I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
M Kopp formulasiga asosan hisoblanadi: V
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog` kislotalarining optik xossalari.
M
Kopp formulasiga asosan hisoblanadi: V M = 11 . C + 5,5 . H + 12,2 . P + 7,8 . O; Bunda: C, H, P, O – molekuladagi uglerod, vodorod, fosfor, kislorod atomlarining soni; Suyuq holatda yog` kislotalarining molekulyar hajmini quyidagi formulaga asosan hisoblash mumkin: 123 зичлик масса молекуляр хажм молекуляр Professor Dorinsonning ta`kidlashicha moyli (butan) kislotadan to stearin kislotasigacha to`yingan yog` kislotalarining 80 0 C ostidagi molekulyar hajmini quyidagi formulaga asosan hisoblash mumkin: V M = 17,25n + 28,88 ; Bunda: n-molekuladagi uglerod atomlari soni. Shuni aytish kerakki, C 1 -C 3 kislotalaridan tashhari boshqa barcha to`yingan yog` kislotalari uchun tajribada aniqlangan molekulyar hajm ko`rsatkichlari bu formulaga asosan hisoblanganlariga juda ham mos keladi. Yog` kislotalarining optik xossalari. Yog` kislotalari o`z tarkibi va strukturasiga muvofiq ravishda yorug`lik nurining ma`lum darajada sinishiga sabab bo`ladi. To`yingan yog` kislotalarining nurni sindirish ko`rsatkichi ularning molekulyar massasi oshishi bilan birga oshadi. To`yinmagan yog` kislotalarining to`yingan yog` kislotalariga nisbatan (uglerod atomlari soni bir xil bo`lgan holida) sindirish ko`rsatgichi kattaroqdir. Molekuladagi qo`shbog`lar soni oshishi bilan nur sindirish ko`rsatkichi ham o`sadi. Masalan, 20 0 C da olein kislotasi uchun nur sindirish ko`rsatkichi =1,45895, linol kislotasi uchun =1,4699, linolein kislotasi uchun =1,4800. Qo`shbog`larning bir biriga yaqinlashib joylashuvi sindirish ko`rsatgichining o`shishiga olib keladi. Yog` kislotalari (ritsinol kislotasi va ba`zi tsiklik yog` kislotalaridan tashhari) odatda polyarlangan yorug`lik nurini aylantirish qobiliyatiga ega emas, ya`ni optik faollikka ega emas, chunki ko`p hollarda ular assimmetrik uglerod atomlariga ega emas. Yog` kislotalari nur spektrlarini yutish qobiliyatiga ham ega. Molekulalari yoki atomlar guruhi yadrolarining tebranma va aylanma harakati energiyasi infraqizil nurlar (750 nm dan yuqori to`lqin uzunliklari) yutilishiga (sorbtsiyasiga) sabab bo`ladi. Ko`pgina funktsional guruhlar, masalan OH, CH 3 , C 6 H 5 , shuningdek atomlar orasidagi bog`lanishlar (masalan, C = C, C C, va h.k) uchun ma`lum bir chastotalardagi infraqizil nurlarni yutish o`ziga xosdir. Shu sababli infraqizil 124 nurlarning yutilish spektriga qarab modda molekulalari va ulardagi atom bog`lanishlar haqida ma`lum xulosa chiharish mumkin. To`lqin uzunligi (2-15 ) . 10 3 nm bo`lgan infraqizil nurlanish katta qiziqish uyg`otadi, chunki har xil valentli bog`lanishlar, tarkibi turlicha bo`lgan har xil atom guruhlari ushbu to`lqinlardagi infraqizil nurlarni yutadi. Olefin kislotalarning tsis-izomerlari to`lqin uzunligi taxminan (6 va 13,9) . 10 3 nm bo`lgan nurlanishlarni yutadi. Trans-izomerlar tomonidan bunday nurlanish juda ham kuchsiz yutiladi. Ammo amalda bu to`lqindagi nurlanishdan foydalanilsa, to`yinmagan yog` kislotalaridan tashhari boshqa funktsional guruhlari bo`lgan moddalar ham bu nurlanishni yutadi, shu sababli amalda to`yinmagan kislotalarni aniqlashda ushbu to`lqindan foydalanish yaramaydi. Aksincha uzunligi 10,3 . 10 3 nm bo`lgan to`lqindan esa amalda foydalanish qulay, chunki bunday nurlanish tsis-izomerlar tomonidan yutilmaydi, ammo trans-izomerlarning (odatda yog`larda uchramaydigan va pozitsion izomerlaridan tashhari) deyarli barchasi tomonidan bunday nurlanish yutiladi. Shunisi qiziqki, bunday nurlanishning yutilish intensivligi trans-qo`shbog`lar soniga to`g`ri proportsional ekan. To`yingan va to`yinmagan yog` kislotalarining ul’trabinafsha nurlarini yutishi unchalik amaliy ahamiyatga ega emas. Ammo bir-biriga yaqinlashgan qo`shbog`lari bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari uchun ul’trabinafsha nurlarini yutish intensivligi katta bo`lib, katta amaliy ahamiyatga ham ega. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling