I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 123 library.ziyonet.uz/ Uyqulari kelmasa ham yotdilar. Bir necha soatlik oila bayramining nihoyasiga yetganidan siqilgan Toʻlqin tashqariga chiqib, zinaga oʻtirdi. Sigaret tutatdi. Xayollari uni dam bolalik, dam yoshlik koʻchalariga yetakladi. Sogʻinch ba’zan kishi ruhiga quvvat beradi, ba’zan esa temir tirnoqlari bilan yumdalab tashlay deydi. Toʻlqin hozir shunday holatda edi. U hozir bir moʻ’jiza yuz berishini, ota-onasining shu yerda paydo boʻlib qolishlarini jon-joni bilan istardi. Adasi avval uning, keyin ukasining yuzlariga shapaloq bilan ursa- da: “Bu nima qilganlaring esi yoʻqlar!” deb koyib bersa! Keyin gʻishtlarni har tomonga otib tashlasa... Moʻ’jiza yuz bergandi... Lekin Toʻlqin uni koʻra olmas edi. Bu damda otasi va onasining ruhlari kirish uchun izn soʻrashga iymangan musofirday darvoza ostonasida turishardi. Ular dam farzandlariga, dam tiklanayotgan devorning ikki tomonidagi ikki uyga ma’yus tikilardilar. Toʻlqin uyga kirib ketgach, ular asta yura boshlashdi. -Adasi, devor mashmashasi bilan ovora boʻlishib, farzandlarimiz bayramimizni unutishdi, - dedi Faridaning ruhi. Bunga javoban Shavkatning ruhi afsus va nadomat bilan chuqur xoʻrsindi. Ha, bu kun ularning xonadonida alohida bayram boʻlardi. Bu bayramni Shavkatning oʻzi joriy qilgandi. Toʻylari kuni, chimildiqda yolgʻiz qolishgach, Shavkat Faridani bagʻriga bosib, xuddi muhim bir sirni aytmoqchiday qulogʻiga shivirlagandi: -Hech qachon yodingdan chiqarma: oʻn ikkinchi may - biz uchun bayram kuni deb e’lon qilinadi. Biz oʻtib ketsak ham farzandlarimiz, nevaralarimiz tantana qilaverishadi. Toʻy shunchaki oʻyin-kulgi bilan oʻtadigan voqea emas, bugun - oilaning tugʻilgan kuni, buni unutib boʻlmaydi... Shavkat aytganday boʻlib kelayotgan edi. Devor qurilishi bu bayramni ham barbod qildimi? Oʻshanda shivirlab aytilgan Shavkatning soʻzlari endi jaranglab, uy devorlariga urilib, aks-sado berganday tuyuldi. Aslida bu soʻzlar tantavor yangrashi kerak, hozir esa alamli faryod ohangida olamni titratganday boʻldi. -Adasi, endi bunga qanday chidaymiz? Qiyomatga qadar shu azobda yuramizmi? - dedi Faridaning ruhi. -Bilmadim... Tushunolmayapman... - dedi Shavkatning ruhi “uf” tortib. - Murakkab masalalarni yechishga yetgan aklim shunga qolganda kaltalik qilyapti. Muammoning yechimini topish uchun avval uni yuzaga keltirgan omilni aniqlashim kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling