I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
104 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Nima dedi bu opachang? Ayt! 
 
Maxsuma Obodxonning gaplarini takrorlagisi kelmadi. 
 
-Qoʻying, turgan bitgani tuhmat, - dedi pastroq ovozda. 
 
-Oʻ, menga qara, alvasti!-dedi er Obodxon sari bir qadam bosib. -Avval oʻzingni epla. 
Sendaqalarning igʻvosini men yaxshi bilaman. Bilib qoʻy, mol ertaga shu yerda boʻlsin. 
Yo prasani bilan toʻlaysan. Men bilan hazillashmalaring. 
 
Obodxon bir qadam orqaga chekinmoqchi ham edi, lekin choʻchiganini fosh qilishni 
istamadi. Uning joyidan jilmay tik qarab turishini koʻrgan yigitning shashti pasaydi, yana 
bir qadam qoʻyishga jur’at qilmadi. Obodxon buni sezdi, shu bois ovozini bir parda 
koʻtardi: 
 
-Hoy, oʻgʻil bola, indamasa ja-a sapchimang, oʻzingizni tutib oling. 
 
-Sapchiganda nima kelardi qoʻlingdan. Sen milisa qarindoshingga ishonma. Milisa-
pilisang bilan iningga kirgʻizvoraman. Ering qani oʻzi? Chiqsin, erkak bilan erkakcha 
gaplashib ketay! 
 
-Erkakcha gaplashasanmi? Voy savil, hali sen erkak boʻldingmi? Erkak odam xotinini 
bozorga solmaydi. 
 
-Nima deding,qaniqaytar-chi? 
 
Erning haligi gaplari yolgʻon poʻpisa deb hisoblansa, bunisi astoydil gʻazab edi. U 
vajohat bilan Obodxonga tashlanmoqchi boʻldi. Erining fe’lini bilgan Maxsuma uni 
yengidan ushlab, tortdi. Obodxon avvaliga orqasiga tisarildi, keyin dod solib uyiga 
qochib kirdi. Ahvol jiddiyligini koʻrgan Robiya uyidan shoshib chiqib, erning yoʻlini 
toʻsdi. “Ukajon, oʻzingizni bosing”, deb ovutishga harakat qildi. Er bisotidagi barcha 
haqoratlarni aytib boʻlgach, sal hovuri bosildi shekilli, xotinining soʻziga kirib iziga 
qaytdi. Robiya ularni koʻchaga qadar kuzatdi. Darvozaxonaga qaytganida ayvonning 
derazasini lang ochib olgan Obodxon ularning izidan qargʻashni boshlab yuborgan edi: 
 
-E, goʻlaymaygina koʻzlaring teshilsin! E, mollaring bilan qoʻshmozor boʻllaring! 
Qarzlaringdan qutulolmay lahadda chirilaring! 
 
Robiya bu qargʻishlar yomgʻiri ostidan indamay oʻtib keta olmadi: 
 
-Obodxon, boʻldi endi. Qoʻying, - dedi-yu, balo yomgʻirini oʻz boshiga oʻzi chaqirdi. 
 
-Nimaga qoʻyarkanman!-Obodxon endi unga gʻazab bilan tikilganicha baqira ketdi. - 
Koʻrib quvonyapsizmi! Chapak chalib oʻtiravering. Shularning hammasi sizlarni deb 
boʻldi. Sizlar bizlarni koʻrolmaysizlar, ha! Ichlaring qozonning kuyasidan ham qora! 
Bilib qoʻylaring: oʻsha mollarimni oʻzim qaytarib olaman. Erimga “Mersedes” olib 
beraman. Qizlarimni boyvachchalarga uzataman! Uchchala charlarida uchchala 
kuyovimning qoʻliga bittadan “Mersedes”ning kalitini tutqazaman. Ha! Koʻrib, kuyib-



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling