I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog` kislotalarining zichligi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog` kislotalarining zichligi
Chumoli va sirka kislotalaridan tashhari boshqa barcha yog` kislotalarining zichligi 1000 kg/m 3 dan kichikdir. To`yingan yog` kislotalarining molekulyar massasi oshishi tartibida zichligi pasaya boradi. To`yingan kislotalarning metilli efirlari zichligi odatda bu kislotalar zichligidan kamdir. Prof.A.E.Lutskiyning ta`kidlashicha molekulasida n atom uglerodi bo`lgan moddaning zichligi quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: л им n n b n b 1 Bunda: лим - ushbu gomologik qator uchun chegaralovchi zichlik; yog` kislotalari uchun 0,877; b-const; yog` kislotalari uchun b= -4486. Bu formulaga asoslanib hisoblangan zichlik ko`pchilik hollarda haqiqiysiga nisbatan 0,25% gacha farq qiladigan natijalardir. Yog` kislotalarining to`yinmaganligi darajasi oshib borishi bilan (uglerod atomlari bir xil miqdorda) ularning zichligi ham oshib boradi. Uglerod atomlari soni bir miqdorda bo`lgan holda qo`shbog`lari joyi ajralib turadigan yog` kislotalari qo`shbog`lari bir-biri bilan juda yaqin bo`lgan (konyugatsiyalangan) pozitsion 122 izomerlarga nisbatan kichikroq zichlikka ega bo`ladi. Masalan eleostearin kislotasining zichligi linolein kislotasinikiga nisbatan anchagina katta. To`yingan yoki to`yinmagan gidroksikislotalar zichligi odatda normal tuzilishdagi to`yingan yoki to`yinmagan yog` kislotasinikidan (uglerod atomi bir xil miqdorda bo’lgan holda) katta bo`ladi. Yog` kislotalari hajmi qizdirilganda oshib, sovutilganda kamayadi. Ammo haroratning o`zgarishi bilan ularning hajmi bir maromda o`zgarmaydi. Xuddi shunday, zichlikning o`zgarishi ham bir maromda bo`lmaydi. Bunday o`zgarishlarni harorat 1 0 ga o`zgarganida zichlik o`zgarishini ko`rsatadigan «termik kengayish koeffitsenti» orqali kuzatish mumkin. Unchalik yuqori bo`lmagan haroratlarda qattiq holdagi yog` kislotalari uchun texnologik hisoblashlarda bu koeffitsentni 0,77 kg/m 3 ga teng deb, suyuq (suyultirilgan) holdagi kislotalar uchun esa 1,03 kg/m 3 deb hisoblash mumkin. Yog` kislotalari hajmining keskin oshishi va zichligining keskin kamayishi xususan ularning suyuqlanishida (termik suyuqlanish, erish) kuzatiladi. Suyultirilayotganda hajm oshishini maxsus moslama yordamida aniqlashga dilatatsiya deb aytiladi (dilatometriya). Dilatatsiya yordamida yog`lar, kislota va ularning efirlari suyuqlanish haroratini aniqlash mumkin. Yuqori haroratlarda yog` kislotalari zichligi o`zgarishini quyidagi formula asosida hisoblash mumkin: Qaynash haroratidagi zichlik хажм молекуляр масса мoлекуляр Qaynash haroratidagi molekulyar hajm V Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling