I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 114 library.ziyonet.uz/ -Ular albatta qarshilik bildirishmaydi. Qani, shu zaharni Moskva atrofiga ekilgan kartoshkalarga sepamiz, deb koʻring-chi, nima deyisharkin? -Bunga kartoshkaning nima aloqasi bor? - deb ajablandi tepakal mehmon. -Ha, barakalla. Kartoshkaning ham aloqasi yoʻq, paxtaning ham. Gap shu ekinlarga sepiladigan doridan odamlarning zaharlanishida. Bu zahar hatto bir oylik homilaga ham ta’sir etishi mumkin, shuni hech oʻylamadilaringmi? -Nega oʻylamas ekanmiz, odamlarga faqatgina siz qaygʻurmaysiz. Dori sepilganda havfsizlik choralari koʻriladi. -Havfsizlik chorasi?.. Hm... Bu choraga biron zavodda amal qilish mumkindir. Dalada sigirlarni bitta-bitta tutib qulogʻiga “oʻrtoq sigirjon, havfsizlik chorasiga amal qiling, bu oʻtlarga zahar sochilgan, uni yemang, sutingizni zaharlamang”, deb chiqasizmi? Yo dori sepilganidan keyin odamlar uch-toʻrt kun qanoat qilib uylaridan chiqmay oʻtiradilar, deb oʻylaysizmi? Kimyo odamzotni ezuvchi dushman emas, ogʻirini yengil qiluvchi doʻsti boʻlishi kerak. -Shavkatjon, siz bu balandparvoz gaplaringizni qoʻying. Oʻjarligingizni ham yigʻishtiring. Buning oʻrniga uyingizni bitirib oling, doktorlik dissertatsiyangizning taqdirini oʻylasangizchi! -Uy tiklanyapti, dissertatsiya himoyaga tayyor. Gapingizga tushunmadim: siz nasihat qilyapsizmi yo rahbarlarning poʻpisalarini menga yetkazyapsizmi? -Be, Shavkatjon, qoʻying, shu gaplarni, biz siz bilan masala talashgani kelmadik. Oshnachiligimiz hurmati “horma, bor boʻl!”ga kelganmiz. Ishxonadagi majlislar jonga tekkan, oling, ovqat sovimasin. Baqaloq mehmonning “ovqat sovimasin”, degan gapidan keyin Sattor “ana, yana yeyishyapti-ku!” dedi-yu, ovoz chiqarmasdan astoydil yigʻlay boshladi. — Jim oʻtirgin, hozir ketishadi, - deb ukasiga yalindi Toʻlqin. -Qornim ochib ketdi... -Hozir non yeding-ku? -Barbirgayam ochyapti, moshxoʻrda ichgim kelyapti... Shavkatning oʻjarligimi sabab boʻldimi yo bollarning baxtigami, har holda mehmonlar uzoq oʻtirishmadi. Shavkat ularni tuproq koʻchaga qadar kuzatdi. Bolalar esa uydan yugurib chiqishdi. Sattor kosalarga qaradi-yu, “Ana, siz meni aldadingiz, ovqat qolmabdi!” deb, endi ovoz chiqarib yigʻlay boshladi. -Yigʻlama bolam, qozonda ovqat bor, - dedi Farida uni bagʻriga olib, erkalab. Soʻng qaytayotgan eriga qaradi:- Aksiga olib ovqat kam qilinganda mehmon keladi-ya. Tinchlikmi, adasi? — Tinchlik. Oshga pashsha tushdi, boshqa gap yoʻq. -Qani, pashsha? - dedi Sattor bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling