I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog’ kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2.5.2.3. Yog’ kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi
Yuqori yog' kislotalarini vakuum hosil qilmasdan haydab termik parchalash jarayonida hosil bo'ladigan uglevodorodlarning tarkibi murakkab va juda kam o'rganilgan. Yog' kislotalarini uglevodorodlarga aylantirishning ularga yoki ularning tuzlariga kuchli agentlar ta'sir ettirib amalga oshirish usuli ko’proq ma’lum. Yog’ kislotalarining uglevodorodlarga aylanishi quyidagi uch sxema asosida amalga oshishi mumkin: R — СООН → R — CH 3 ; R — СООН → RH + CO 2 ; 2R — СООН → R — R + 2CO 2 + H 2 . 139 Birinchi turdagi reaktsiyaga misol qilib qizil fosfor ishtirokida konsentrlangan iodovodorod kislotasi bilan qizdirilganda yog' kislotalarini uglevodorodlarga aylanishini ko’rsatish mumkin: R — СООН + 6НI → R — СН З + 2Н 2 O + 3I 2 . Ushbu reaktsiya ichida yuqori bosim hosil bo'ladigan kavsharlab yopilgan shisha naychalarda reaksiya aralashmasini 250-270 0 C haroratda ko'p soat davomida qizdirish natijasida sodir bo'ladi. Ushbu reaktsiya natijasida uglevodorodlarning chiqishi unchalik katta emas. Yog' kislotalaridan yaxshi chiqishdagi uglevodorodlar olish biroz murakkabroq usulda amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun, tegishli yog' kislotalarining efirlariga, masalan, butil efiriga, dastavval metall natriy bilan ishlov beriladi. Bunda ikki xil spirt hosil bo’ladi, ulardan biri uglerod atomlari soniga ko’ra efirning yog' kislotasinikiga, ikkinchisi esa efir tarkibiga kirgan spirtga mos keladi. Shu tarzda olingan spirt, xususan yuqori molekulyar spirt, fosfor pentabromidi yoki uning oksibromidi ta'sirida bromoalkanga aylanadi: R — СН 2 ОН + PBr → RCH 2 Br + РОВг 3 + НВг Nihoyat, hosil bo'lgan bromoalkan, masalan, vodorod xlorid kislotasining ruxga ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilingan faol vodorod yordamida qaytariladi. Bunda dastlabki yog' kislotasiga mos keladigan uglerod atomlari soniga ega bo’lgan alkan olinadi: R — СН 2 Вг + Н 2 → R — СНз + НВг. Ikkinchi turdagi yog' kislotalarining o’zgarishi quyi yog' kislotalarining tuzlarini ishqorli metall gidroksidlari bilan birga eritishda (suyultirishda) kuzatiladi: CH 3 COONa + NaOH → СН 4 + Na 2 CO 3 . Pal’mitin yoki stearin kislotasi kabi yuqori to'yingan yog 'kislotalarining tuzlari, hatto 300-330 0 C haroratda ham deyarli parchalanmaydi. 140 Uchinchi turdagi reaktsiya asosan kichik molekulyar og'irlikdagi yog' kislotalarining suvli yoki suv-spirtli eritmalarini elektroliz qilish paytida kuzatiladi. Olingan RCOO - anionlar anodda elektronni yo'qotib, dastlab kislota peroksidini hosil qiladi: Bunday atsil peroksidlari juda beqaror va erkin radikallar hosil bo'lishi bilan parchalanadi: Bu radikallar parchalanishi natijasida erkin alkan radikallari va karbonat angidridni hosil qiladi. Erkin alkan radikallarining rekombinatsiyasi dastlabki yog' kislotasi bilan solishtirganda, unga nisbatan uglerod atomlarining soni ikki baravar ko'paygan alkan hosil bo'lishiga olib keladi: Odatda, bu reaktsiyaga yon jarayonlar ham hamroh bo’ladi, buning natijasida alkenlar, spirtlar va murakkab efirlar hosil bo'ladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling