotalarning izomerlari 
hosil bo`lmaydi.
Yog` kislotalari benzol bilan evtektikalar hosil qiladi. Ulardagi benzol 
miqdori kislota molekulyar massasining oshishi bilan kamayadi. Masalan, laurin 
kislotasi bilan bo`lgan evtektikasida (suyuqlanish harorati 4,5 
0
C) benzolning 
miqdori 11,2%, stearin kislotasi bilan hosil qilgan evtektikasida (suyuqlanish 
harorati 5,5 
0
C) benzolning miqdori bor yo`g`i 0,0015% . 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling