121
harorati odatda aralashma komponentlarining biri
yoki hattoki ikkovining ham
suyuqlanish haroratlaridan pastroq bo`ladi. Masalan:
stearin kislotasining
suyuqlanish harorati 69,6
0
C, pal’mitin kislotasiniki 62,5
0
C, ammo ularning 0,275:
0,725 nisbatdagi aralashmasining suyuqlanish harorati 53,6
0
C ga teng.
Yog` kislotalaridagi uglerod atomlari soni oshishi
bilan ularning qaynash
harorati ham oshadi. Ko`pchilik yog` kislotalarining
qaynash harorati oddiy
sharoitda
shunchalik kattadirki, bu haroratga hali yetmasdan
turib bu kislotalar
termik parchalanishga uchrashi mumkin.
Suyuq holdagi yog` kislotalarining solishtirma issiqlik sig`imi
qattiq holdagi
kislotalarnikiga nisbatan yuqori bo`ladi.
Kislotalarning harorati ko`tarilishi bilan ularning solishtirma issiqlik sig`imi
ham oshadi. Bu o`zgarish yog` kislotalarining suyuqlanishi
davomida yaqqol
ko`zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: