I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 105 library.ziyonet.uz/ kuyib ado boʻllaring! Robiya bu gaplarga chidolmay kaftlari bilan quloqlarini berkitganicha uyiga kirib ketdi. Shunda ham Obodxonning jagʻi tinmadi: -Xoy, xoʻrozlaringni yoʻqotlaring! Hammayoqni axlatxona qilib tashladi. Axlat pulini ham toʻlab qoʻylaring. Senlar uchun toʻlaydigan ahmoq yoʻq! Obodxonning diydiyosi darvozaxona yaqinida katta yuk mashinasi toʻxtaguncha davom etdi. Darvoza eshigi ochilib, eri koʻringach, uni qarshilashga shoshildi. -Pul olib chiq, - dedi Sattor uni ayvon eshigi ogʻzida toʻxtatib. - Bozor narxidan arzon tushdi. Kurilishga olib ketayotgan ekan, bu ham omaddanda. Mashina gʻishtni agʻdarib, haydovchi haqqini olib ketgach, Sattor: -Bozorga tushib ikkita mardikor olib chiqay, - dedi. -Mardikorni nima qilasiz? Gʻisht tashishgami? Oynisa kelsin, qizlarning oʻz tashib qoʻyadi. Shunga ham pul sarf qilish kerakmi? Siz ustaning harakatini qiling. Qizigʻida bitirib olish kerak. Keyin gap-soʻz koʻpayadi. -Bu gʻisht yetmaydi, yana kamida ikki mashina kerak. Ustani oʻshanda topamiz. -Shuncha gʻisht yetmaydimi? Menga qarang: nima, gʻishtga ham, ustaga ham biz toʻlaymizmi? Devor oʻrtada boʻlgandan keyin chiqimi ham oʻrtada! Akangizga ayting. Qani edi shunday boʻla qolsa! Sattorning yashirin muddaosi ham shu. Lekin devor olish tashabbusi ulardan chikdi, akasi bir tiyin ham bermaydi. Chiqimni zimmasiga olishdan oʻzga chora yoʻq. Sattor buni aytib tushuntirmoqchi edi, Obodxon katta koʻcha tomon imladi: -Qarang, amakingizmi? Shu yetmay turuvdi. -Nimaga unaqa deysan? Qoʻrqma, sening osh-noningni yeb ketmaydilar. -Men uni aytayotganim yoʻq. Faqat... devorni aytmay turing, gap chaynalmasin. -Sen aytmasang ham aqlim yetadi, - Sattor shunday deb jilmayganicha amakisiga peshvoz chiqib, quchoqlab koʻrishdi. Ba’zan kishining aqli bovar qilmaydigan voqealar yuz beradi. Kayfiyating siniq, hatto yaxshi odamlar suhbati ham yoqmaydi. Ana shunday paytda albatta senga yomonlar duch kelishadi-yu, shundogʻam siniq kayfiyatingni parcha-parcha qilib tashlashadi. Toʻlqin ukasi bilan boʻlgan kechki toʻqnashuvdan keyin boʻlari boʻlgan edi. Agar ukasining gapi kutilmaganda yangraganda bunchalik azob chekmasdi. Toʻlqin shunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling