I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 111 library.ziyonet.uz/ senlarni misol qilib aytib, tergab turardim. Akang senga vaqtida otalik ham qildi, endi qanotiga kirib, toʻylarini oʻtkazishib bersang, baraka topaverasan. Akaning duosi otaning duosi kabi boʻladi. Eski kitoblarda yozilgan: uka qoʻy soʻyib xudoyi qilmoqchi ekan, shunda gʻoyibdan bir sado kelibdi: “ey yigit, esingdami, bitta arzimas gap bilan akangning koʻnglini ogʻritgan eding. Sen avval akangdan uzr soʻrab, uning roziligini olgin, keyin qoʻyni soʻy. Akangning rizoligi boʻlmasa, xudoyiga soʻyadigankoʻyingqabul emas”. -Ha... endi akalar ham har hil boʻlishadi, - dedi Sattor. -Gaping toʻgʻri. Men hayotda har hilini koʻrdim. Ota-onasidan keyin hovlini boʻlib olganlarini ham, ukalarini qiyratib haydaganlarini ham uchratdim. Bular Alloh oldida nima deb javob berishlarini bilmaydilar hali. Hovlini boʻlib tashlaydigan gʻisht devorni odam qoʻli bilan tiklaydi. Uni vaqti kelib buzib tashlasa boʻladi. Gʻishtlarni boshqa xayrli joyga ishlatish mumkin. Lekin aka-ukalarning qalbidagi devor ham bor. Uni iblis tiklaydi. Iblis tiklagan devorni buzib boʻlmaydi. Hovlida gʻisht devor terish boshlanmay turib iblis qalblarga devor urishni jadallashtiradi. Qalbdagi devor puxta ravishda tiklanganidan keyin hovlidagi gʻisht devorga navbat keladi. Usta gʻisht teradi, mardikor unga qarashadi. Iblis qalblarga devor urayotganida unga aka-ukalar bilan ovsinlar mardikorlik qilib turishadi. Shu mardikorliklari uchun qiyomatda jazo olishadi. Biroviga kam, biroviga koʻp jazo berilmaydi, jazo bab-baravar boʻladi. Xudoga shukur, senlar bu toifadan emassanlar. -Amaki, zoʻr-zoʻr gaplarni topib gapirasizu lekin, dunyoda shunaqa akalar, shunaqa ovsinlar borki... -Choyinggaqara! Erining zarda ohangidagi buyrugʻi Obodxonni gapdan toʻxtatdi. Ibrohim xotinning maqsadini anglab, tomogʻini qirib qoʻydi. Obodxon qovoq uyib oʻtirgan eriga bir qarab olib: “Shunaqa, toʻgʻri gap tuqqaningga ham yoqmaydi”, deb mingʻirlaganicha oshxona tomon yurdi. Choy damlayotganida toʻrtta non koʻtargan Robiya kirib keldi. Obodxon ovsiniga “koʻzim uchib turuvdi!” degan ma’noda chimirilib qaradi. Robiya chimirilishga javoban bu yerga chiqishi sababini aytishi lozimligini angladi: -Amakim kelibdilar... - deb nonni uzatdi. -Ha, amakingiz kelib qoldilar, - Obodxon ovsini uzatgan nonni olmadi:- kiring, oʻzingiz olib kiravering. Robiya kirib salomlashdi. Sattor u uzatgan nonlarni olib, bittasini sindirdi. Ibrohim Robiyadan hol-ahvol soʻrayotganida Obodxon choynak koʻtarib kirdi. Suhbat qovushmay qoldi. Ibrohim u yoq-bu yoqdan gapiraverib toliqdi. Roʻparama-roʻpara oʻtirgan ikki ovsin bir-biriga tashlanishga shay gʻanimday koʻrindi koʻziga. Ahvol Salohiddin aytganidan ham batarroq ekanini fahmladi. Robiya uzoq oʻtirmadi, hovlidagi oshxonaga chiqib ovqatga unnay ketdi. Ibrohim xonasiga kirib ketgan Oftobxonni chaqirdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling