I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
-rasm. Yog` kislotalari kristallari juft qatorlarida metil
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.2. Yog’ kislotalarining eruvchanligi
17-rasm. Yog` kislotalari kristallari juft qatorlarida metil
guruhlarining o`zaro joylashuvi (kontakti)ning ehtimoliy formalari 18-rasm. Karboksil guruhlari orientatsiyasi: a - simmetrik; b - nosimmetrik Карбоксил гуруҳлар Karboksil guruhlari tekisligi 114 2.4.2. Yog’ kislotalarining eruvchanligi . Stabil (turg’un) modifikatsiyadagi kristallarning zichligi nostabil (beqaror) modifikatsiyadagilarnikidan katta, massa birligidagi hajmi esa (solishtirma hajmi) kichik. Shu sababli qattiq fazadagi nostabil formaning stabil modifikatsiyaga o`tishi hajmning kamayishiga olib keladi va buni dilatometrik usulda aniqlash mumkin. Muvozanat holidagi yog` kislotalari aralashmasini juda sekinlik bilan sovutish zarur. Tez sovutilgan yog` kislotalari strukturasi muvozanatli strukturadan farq qiladi. Ikki moddaning o'zaro ta'sirlashuvi mavjudligi yoki yo'qligi va shu bilan birga o'zaro eruvchanligi ularning molekulalari tarkibi va tuzilishiga bog'liq. Erish jarayonida unda ishtirok etadigan ikkala moddaning roli mutlaqo bir xil. Shuning uchun ushbu moddalardan birini hal qiluvchi sifatida tan olish mutlaqo shartlidir. Suyuq moddada qattiq modda yoki gaz eriganida, erituvchiga suyuqlik deyiladi. Agar ikkita modda bir-birida kam eriydigan bo’lsa, demak erituvchi bu gomogenligini buzmasdan, eritmaga cheksiz miqdorda qo'shilishi mumkin bo'lgan moddadir. Bir-biri bilan cheksiz miqdorda aralashadigan ikki suyuqlik aralashtirilsa, u holda erituvchi bo’lib ko'proq miqdorda eritmada mavjud bo'lgani hisoblanadi. Yog` kislotalarining uglevodorod radikali, uning metil, metilen va metin, guruhlari - gidrofobdir. Tarkibida C=O va O-H bog`lari bo`lganligi sababli karboksil guruhining dipol momenti anchagina kattadir. Karboksil va suv dipollarining o`zaro tortishuvi hamda ular orasida vodorod bog`larining hosil bo`lishi tufayli yog` kislotalari molekulasidagi karboksil guruhi suvga tortiladi. Bunda issiqlik harakati natijasida yog` kislotalari molekulasi suvga diffuziyalanishga intiladi. Ammo gidrofobligi sababli yog` kislotalarining uglevodorod radikali bunday diffuziyaga to`sqinlik ko`rsatadi. Agar yog` kislotasining uglevodorod radikali unchalik katta bo`lmasa u holda u molekulaning suvga diffuziyalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Aynan shu sababli chumoli va sirka kislotalari 20 0 C da suv bilan har qanday nisbatda ham aralashib ketaveradi. 115 Yog` kislotalarining uglevodorod radikali o`lchami o`sishi bilan uning gidrofobligi kuchli namoyon bo`la boshlaydi va kislotalarning suvda eruvchanligi kamaya boshlaydi. Shu sababli yuqori molekulyar yog` kislotalari suvda deyarli erimaydi. Suv molekulalari va yog` kislotalarining karboksil guruhi o`rtasidagi o`zaro ta`sirlashuv suvning yuqori molekulyar yog` kislotalaridagi eruvchanligini belgilab beradi. Ammo bu eruvchanlik odatda katta emas va uglevodorod radikali o`lchami hamda tabiati, shuningdek, haroratga bog`liq. Suvning yog` kislotalaridagi eruvchanligi ularning molekulyar massasi oshishi bilan pasayadi va harorat ko`tarilganda birmuncha oshadi. Quyidagi rasmda yog` kislotalari molekulalarining suv yuzida va benzin yuzida joylashuvining sxematik ko`rinishi berilgan (19-rasm): Yog` kislotalarining metanli uglevodorodlarda eruvchanligi (petrol efiri) yog` kislotalari uglevodorod radikallari va uglevodorod (efir) molekulalari orasidagi Van-der-Val’s molekulalararo tortishuv kuchlarining ta`siri bilan tushuntiriladi. (rasmda benzindagi eruvchanlik misolida ko`rsatilgan) Yog` kislotalaridagi karboksil guruhi uglevodorod molekulalari bilan ta`sirlasha olmasligi sababli kislota molekulalarining uglevodorodda (masalan efirda) diffuziyalanishi qiyinlashadi. Ammo karboksilning bunday ta`siri faqat kichik molekulyar yog` kislotalari (chumoli va sirka kislotalari)ning uglevodlarda erishini qiyinlashtira oladi. Yuqori molekulyar yog` kislotalarining uglevodorodlarda erishida esa karboksil guruhining qarshi ta`siri deyarli sezilmay qoladi. Suyuq to`yinmagan yuqori molekulyar yog` kislotalari va o`rta molekulyar to`yingan yog` kislotalari Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling