I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’ kislotalarining azotli hosilalari


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2.5.2.5. Yog’ kislotalarining azotli hosilalari 
Yog’ kislotalarining amidlari turli usullar bilan olinishi mumkin. Ulardan eng 
oddiylaridan biri tegishli yog 'kislotalarining ammoniyli tuzlarini ehtiyotkorlik 
bilan qizdirib turib degidratatsiyalash hisoblanadi: 


143 
Me’yoridan ortiq qizdirilsa amidlar nitrillarga aylanib qolishi mumkin. 
Amidlarni 190-200
0
C gacha qizdirilgan yog 'kislotalari orqali quruq 
ammiakning ortiqcha miqdorini o’tkazib olish mumkin: 
Yog 'kislotalari amidlarini sanoat miqyosida olish uchun qizdirish bosim 
ostida amalga oshiriladi va hosil bo'lgan suv ajratib chiqarib tashlanadi.
Yog ' kislotalari amidlarini ammiak bilan yog' kislotalarining murakkab 
efirlarini qizdirib olish mumkin: 
RCOOCH
2
R
1
+NH
3

RCONH
2
+
R
1
CH
2
OH. 
To'yingan yog 'kislotalarining amidlari yuqori haroratlarda suyuqlanadigan 
kristallik birikmalardir (100
0
C dan yuqori). To'yinmagan bir qo’shbog’li yog' 
kislotalarining amidlari ham yetarli darajadagi yuqori haroratlarda suyuqlanadi. 
Yog' kislotalari amidlari neytral moddalardir. Biroq, kuchli mineral kislotalar 
bilan ular yaxshi kristallanadigan va suvda osonlikcha parchalanadigan 
molekulyar birikmalar hosil qiladi. Asetamid shunga o'xshash birikmalarni yuqori 
molekulyar yog' kislotalari bilan hosil qiladi. Bunday birikmalar asetondan yaxshi 
kristallanadi va yog' kislotalarni tozalash uchun ishlatilishi mumkin. 
Kichik molekulyar yog’ kislotalarining amidlari suvda oson eriydi, yuqori 
molekulyar yog’ kislotalarining amidlari esa erimaydi. To'yingan yog' kislotalari 
amidlarining turli yog’ erituvchilarida eruvchanligi ularning tegishli yog' kislotalari 
eruvchanligidan ancha yomondir. Ushbu farqdan amidlarning yog’ kislotalari bilan 
bo’lgan aralashmalarini ajratish uchun foydalanish mumkin. Qizdirilganda yog' 
kislotalari amidlarining eruvchanligi sezilarli darajada oshadi. Suvni tortib olish 
xususiyatiga ega moddalar (aluminiy oksidi, fosfor kislotasi) ishtirokida amidlar 
degidratatsiyasi yoki ularni qizdirish, shuningdek, ularning pirolizi nitrillalar, yog' 
kislotalari va ammiak hosil bo'lishiga olib keladi. 
Amidlarning pirolizi paytida nitrillalar, yog' kislotalari va ammiak hosil 
bo'ladi: 


144 
2R—CONН
2
→ RCN + R—СООН + NН
3

Yuqori haroratlarda (175-200
0
C) vodorod ta'sirida katalizatorlar ishtirokida 
(masalan, mis va xrom oksidlari) amidlarni aminlarga aylantirish mumkin: 
R— CONH
2
+ 2H
2
→ RCH
2
NH
2
+ H
2

Katalizatorning xususiyatlariga qarab har xil miqdordagi birlamchi va 
ikkilamchi aminlar aralashmasi hosil bo'ladi. 
Mineral kislotalarning suvli eritmalari bilan qaynatilganda amidlar 
gidrolizlanadi: 
Ishqor ishtirokidagi gidroliz jarayonida yog' kislotalari, nordon tuzlar va 
ammiak hosil bo’ladi. 
Xuddi 
kislota 
galogenangidridlari 
va 
angidridlariday, 
amidlarning 
gidrolizlanishi ham nukleofil o'rin olish jarayoni kabi boradi. 
Kislotali va ishqorli muhitda uni quyidagi sxemalar bilan ifodalash mumkin: 
Yog' kislotalari amidlariga ishqor va brom bilan ishlov berilganda, 
A.V. Xoffmann bo’yicha, boshlang'ich aminnikiga qaraganda bitta uglerod atomi 
kamroq bo’lgan aminlar hosil bo'ladi: 
R—CONH
2
+ Вг
2
+ 4NaOH → R—NH
2
+ Na
2
CO
3
+ 2NaBr + 2H
2
O. 


145 
Ushbu tenglama bo'yicha quyi kislotalarning amidlari bilan reaktsiya suvli 
eritmalarda sodir bo'ladi. Yuqori yog' kislotalari amidlari uchun reaktsiya natriy 
alkogolyati ishtirokida bromning spirtli eritmalarida amalga oshiriladi. 
Yog' kislotasi amidlarini degidratatsiyalab nitrillar olinadi. Nitrillar tegishli 
yog' kislotalariga qaraganda pastroq haroratda eriydi va qaynaydi. 
Nitrillarning zichligi 1 dan kichik. Ular turli xil yog' erituvchilarida eriydi. 
Ularning eruvchanligi molekulyar og'irligi va ishlatilgan erituvchining qutubliligi 
ortishi bilan birga kamayadi.
Yog' kislotasi nitrillari uchun bu turdagi birikmalarga xos bo'lgan reaktsiyalar 
xarakterlidir. Ishqorlar ishtirokida tezroq o'tadigan gidroliz jarayonida nitrillardan 
kislotalar yoki ularning tuzlari hosil bo'ladi. Kislotali katalizatorlar ishtirokida 
bosim ostida spirtlar bilan qizdirilganda ular efirlarni hosil qiladi va kreking 
natijasida turli xil moddalar, shu jumladan, quyi to'yingan hamda to'yinmagan 
nitrillar va xuddi shunday uglevodorodlar aralashmasi hosil bo'ladi. 
Nitrillar qaytarilganda aminlar hosil bo'ladi. Ushbu transformatsiya sanoat 
miqyosida yuqori aminlarni ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. 
Bir qator mineral kislotalar bilan aminlar almashingan ammoniy asoslarining 
tuzlarini beradi, masalan: 
СНз—NH

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling