I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Galogenangidridlar va yog’ kislotalarining


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2.5.2.4. Galogenangidridlar va yog’ kislotalarining 
 angidridlarini olish 
Yog’ kislotalarining angidridlari va galogenangidridlarini yog’ kislotasiga 
fosforning trixloridi yoki pentaxloridini ta’sir ettirib olish mumkin: 
Yog’ kislotalariga tionil xlorid ta'sir ettirib yog 'kislotasi xlorangidridlarini 
olish juda qulay: 
R — COOH + SOCl
2

RCOCI + SO

+ НС1 
Yog 'kislotasi galogenangidridlaridagi galogen mobil bo’lib, osonlikcha 


141 
boshqa atomlar yoki ularning guruhlari bilan almashinadi. Yog' kislotalari 
galogenangidridlarining yuqori reaktivligi shu bilan belgilanadi. Ular osongina 
suvda, hatto havo namligida gidrolizlanadi: 
RCOCI + Н
2
O → RCOOH + HCI
Spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorangidridlar efirlarni hosil qiladi: 
RCOCI
+
R
1
CH
2
OH

RCO-OCH
2
R
1
+
HCI. 
Ushbu reaktsiyani ajralib chiqayotgan galogenvodorodni bog’lovchi va uning 
salbiy ta’sirini yo’q qiladigan piridin ishtirokida olib boorish tavsiya etiladi. 
Ammiak bilan ta’sirlashganda amidlar hosil bo’ladi: 
RCOCI + 2NH
3
→ RCONH
2
+ NH
4
 
Ushbu reaktsiyalarning barchasi nukleofil almashinuv mexanizmiga muvofiq 
sodir bo'ladi. 
Yog' kislotalari angidridlarini turli yo'llar bilan olish mumkin. Yuqori yog' 
kislotalarining angidridlari A. A. Albitskiy usuli bo’yicha osonlikcha kislotalarni 
sirka angidridi bilan qaynatib olinadi: 

17
Н
35
СООН + (СН
3
СО)
2
О → (С
17
Н
35
СО)
2
О + 2СН
3
СООН. 
Shuningdek, angidridlar yog' kislotalarining natriyli tuzlarini kislotalarning 
galogenangidridlari bilan qizdirish natijasida ham olinadi: 
2C
17
H
35
COONa + С
17
Н
35
СОВг → (С 
17
Н
35
СO)
2
O + NaBr. 
Yuqori molekulyar to'yingan yog 'kislotalari angidridlarining suyuqlanish 
haroratlari ushbu kislotalarning o'zlarining suyuqlanish haroratlariga nisbatan 
taxminan 1
0
ga yuqoridir. 
Yuqori molekulyar to'yinmagan yog' kislotalari angidridlarining fizik 
xususiyatlarini tavsiflovchi ma'lumotlar 24 -jadvalda keltirilgan. 
Yuqori molekulyar yog' kislotalarining angidridlari hatto chuqur vakuum 
sharoitida ham faqatgina parchalanib haydaladi. To’yunmagan, va umuman, suyuq 
yog' kislotalarining angidridlari havodagi namni singdirib olib kislotalarga 
aylanadi. To'yingan yog' kislotalarining angidridlari esa aksincha, havo ta’siriga 
chidamlidir. 


142 
24 –jadval 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling