I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
118 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kunduzi gʻisht ortilgan mashina darvoza yonida toʻxtaganida iblis oʻzini dunyodagi eng 
baxtli maxluqlardan hisoblagan edi. Ammo dam oʻtmay katta koʻchada Ibrohim 
koʻringach, “barcha harakatlarim endi meva beray deganda bu kelib sovurib 
ketadimi?”deb talvasaga tushdi. Kim boʻlsa boʻlsin, yuzidan iymon nuri porlab tursa iblis 
talvasaga tushaveradi. Usta Umar qorining tarbiyasini olgan Ibrohim iblisning umidlarini 
sindirib tashlashi mumkin edi. U bir Obodxonning yelkasiga qoʻnib, bir Sattorga vasvasa 
qilib ularning chekinishiga yoʻl koʻymadi. U Ibrohimning aka-ukani yuzma-yuz qilib 
gapirishini kutgan edi. Nazarida bu hol u uchun kechirib boʻlmas magʻlubiyat edi. Lekin 
Ibrohim boshqa usulni ma’qul koʻrib, unga shodlik baxsh etdi. Ibrohim aytilgan ibratli 
gaplar kifoyadir, deb yanglishdi. Ibratli rivoyatlar mavjud iymonga quvvat beradi. Iblis 
botqogʻini haqiqat deb anglovchi aka-ukalarning hali bu martabadan ancha yiroq 
ekaniliklarini u anglamadi. 
 
Iblis havotiridan butunlay qutulmagan boʻlsa-da, tuni bilan bazm qilib chiqdi. Tong saxar 
Ibrohim bu xonadonni tark etganida uning bazmi sadolari koʻklarga yetdi. 
 
Toʻlqin uyiga kirib ketgach, Ibrohim aka-ukani murosaga keltirish yoʻllarini oʻylab yotdi. 
Qancha oʻylamasin xayrli oqibatga olib boruvchi yoʻlni koʻrmadi. Bunaqa paytda hamma 
nasihat qiladi. Aka-ukalar yoki opa-singillar bu nasihatlarni eshitgilari ham kelmaydi, 
aksincha oʻzlarini oqlab qarshi tomonni balchiqqa bulashga intilaveradilar. Hech birlari 
“shu odam menga yaxshilik istab gapiryapti, darrov rad etmay oʻylab koʻrayin, bugunim 
uchun ham, oxiratim uchun ham foydasi tegib qolar”, deyishmaydi. Yaxshilik umididagi 
muzokaraning avvalida aka-ukalar yoki opa-singillar kibr, igʻvo, riyo, tuhmat botqogʻiga 
tizzaga qadar botgan boʻlsalar, oxirida boʻgʻizlariga qadar botib ketadilar. Hovli-joyni 
sotib, pulini boʻlishadilar yoki oʻrtadan devor oladilar. Bu devor iymonsizlikka qoʻyilgan 
haykal boʻlib tiklanadi. Hovlini boʻlmaslikka da’vat qiluvchi soʻzlar shu paytgacha 
yaxshi natija bergan emas. Shu bois ham Ibrohim jiyanlarini yuzma-yuz qilmadi. 
 
Allamahalda koʻzi ilindi. Tushida qishloq qabristonida yurganmish. Onasi bilan akasi 
goʻr qazdirib uni kutishayotganmish. 
 
-Aka, siz bu yerda nima qilib yuribsiz? - deb soʻrarmish Ibrohim. 
 
-Oyimni koʻrgani keldim, qara, senga chiroyli goʻr qazdirib qoʻydim-dermish Shavkat. 
 
-Men hali oʻlganim yoʻq-ku, jonim chiqqungacha bu goʻr ogʻzini ochib yotadimi, 
koʻmdirib tashlang, - dermish Ibrohim. 
 
-Turaversin, - dermish akasi, - joyni boshqalar egallab olishadi. Bu adamniki, bu 
oyimniki... Bunisi seniki. 
 
-Adamniki bu yerda emas-ku? 
 
-Olib keldik... 
 
-Buni koʻmdirib boshqa qazitamiz. Men adam bilan oyimga orqa qilib yotolmayman... 
 
Ochiq goʻrdan bir tutun koʻtarilib, Ibrohimning koʻzlarini achishtirib yuborganmish. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling