I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
121 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Bahriddin ostona hatlab oʻtdi-yu, reja tortib gʻisht terishni boshlagan ustalarga koʻzi 
tushib, savol nazari bilan onasiga qaradi. Robiya “uyga kiraver, keyin tushuntirib 
beraman”, degan ma’noda uni yelkasidan asta ushladi. Indamay oʻtib ketgisi kelmay 
ustalarga “Hormanglar”, deb koʻydi. Obodxon ayvon derazasidan ularni koʻrdi-yu, oʻzini 
darrov ichkari oldi. Bahriddin unga salom berishga ham ulgurmadi. 
 
Hovlida ish boshlangani uchun Robiya joyni ichkari uyga qilgan edi. Kirib, fotiha 
oʻqishgach, oʻgʻlini yana bir borquchib oʻpdi. 
 
-Yoʻlda qiynalmadingmi? - deb yana soʻradi. 
 
Bu savolga yoʻl-yoʻlakay ikki marta javob bergani uchun Bahriddin oʻz savolini soʻradi: 
 
-Oyi, devor urilyaptimi? 
 
-Ha oʻgʻlim, sen borib kelguningcha shunaqa ishlar boʻlib ketdi, - dedi Robiya afsus 
bilan. 
 
-Bizqilyapmizmi? 
 
-Nega unaqa deysan? Bizga shu zarilmi? 
 
-Unda... amakimmi? Nega indamadinglar? 
 
-Bizning indaganimizdan foyda bormi? Balki shunday boʻlgani ham durustdir. Sen... 
 
-Aralashma, demoqchimisiz? 
 
-Yoʻq, unaqa demoqchimasman. Sen bu narsalarga e’tibor bermay qoʻya qol. Kattalar 
ba’zan shunaqa oʻylamasdan ish qilib qoʻyishadi. Senam, akang, ukang ham buni 
koʻringlaru lekin... oʻrganmanglar. 
 
-Oyi, amakim bilan kennoyimga sovgʻa olib keluvdim. Nima qilay? 
-Nima qilarding? Hozir chiqib kennaying bilan soʻrashgin, sovgʻangni bergin. 
 
-Qanday chiqaman? Gaplashmayotgan boʻlsalaringiz... 
 
-Nega gaplashmaymiz? Gaplashamiz, - dedi Robiya uning boshini mehr bilan silab. - 
Urishganimiz yoʻq. Urishib yuzkoʻrmas boʻlib ketmaslik uchun ham shu devor boʻlgani 
durustmikin, deyapmanda... 
 
Shunday deyishga dedi-yu, oʻzining gapiga oʻzi ham ishonmasdan xoʻrsindi. Ichida 
toʻplanib yotgan dardning yigʻi boʻlib tashqariga otilib chiqmasligi uchun oʻzini tutdi. 
Yigʻlashi shart ham emasdi. Onasining shu xoʻrsinishiyoq ziyrak oʻgʻil uchun kifoya 
qildi. Amakisini ham kennoyisini ham koʻrgisi kelmadi. Biroq, onasining zoʻri bilan 
chiqib, salomlashib keldi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling