I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 122 library.ziyonet.uz/ Kechki payt oila dasturxon atrofida jamul jam boʻldi. Robiya qaynisi bilan ovsinini ham taklif qildi. Biroq taklifga u tomondan lutf boʻlmadi. Salohiddin ovqatdan keyin yana uzr soʻrab ketdi. Bahriddin safar taassurotlarini gapirayotganda Toʻlqin ham, Robiya ham dardlarini bir oz unutdilar. Bahriddin olib kelgan videotasmani ikki marta tomosha qildilar. Tun hukmiga hamma itoat etsa-da, Bahriddin boʻysunmadi. Tashqariga chiqdi. Ikki qarich balandlikka koʻtarilgan devor ustiga oʻtirdi. Qalbiga ma’yus bir kuy oqib kira boshladi. Bir tom ostidagi ikki xonadon orasidan ola mushuk oʻtganini u ham sezib yurardi. Ammo bunaqa oqibatga olib kelishini oʻylamagandi. U hovlini boʻlib olgan aka-ukalar haqida eshitardi. Lekin bu balo chaqinining shu hovliga kirib kelishini hazm qila olmasdi. Uning nazarida hovlini boʻlib oluvchi aka-ukalar oʻqimagan, ongsiz, johil kimsalar edi. Adasi va amakisi oʻqigan, tushungan odamlar boʻla turib nahot bunchalik pastkashlikka borishdi? Bahriddin shunisiga hayron edi. Bu yerda qancha oʻtirganini bilmaydi. Ma’yus kuyga monand bir necha satrlar xayoliga quyila boshlagach, oʻrnidan turib xonasiga kirdi-da, qoʻliga qogʻoz qalam oldi. Uning shoshilib yozgan satrlarini ertalab Robiya oʻqidi: Bu satrlarning oxirini oʻqiyotganda Robiyaning kipriklari quyilib kelayotgan yoshlarni toʻsib qolomadi. Ikki tomchi yosh qogʻoz ustiga yumaladi. Robiya oʻgʻlini uygʻotib yubormaslik uchun qogʻozni joyiga qoʻydi-da, asta-asta yurib xonadan chiqdi. Milliy konservatoriyada Bahriddinni qutlash marosimiga borgan Toʻlqin ham, Robiya ham quvonchning yettinchi osmonida suzardilar. Marosimdan chiqishgach, hammalari ham homush tortganday boʻldilar. Hatto Nuriddinning ham uyga borgisi yoʻq edi. Toʻlqin buni sezib, biron holiroq joyda ovqatlanishni taklif qildi. Anhor sohilidagi soʻlim oshxonada oila shiringina davra qurdi. Boshlari ustida suzib yurgan tashvish buluti ham qayerdadir qolib ketganday boʻldi. Bu davra oilaning oʻziga hos bayrami edi. Bu bayramga, Toʻlqinning ta’biri bilan aytganda, faqatgina Nuriddinning xoʻrozi yetishmayotgan edi. Ular quvnab oʻtirishgan damda Obodxon tashvish tikonzori uzra yalangoyoq kezardi. Roʻparadagi uyda hech kimning yoʻqligi, hammalarining birvarakayiga koʻrinmay qolishlari uni havotirga solayotgan edi. Odatda odam “yaqinlarim biron falokatga uchramadimikin?” deb havotirlanadi. Obodxonning havotiri boshqacharoq: uning nazarida bularning barchasi devorni yoʻq qilish chorasi bilan band, hammalari qayerdadir nimanidir kavlashtirib yurishibdi. Egalari boʻlmagani uchun xoʻroz ham jim. Obodxon hatto shundan ham shubhalandi. Toʻlqin boshchiligidagi oilaning xursandchilik bilan kirib kelishi uning havotirini yanada oshirdi: “bular bekorga quvonishmaydi, bir baloni boshlab kelishgan!” Shu xulosaga kelgan Obodxon erini qiyin-qistoga olib, qovura boshladi. Bir oz televizor koʻrishgach, uch oʻgʻil oʻz xonalariga kirib ketishdi. Nuriddin tezgina uxlab qoldi. Salohiddin bilan Bahriddinning hovli muammolaridan gaplashgisi kelmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling