I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
106 
library.ziyonet.uz/ 
 
gap qachondir aytilishini kutib yashayotgan edi. Kutsa-da, “ehtimol adashayotgandirman, 
bu oqibatga bormas”, degan umid bilan oʻzini ovutib kelayotgandi. “Ukam “uyni sotamiz 
yo hovlini oʻrtadan boʻlamiz” deb qolsa, yer yorilib hammani yer yutib ketarmikin?” deb 
ham oʻylardi. 
 
Oʻsha gap aytildi. 
 
Yer yorilmadi, birovni yer ham yutmadi. 
 
Shunday osongina uchar ekan bu gap tildan. 
 
Lablar hatto titramas ham ekan... 
 
Biroq... 
 
Quloqlardan osongina oʻtgan bu gap oʻqqa aylanib yurakka qadalishi oʻrniga yer yutgani 
yaxshiroq emasmidi. 
 
Akasiga qarata gʻazab bilan aytilgan bu soʻzlar hovliga singib ketmay, oʻqqa aylanishi, 
uchib borib qabristondagi ikki goʻrga sanchilishi-chi? 
 
Toʻpponchadan uchib badanga sanchilgan oʻqning davosi bor. Qalbga sanchilgan soʻz 
oʻqlari davosiz. 
 
Agar bu soʻz oʻqlari jigaring tomonidan uzilgan boʻlsa sen uchun qiyomat boshlanibdi... 
 
Yaralangan Toʻlqinning tuni tun emas, goʻyo lahad zimistoni boʻldi. Hayotdan toʻyib 
ketdi. Milliardlab odamlarga yetib ortayotgan havo unga yetmayotganday tuyuldi. Bir 
vaqtlar tasodifan yoʻliqqan folbin unga “sen uzoq yashaysan, shunday uzoq yashaysanki
hayot joningga ham tegib ketadi. Oʻlging keladi. Ammo oʻlolmaysan”, degan edi. Tunda 
folbinning shu bashorati behos yodiga tushdi. “Hayotdan toʻyishim boshlandimi? Yana 
qancha davom etadi bu? Hovlini boʻlish mashmashasi boshimga bitgan balolarning 
hammasimi yo bundan battarlari ham bormi?” -uyqusiz tun uning bu savollariga javob 
bera olmadi. 
 
Shunday kayfiyatda ishga borganida birinchi uchrashgani Koʻrqmas boʻldi. Kecha u olib 
borayotgan “Ish”bilan tanishib, fikrlarini boshliqqa bayon qilgan, uning bu sohaga 
yaroqsizligini bayon etuvchi bildirgi ham yozib bergan edi. 
 
Qoʻrqmas til uchida salom berdi, Toʻlqin bosh irgʻab, xohlamaygina alik oldi. Qoʻrqmas, 
gapni aylantirmay muddaoga koʻchib qoʻya qoldi: 
 
-Keldiyorovning ishidan chetlatganingiz yetmay, endi butunlay xaydatmoqchimisiz? 
 
-Bu sohadan ketsangiz oʻzingiz uchun ham yaxshi boʻladi, - dedi Toʻlqin maslahat 
ohangida. 
 
-Men sizga nima yomonlik qildim? 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling