118
To`yingan yog` kislotalarining molekulyar massasi oshishi bilan birga
ularning suyuqlanish va qotish haroratlari ham ma`lum darajagacha oshadi.
Ammo juft sonli uglerod atomi bo`lgan har bir to`yingan yog`
kislotasining
suyuqlanish va qotish harorati uglerod atomlari soni undan birtaga ko`p yoki
birtaga kam bo`lgan toq sonli uglerod atomlilariga nisbatan yuqori bo`ladi. Buni
20-rasmda keltirilgan grafik misolida tushuntirish mumkin
To`yingan yog` kislotalarining kristallizatsiyalanish issiqligi (issiqlik
miqdori) ularning molekulyar massasi oshishi bilan birga oshadi. Ammo, toq va
juft uglerodli kislotalarda kristallizatsiyalanish issiqligi o`zgarishi
ham xuddi
suyuqlanish va qotish haroratlari o`zgarishi kabi ekanligi kuzatilgan.
Kristallizatsiyalanish issiqligini juft uglerod atomli to`yingan yog` kislotalari
uchun (uglerod atomlari soni 10 dan yuqori) quyidagi
formulaga asosan hisoblash
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: